Ðåçóëüòàòîâ: 263

“Boshga paket, elektroshoker va tan oldirish”. Toshkentda uch nafar IIB xodimi qiynoqlar uchun sudlandi

Sud Yangihayot tumani IIBning 3 nafar xodimini fuqarolarni qiynoqqa solishda aybdor deb topdi. Jabrlanuvchilar o‘zlarini qanday kaltaklashganini, paket bilan bo‘g‘ishganini, giyohvand moddalar bo‘yicha jinoyatda iqror bo‘lish uchun jinsiy a’zolarini “zajigalka”da kuydirish bilan tahdid qilishganini aytishdi. gazeta.uz »

2025-6-2 10:15

1110 nafar O‘zbekiston fuqarosi urushda ishtirok etish uchun Rossiya bilan shartnoma qilgan — “Yashashni istayman” loyihasi

Ukrainaning “Yashashni istayman” loyihasi urushda ishtirok etish uchun Rossiya Qurolli kuchlari bilan shartnoma imzolagan 1110 nafar O‘zbekiston fuqarosining ismini oshkor qildi. Ulardan kamida 109 nafari halok bo‘lgan, eng kichigi 21 yoshga ham to‘lmagan. O‘zbekiston qonunchiligida bunday yollanishlar taqiqlangan. gazeta.uz »

2025-5-1 18:40

Toshkent mehmonxonasida rossiyalik jurnalist o‘limi ishi bo‘yicha to‘rt nafar shaxs ayblanmoqda

Rossiyalik jurnalist Inessa Papernaya, uning hamrohi va o‘zbekistonlik fuqaroning Toshkent mehmonxonasidagi o‘limida gumonlanib 4 kishi qamoqqa olindi. Ular orasida mehmonxona egasi, santexnik va eski, nosoz isitish qozonini sotgan sotuvchilar bor. Qozon xavfsizlik qoidalarini buzgan holda o‘rnatilgan. gazeta.uz »

2025-1-10 16:04