Toshkentda 8 oyda atmosferaga zarar yetkazilgani uchun 154 nafar shaxs javobgarlikka tortildi
2025-yilning 8 oyida Toshkentda atmosferaga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan obyektlar faoliyati o‘rganildi. Reydga ko‘ra, 281 ta qonun buzilish holati aniqlandi, 154 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 20 ta obyekt faoliyatini vaqtincha to‘xtatish haqida sudga ariza kiritildi. gazeta.uz »





