Yaqin Sharqdan jami 9361 nafar o‘zbekistonlik evakuatsiya qilindi
5-mart soat 10:00 holatiga ko‘ra, 1-martdan beri O‘zbekistonga jami 9361 nafar vatandosh evakuatsiya qilindi. Ularning 8114 nafari Saudiya Arabistonidan, 1192 nafari esa BAAdan olib kelindi. Shuningdek, Erondan 23 nafar, Bahrayndan 25 nafar, O‘mondan esa 7 nafar O‘zbekiston fuqarolari vatanga keltirildi. gazeta.uz »