Ðåçóëüòàòîâ: 269

Toshkentdagi 500 ta bekatda yanvar oyi oxirigacha bir martalik chiptalar sotuvchi infokiosklar o‘rnatiladi — Transport boshqarmasi

Toshkent shahar transport boshqarmasi poytaxt hokimligi va tadbirkorlar bilan hamkorlikda yanvar oyi oxirigacha avtobuslarda yo‘lkira to‘lash uchun bir martalik QR-chiptalar sotuvchi infokiosklar sonini 675 taga yetkazishni rejalashtirmoqda. Ularning aksariyati avtobus bekatlariga joylashtiriladi. gazeta.uz »

2025-1-18 16:57

Toshkentdagi prezident maktabi Zayed Sustainability Prize mukofotining “Global o‘rta maktablar” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi

Toshkentdagi prezident maktabi yomg‘ir suvini kundalik foydalanish uchun qayta ishlash loyihasi bilan Zayed Sustainability Prize mukofotining “Global o‘rta maktablar” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Loyihani amalga oshirish uchun pul mukofoti - 150 ming dollar. G‘oliblarni Shavkat Mirziyoyev ham tabrikladi. gazeta.uz »

2025-1-14 12:59

Fotoreportaj: Toshkentdagi Pushkin xiyobonining rekonstruksiyasi qanday ketyapti va qachon yakunlanadi?

Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi Pushkin xiyobonida rekonstruksiya boshlanganiga uch oydan oshdi. Aholi bu yerdagi daraxtlarning kesilishidan xavotirda edi. Hudud hozir baland to‘siqlar bilan o‘rab olingan, loyiha bilan qurilish maydonining ichidagina tanishish mumkin. “Gazeta.uz” ish qanday ketayotganini o‘rgandi. gazeta.uz »

2025-1-8 19:45

Toshkentdagi pulli parkovkalar uchun kimoshdi savdosi qayta o‘tkazildi. G‘olib — Streetpark Systems

Toshkent shahrida pulli avtoturargohlarni tashkil etish huquqini beruvchi takroriy auksion o‘tkazildi. 120 mlrd so‘m taklif qilgan avvalgi g‘olib Balcomuz kompaniyasi bilan shartnoma tuzilmagan. Yangi g‘olib Streetpark Systems bo‘ldi, u ikkita taklifdan so‘ng 62,9 mlrd so‘mlik taklif bilan g‘olib chiqdi. gazeta.uz »

2024-12-18 15:06

Katta ekran, akustika va litsenziyali filmlar. Toshkentdagi ilk artxaus kinoteatr qanday ishlayapti?

Toshkentda 50 o‘rinli ilk mualliflik filmlari kinoteatri ish boshladi. Unda har namoyishdan so‘ng rejissyor va kinomunaqqidlar ishtirokida muhokamalar bo‘lib o‘tadi. “Gazeta.uz” kinoxona asoschilari bilan mustaqil kinoni tomosha qilish madaniyati va tomoshabinlarning yangi avlodini shakllantirish haqida gaplashdi. gazeta.uz »

2024-11-30 14:14

Toshkentdagi hospis 2025-yil fevralidan ishga tushishi ko‘zda tutilmoqda — moliya vaziri o‘rinbosari

Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Otabek Fazilkarimov Toshkentdagi hospis faoliyatini 2025-yil fevralida boshlash ko‘zda tutilayotganini aytdi. Hospisning umumiy qiymati 34 mlrd so‘m bo‘lib (xususan, 2024-yilda 16,8 mlrd so‘m ajratilgan), moliyalashtirish ishlari 90,5 foizga bajarilgan. gazeta.uz »

2024-11-26 17:04

Toshkentdagi pulli “parkovka”larni tashkil etish bo‘yicha auksionda Balcomuz kompaniyasi g‘olib chiqdi

Poytaxtda umumiy uzunligi 111,6 km bo‘lgan 86 ta uchastkada pulli avtoturargohlar tashkil etish huquqini beruvchi kim oshdi savdosi yakunlandi. Unda boshlang‘ich bahodan 2 baravar yuqori - 120,1 mlrd so‘m taklif etgan Balcomuz kompaniyasi g‘olib deb topildi. Kompaniya haqida nimalar ma’lum? gazeta.uz »

2024-11-25 13:16

“Birorta attraksion ham, restoran ham bo‘lmaydi”. Toshkentdagi sobiq astronomiya bog‘i jamoatchilik parkiga aylantiriladi

7 yildan beri taqdiri hal bo‘lmay kelayotgan Toshkentdagi sobiq astronomiya bog‘ini 2025-yil oxirigacha “Oxygen park” nomli jamoatchilik parkiga aylantirish reja qilinmoqda. Atrofiga panjara-to‘siqlar o‘rnatilmaydigan park 24/7 ishlaydi, loyiha davlat budjetidan moliyalashtirilmaydi, dedi ekologiya vaziri. gazeta.uz »

2024-9-12 10:28