Ðåçóëüòàòîâ: 68

G‘arbda korxonalar davlatga qaraganda xususiy sug‘urta kompaniyalaridan ko‘proq qo‘rqadi — Behzod Hoshimov

Iqtisodchi Behzod Hoshimov nega ba’zi davlatlarda xavfsizlik qoidalari ishlashi va ba’zilarida ishlamasligini tushuntirdi. “G‘arbda qoida ishlashi ular insofliroq ekanidan emas. Agar qayerdadir yong‘in holatida chiqish eshigi ishlamay qolsa, sug‘urta kompaniyasi o‘sha korxona egasini „burnidan buloq“ qiladi”, deydi u. gazeta.uz »

2024-11-28 15:53

Qashqadaryoda 28 yoshli bemor xususiy poliklinikada olgan muolajasidan so‘ng vafot etdi

Shahrisabz tumanida tomog‘i shishganidan shikoyat qilib xususiy poliklinikaga borgan 28 yoshli ayol olgan muolajasidan so‘ng vafot etdi. Ma’lum bo‘lishicha, shifokor unga “Seftriakson” antibiotigi va “Deksametazon” preparati aralashmasidan in’eksiya yuborgan. Hozirda o‘lim holati bo‘yicha tergov ishlari ketmoqda. gazeta.uz »

2024-11-8 15:16

Migratsiya agentligining ayrim funksiyalari 2026-yilgacha xususiy sektorga o‘tkaziladi

Yangi tashkil etilgan Migratsiya agentligi 2026-yilgacha fuqarolarni xorijga yuborish va ishga joylashtirish bilan bog‘liq funksiyalarini xususiy bandlik agentliklariga o‘tkazadi. Ish takliflari ochiq e’lon qilinadi, saytda rezyume shakllantirish imkoni paydo bo‘ladi. Migrantlariga 10 mln so‘mgacha mikrokredit beriladi. gazeta.uz »

2024-10-25 22:57

Davlat monopoliyalarining xususiy monopoliyaga aylanishi riski bor — Farrux Karabayev

Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev yangi o‘yinchilarning kirib kelishidagi to‘siqlarni olib tashlash orqali ichki bozorlarni ochishga chaqirdi. Uning aytishicha, samarasiz davlat korxonalarining ulushlari xususiy kompaniyalar qo‘liga o‘tganda, monopoliyaning yanada yomonroq versiyasi yuzaga kelishi mumkin. gazeta.uz »

2024-6-19 11:16

12