Toshkentdagi ko‘chalardan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomi beriladi
Toshkent shahrida Abdulla Qodiriy ko‘chasining Istiqbol, Farg‘ona yo‘li va Nukus ko‘chalari kesishmasidan Mahtumquli shohko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismiga Mustafo Kamol Otaturk nomi beriladi. Shuningdek, Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi Ezgu tilak ko‘chasi Shakarjon Xo‘janiyozova deb qayta nomlanadi. gazeta.uz »

