Liverpulda mashina muxlislar orasiga kirib bordi, 47 kishi jarohatlandi
Liverpul shahrida avtomobil “Liverpul”ning Angliya Premer-ligasidagi g‘alabasi sharafiga uyushtirilgan paradda muxlislar orasiga kirib bordi. Mashina haydovchisi - 53 yoshli mahalliy fuqaro. Hodisa oqibatida 47 kishi jarohatlangan, 27 kishi kasalxonaga yotqizilgan. Voqea terror deya baholangani yo‘q. gazeta.uz »

