O‘zbekistonda bahorda ekilgan 137 mln tup ko‘chatning 27,5 mln tasi qurib qolgan
O‘zbekistonda “Yashil makon” dasturi doirasida bahorda ekilgan 137 mln tup daraxt va butalarning 27,5 mln tasi (20 foiz) qurib qolgan. Sabablar qatorida jaziramaning erta boshlanishi aytilmoqda. Prezident kuzgi ekinlarni ko‘paytirish, hisobotlarda qo‘shib yozishni bekor qilish bo‘yicha topshiriq berdi. gazeta.uz »
