Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda Milliy kitobxonlik harakatiga start berdi
O‘zbekiston prezidenti mamlakatda Milliy kitobxonlik harakatiga start berdi. Dasturning umumiy yillik mukofot fondi 240 ming dollarni tashkil etadi. “Men ushbu dasturni shunchaki kitob o‘qish musobaqasi emas, balki jonajon Vatanimiz kelajagi uchun strategik investitsiya deb bilaman”, - dedi Shavkat Mirziyoyev. gazeta.uz »