Surxondaryoda 8 yoshli qiz YTH oqibatida vafot etdi
Uzun tumanida Nexia 2 haydovchisi piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 8 yoshli qizni urib yubordi. Bola vafot etdi, haydovchi sud hukmi bilan 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. gazeta.uz »
Surxondaryoda - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
Uzun tumanida Nexia 2 haydovchisi piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 8 yoshli qizni urib yubordi. Bola vafot etdi, haydovchi sud hukmi bilan 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. gazeta.uz »
Jarqo‘rg‘on tumanida advokat jinoiy ish bo‘yicha fuqaroga yordam berish uchun 60 ming dollar talab qilgani aytilmoqda. U puldan 50 ming dollar olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. gazeta.uz »
Andijon va Surxondaryo viloyatidagi soliq idoralari xodimlari tadbirkordan pora olayotganda ushlandi. Ular tadbirkorlik subyektlarida tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga pul talab qilgan. gazeta.uz »
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida nasos stansiyasi orqali Amu Zang kanalidan Bobotog‘ kanaliga suv chiqaruvchi quvurda yoriq yuzaga keldi. Avariyani 4 ta texnika 8 soat ichida bartaraf qildi. gazeta.uz »
Termiz shahrida Damas haydovchisi 11-sinf o‘quvchisi boshqaruvidagi skuter bilan to‘qnashdi. Oqibatda 17 yoshli yigit shifoxonada vafot etdi. gazeta.uz »
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida “Sangardak” turistik markazi barpo etilmoqda. Qiymati 913,3 mlrd so‘m bo‘lgan ushbu loyiha 615 gektar maydonni qamrab oladi. Tumandagi “Sangardak” turizm majmuasi va Nilu mahallasini turizm qishlog‘iga aylantirish ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »
Sariosiyo chegara bojxona posti orqali qo‘shni davlatga yo‘l olgan fuqaroning yuklari orasidan 267 dona qadimiy taqinchoq qismlari va tangalar topildi. Ulardan ayrimlari Buxoro amirligi davriga oid ekani aniqlandi. gazeta.uz »
Jarqo‘rg‘on tumanidagi 5-maktab direktori 400 dollar pora bilan qo‘lga olindi. U bu pulni rus tili o‘qituvchisining dars soatlarini qisqartirmaslik evaziga talab qilgan. Direktorga 2 yilga mansabdorlik lavozimlarida ishlash cheklangan holda 4 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi berildi. gazeta.uz »
Boysundagi “M-25” gaz konining 202-sonli qudug‘ida vodorod sulfidining “nazorat ostida ajralib chiqarishi” sodir bo‘ldi, deya xabar qildi Energetika vazirligi. Vazirlik jarayon aholi va atrof-muhitga hech qanday xavf tug‘dirmasligiga ishontirdi. Bu sentabr oyida texnogen avariya sodir bo‘lgan quduq emas. gazeta.uz »
“O‘zsuvta’minot” va Fransiyaning Suez kompaniyasi o‘rtasida Surxondaryo viloyatida suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha shartnoma imzolandi. 8,3 mln dollarlik loyiha ichimlik suvini ishlab chiqarish va taqsimlashni boshqarish bo‘yicha raqamli yechimlarni joriy qilishni o‘z ichiga oladi. gazeta.uz »
Boysun tumanida maktabdan chiqib yo‘ldan o‘tayotgan qizni yuk mashinasi urib ketdi. Qiz shifoxonada vafot etdi. YTH sabab mahallada o‘tkazilgan yig‘ilishda aholiga farzandlarini doim nazorat qilishlari kerakligi aytildi. gazeta.uz »
Jarqo‘rg‘on tumanida olti farzandning onasi chaqaloqni 62 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lganda qo‘lga olindi. Ayol 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. gazeta.uz »
Surxondaryo viloyati Uzun tumanida ayol va uning voyaga yetmagan farzandi yonayotgan uydan jonsiz holatda topildi. Yana ikki nafar bola jonlantirish bo‘limiga yotqizildi. Qasddan odam o‘ldirish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
