Toshkentdagi 177-sonli avtobus yo‘nalishi o‘zgartiriladi
15-noyabrdan boshlab 177-sonli avtobus yo‘nalishi uzaytirilib, oxirgi bekat o‘zgartiriladi. Endilikda avtobuslar avvalgi yo‘nalishning oxirgi bekati - “Iftixor mahallasi” bekatidan o‘tib, Yoshlik ko‘chasi orqali harakatlanadi va qatnovni “Keles bozorchasi” (Keles shohko‘chasi) bekatida yakunlaydi. gazeta.uz »