Ðåçóëüòàòîâ: 112

Haydovchilarga 2024-yil aprel oyidagi qoidabuzarligi qarori endi yuborilmoqda. YHXX buni serverdagi yangilanish bilan izohladi

Ayrim haydovchilarga o‘tgan yili aprelda sodir etgan qoidabuzarligi qarori endi yuborilmoqda. YHXX buni tizim serveri yangilanishi bilan bog‘ladi. “Bazadagi ayrim huquqbuzarliklar endi ko‘rindi. Qaror bugun chiqqan bo‘lsa, jarimani 15 kunda chegirmada to‘lash mumkin”, dedi YHXX matbuot xizmati “Gazeta.uz”ga. gazeta.uz »

2025-4-11 14:27

“Asosiysi — g‘alaba qozondik. Endi Eronga qarshi tayyorlanyapmiz”. Timur Kapadze — Qirg‘iziston bilan o‘yindan so‘ng

“Asosiysi - natija”, - dedi O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Qirg‘iziston ustidan qozonilgan g‘alaba haqida. Jamoa sardori Eldor Shomurodovning fikricha, keyingi o‘yinda Eron mag‘lub etilsa, jahon chempionatiga chiqish masalasi 99 foizga hal bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-3-21 17:39

O‘zbekistonda endi ilk bor ma’muriy huquqbuzarlik qilgan tadbirkor javobgarlikdan ozod qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda bundan buyon tadbirkorlikka endi qadam qo‘yganlar uchun “birinchi imkoniyat” tamoyili joriy etilishini aytdi. Unga ko‘ra, ilk bor ma’muriy huquqbuzarlik qilgan tadbirkor javobgarlikdan ozod qilinib, ularga kamchiligini bartaraf etish uchun imkoniyat beriladi. gazeta.uz »

2025-3-19 10:15

O‘zbekistonda endi kasalliklari bor o‘quvchilarga transport xarajatlari to‘lab beriladi

O‘zbekistonda ixtisoslashtirilgan maktablar, maktab-internatlarda tahsil olayotgan, ko‘rish organlari va tayanch-harakat apparati kasalliklari bo‘lgan bolalarga transport xizmatlari ko‘rsatiladi. Transportdan foydalanish uchun ajratiladigan summa har bir o‘quvchiga oyiga BHMning 1,2 baravaridan oshmaydi. gazeta.uz »

2025-3-8 11:24

Wizz Air aviakompaniyasi endi O‘zbekistonga qo‘yilgan reyslarida o‘zbek tilida xizmat ko‘rsatadi — Raqobat qo‘mitasi

Raqobat qo‘mitasi Wizz Air aviakompaniyasi O‘zbekistonga reyslarida o‘zbek tilida xizmat ko‘rsatishini ma’lum qildi. Ekipaj a’zolari uchun muomala madaniyati, har bir mamlakatning parvozga aloqador qonunlari va tartib-taomillari hamda aviayo‘lovchilarni hurmat qilish bo‘yicha trening kurslari yo‘lga qo‘yilgan. gazeta.uz »

2025-3-6 10:49

Endi tomorqalarda ishlarni tashkil qilish bilan hokim yordamchilari shug‘ullanadi

O‘zbekistonda yaratilayotgan ish o‘rinlarining haqqoniyligini tekshirish tizimi kuchaytiriladi, dedi bosh vazir o‘rinbosari. Har bitta mahalla bankiriga to‘rtta mahalla biriktiriladi. Hokim yordamchilari ishini “jonlantirish va yangi turtki berish” maqsadida tomorqalarda ishlarni tashkil etish vazifasi yuklatiladi. gazeta.uz »

2025-2-4 13:42

Endi joylashgan yeri o‘zgargan tadbirkorlarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun davlat boji undirilmaydi

O‘zbekisitonda yuridik shaxslarning joylashgan yeri o‘zgarganda ular qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat bojini to‘lashdan ozod etildi. Shuningdek, sug‘urta qildiruvchilar sug‘urta shartnomalaridan kelib chiqadigan da’volar yuzasidan sudga murojaat qilganda davlat bojini to‘lamaydigan bo‘ldi. gazeta.uz »

2025-1-15 07:50

Endi ehtiyojmand aholi vakillari va nogironligi bor shaxslar spektakllarga bepul kiritiladi

Teatrlarning ahamiyatini oshirishga doir qarorga ko‘ra, DAKT huzurida Teatr rejissyorlari akademiyasi tashkil etiladi va har yili jahon dramaturgiyasi asarlari bo‘yicha tanlovlar joriy etiladi. «Teatr - ibodatxonadir» dasturida Daftarlarga kiritilgan va nogironligi bor shaxslar spektakllariga bepul kiritiladi. gazeta.uz »

2024-12-5 20:58

“Biz uni eslaymiz, faqat endi o‘zini istamaymiz. Unga qaytish yo‘qdir!” — Turkiston muxtoriyati haqidagi kitoblardan parchalar

Bundan 107 yil avval Qo‘qonda Turkiston muxtoriyati e’lon qilingan edi. Atigi 72 kun faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa-da, u mintaqadagi ilk demokratik hukumat sifatida tarixda qolgan. “Gazeta.uz” sana munosabati bilan so‘nggi yillarda Turkiston muxtoriyati mavzusida chop etilgan kitoblardan parchalar yig‘di. gazeta.uz »

2024-11-27 18:09

“Endi kimga murojaat qilishimiz kerak, prezidentgami?” — “Dok-1 Maks” ishi jabrlanuvchilari tovon puli borasidagi mavhumlikdan norozi

“Dok-1 Maks” ishi jabrlanuvchilari foydasiga jami 75,6 mlrd so‘m miqdorida ma’naviy zarar undirish haqida sud qarori chiqqandi. Hozirgacha 2,5 mlrd so‘m to‘langan, ammo qolgan summa taqdiri mavhum. Jabrlanuvchilarning ota-onalari bundan norozi; ular to‘liq summa tezroq undirilishini so‘ramoqda. gazeta.uz »

2024-10-10 12:44

Onkobemor bolalar endi tabletka shaklida og‘riq qoldiruvchi dori olishi mumkin. Bu nega muhim?

“Taskin” hospisi bemorlari tabletka ko‘rinishida morfin oladigan bo‘ldi. Avvallari og‘riqni qoldirish og‘riqli edi, chunki preparat in’eksiya orqali yuborilardi. Hospis rahbari “Gazeta.uz”ga bu nega muhimligi va onkobemorlar hayotini yengillatish uchun yana nimalar qilish kerakligi haqida so‘zlab berdi. gazeta.uz »

2024-8-15 10:23