Ðåçóëüòàòîâ: 286

Toshkentdagi mehmonxonada ayol hamkasbini yostiq bilan bo‘g‘ib, jinsiy aloqa qilishga uringan erkak 5 sutkaga qamaldi

Musobaqada qatnashish uchun Toshkentga yuborilgan Namangandagi banklardan birining erkak xodimi mehmonxonada ayol hamkasbiga shilqimlik qildi. Jabrlanuvchining aytishicha, u hamkasbining jinsiy aloqada bo‘lish taklifiga rozi bo‘lmagach, erkak uni yotqizib, yostiq bilan bo‘g‘gan. Huquqbuzar 5 sutkaga qamaldi. gazeta.uz »

2026-2-20 13:45

Toshkentdagi “Navro‘z” (“Yangi TTZ”) bozori va uning “Bo‘z bozor” filiali rekonstruksiya qilinadi

Toshkentda “Navro‘z” (“Yangi TTZ”) bozori va uning “Bo‘z bozor” filialini rekonstruksiya qilish ishlari boshlanadi. Loyiha doirasida infratuzilmani to‘liq yangilash, vaziyat markazi tashkil etish hamda jarayonlarni raqamlashtirish orqali shaffoflikni oshirish va naqd pulsiz to‘lovlarni kengaytirish rejalashtirilgan. gazeta.uz »

2026-1-22 10:16

Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi tarixiy bino rekonstruksiyasidan so‘ng mart oyida ochiladi

Navro‘z bayramida Toshkentda mamlakatdagi ilk doimiy faoliyat yurituvchi zamonaviy san’at va tadqiqotlar maydoni - Zamonaviy san’at markazi ochiladi. Markaz 1912-yilda qurilgan sanoat binosida joylashgan bo‘lib, uning rekonstruksiyasi fransuz me’morlari tomonidan qilindi. Markazga kirish bepul bo‘ladi. gazeta.uz »

2026-1-15 15:29

Toshkentdagi “O‘zikkilamchiranglimetall” korxonasi ekologik xavfi yuqori bo‘lgani uchun boshqa hududga ko‘chiriladi

Ekologiya qo‘mitasi ko‘rsatmasi bilan Yangihayot tumanidagi ekologik xavfi yuqori bo‘lgan obyektlar sirasiga kiritilgan “O‘zikkilamchiranglimetall” korxonasi boshqa hududga ko‘chiriladi. Qo‘mita bu orqali atmosferaga qariyb 226,7 tonna ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishi oldi olinishini qayd etdi. gazeta.uz »

2026-1-14 09:07

Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi ekologik vaziyatga doir yig‘ilish o‘tkazdi

Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmas choralarga doir yig‘ilish o‘tkazdi. Ekonazoratni yaxshilash, ifloslantiruvchi obyektlar faoliyatini cheklash, qurilish talablarini kuchaytirish, keng ko‘lamli obodonlashtirish, monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish choralari ishlab chiqilmoqda. gazeta.uz »

2025-11-24 20:06

Toshkentdagi devorlarga jo bo‘lgan 12 durdona. Poytaxtning mashhur mozaikalari bo‘yicha yo‘lko‘rsatgich

Toshkentda yuzlab mozaik pannolar - mashhur monumental kompozitsiyalardan tortib, keng jamoatchilikka noma’lum bo‘lgan asarlargacha bor. Gazeta arxitektura targ‘ibotchisi Fotima Abdurahmonova bilan birga poytaxtni aylanib, shaharning har bir tumanidan ko‘rishga arzigulik bitta ramziy mozaikani tanlab oldi. gazeta.uz »

2025-10-10 05:31

Qirg‘izistondagi zilzila Toshkentdagi talabalar yotoqxonasida vahimaga sabab bo‘ldi

Dushanbaga o‘tar kechasi yuz bergan zilzila vaqti Toshkent yotoqxonalarining birida tashqariga chiqolmayotgan talabalar olomoni videosi tarqaldi. Ma’lum bo‘lishicha, voqea Irrigatsiya universiteti yotoqxonalaridan birida yuz bergan, vahimadagi talabalarning aksariyati esa turkmanistonlik. Gazeta vaziyatni o‘rgandi. gazeta.uz »

2025-10-6 19:45

Toshkentdagi maktablarda SI yordamida 10 va 11-sinf o‘quvchilarining ruhiy holati aniqlanadi

Toshkentdagi barcha maktablarda 10 va 11-sinflar uchun Smart School elektron dasturi joriy etiladi. Bu poytaxt hokimi qarorida ko‘zda tutilgan. 10 va 11-sinf xonalariga maxsus kameralar o‘rnatilib, ta’lim sifati, o‘quvchilar davomati kuzatiladi, ularning ruhiy holati sun’iy intellekt orqali aniqlanadi. gazeta.uz »

2025-8-29 14:57

Yaponiyaning Sojitz kompaniyasi Toshkentdagi yangi xalqaro aeroportga 200 mln dollar investitsiya kiritadi

Yaponiyaning Sojitz korporatsiyasi Toshkentdagi yangi xalqaro aeroportga 200 million dollar investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda. U O‘zbekistonda elektr stansiyasi, shamol energetikasi, shifoxona, aeroport va boshqa loyihalar doirasida jami 1 milliard dollar investitsiya kiritishi kutilmoqda. gazeta.uz »

2025-8-20 10:50

Toshkentdagi Jennifer Lopes konsertining iqtisodiyotga ta’siri: turistlar oqimi va 42,5 mlrd so‘m soliq tushumi

Xonanda Jennifer Lopesning Toshkentdagi chiqishi mamlakat tarixidagi ilk AAA toifali san’atkor konserti bo‘ldi, xabar qildi Madaniyatni rivojlantirish jamg‘armasi. Shouga 15 mingdan ortiq turist tashrif buyurdi, mehmonxonalar bandligi chorakka, soliq tushumlari esa 42,5 mlrd so‘mga oshdi. gazeta.uz »

2025-8-12 20:12