“Boshga paket, elektroshoker va tan oldirish”. Toshkentda uch nafar IIB xodimi qiynoqlar uchun sudlandi
Sud Yangihayot tumani IIBning 3 nafar xodimini fuqarolarni qiynoqqa solishda aybdor deb topdi. Jabrlanuvchilar o‘zlarini qanday kaltaklashganini, paket bilan bo‘g‘ishganini, giyohvand moddalar bo‘yicha jinoyatda iqror bo‘lish uchun jinsiy a’zolarini “zajigalka”da kuydirish bilan tahdid qilishganini aytishdi. gazeta.uz »
