Instagram’da zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi post joylagan sportchi 24,7 mln so‘mga jarimaga tortildi
Instagram’da “Kelajakda xotinim faqat aniq zarbalarni qabul qilishi uchun mashq qilyapman” mazmunidagi postni joylagan sportchi Solihjon Ibragimov ma’muriy javobgarlikka tortildi. Sud unga 24,7 mln so‘m jarima tayinlab, huquqbuzarlik sodir etishda foydalanilgan telefonni davlat foydasiga musodara qildi. gazeta.uz »