“Ayritom” chegara bojxona postidagi yuk avtomobilida 2986 dona supurgi dastagi ichidan 612 kg “gashish” giyohvandlik vositasi topildi. Mashina O‘zbekistonga tranzit o‘tish uchun kirib kelgan. Giyohvandlik vositasining qora bozordagi narxi taxminan 16,5 mln dollarga baholanmoqda. gazeta.uz »
Termiz tumanida Damas yo‘lni kesib o‘tayotgan 1-sinf o‘quvchisini urib yubordi. Oqibatda 8 yoshli bola shifoxonada vafot etdi. gazeta.uz »
Denov tumanida yupun kiyingan o‘quvchilar madaniyat bo‘limi topshirig‘i bilan sovuq ob-havoda ko‘prik ochilishiga jalb qilindi. Bolalar ombudsmani holat bo‘yicha Madaniyat vazirligiga taqdimnoma kiritdi. Maktab direktorlariga “hayfsan” intizomiy jazosi qo‘llandi. gazeta.uz »
Surxondaryo viloyatida avtomaktablarga litsenziya berilmayapti. Avtodromlarga qo‘yilgan yangi talablar sabab nomzodlarni imtihonlardan o‘tkazish ishlari to‘xtatilgan. Shu munosabat bilan YHXXga senator so‘rovi yuborildi. gazeta.uz »
Termizda Bojxona qo‘mitasi tomonidan kontrabanda sigaretlarining rekord partiyasi - 10,2 mlrd so‘mlik salkam 750 ming quti yo‘q qilindi. Foto. gazeta.uz »
Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida faoliyat yurituvchi korxona rahbari tuman hokimligidan jami 1,5 mlrd so‘m miqdorida kompensatsiya undirdi. Aniqlanishicha, tadbirkorning 22 sotix yeri va binolari davlat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilib, zarari vaqtida qoplanmagach, fuqaro biznes ombudsmaniga murojaat qilgan. gazeta.uz »
Surxondaryoda 17 yoshli yigit va 15 yoshli qizning go‘yoki farzandi borligi ko‘rsatilgan videoni Instagram sahifasiga joylagan bloger jarimaga tortildi. Yigit va qiz esa ogohlantirildi. gazeta.uz »
Sho‘rchi tumanida 40 yoshli erkak pul ayirboshlash bilan shug‘ullanuvchi tanishining pullarini o‘zlashtirish maqsadida uni urib, o‘ldirib qo‘ydi. Fuqaro jabrlanuvchining murdasini hovlisidagi chuqurga ko‘mib qo‘ygan. gazeta.uz »
Bandixon tumanida Nexia haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan 1-sinf o‘quvchisini urib yubordi. Oqibatda bola tuman shifoxonasida vafot etdi. gazeta.uz »
Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida avgust oyida opasini kaltaklab o‘ldirgan 16 yoshli bolaga hukm o‘qildi. Sud uni 9 yilga ozodlikdan mahrum qildi. gazeta.uz »
DXX Uzun tumanida mashinasida tojikistonlik narkosavdogardan olingan 50 kg 567 g “gashish” olib ketayotgan fuqaroni qo‘lga oldi. Farg‘onada esa 52 yoshli shaxs muqaddam tojikistonlik narkokur’erlar qoldirib ketgan joydan deyarli 5 kg narkotikni olganidan so‘ng ushlandi. Hozirda holatlar bo‘yicha tergov ketmoqda. gazeta.uz »
Chorshanba kuni Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda ham sezildi (2 ball). gazeta.uz »
Surxondaryo viloyatida isitish mavsumi 1-noyabrdan boshlanadi. Gaz va elektr ta’minoti korxonalariga qozonxonalar, aholi va ijtimoiy soha obyektlarini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi. gazeta.uz »
Surxondaryoning Denov tumanida 17 yoshli qiz o‘zi yashaydigan ko‘p qavatli uyning 8-qavatidan yiqilib, vafot etdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. gazeta.uz »
Surxondaryo viloyatida gaz ta’minoti xodimi ikki nafar tanishining uyiga gaz ballonlarini yashirib, noqonuniy ravishda mahalliy aholiga oshirilgan narxda sotib yurgani ma’lum bo‘ldi. Jami 120 ga yaqin ballon topildi. gazeta.uz »
Surxondaryoning Denov tumanida tunda Nexia-3 avtomobili katta bosimli gaz quvuriga urildi. Buning oqibatida tumandagi 3950 ta xonadon vaqtincha gazsiz qoldi. 18-oktabr kuni ertalab gaz ta’minoti tiklandi. gazeta.uz »
Payshanbaga o‘tar kechasi Afg‘onistonda 5,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi Surxondaryo viloyatida sezilib, 2 ballni tashkil etdi. gazeta.uz »
Surxondaryo viloyati Boysun tumanida yuk mashinasi yo‘l chetida mashinasiga yonilg‘i quyayotgan uch kishini urib, voqea joyidan qochib ketdi. Jabrlanuvchilarning ikki nafari voqea joyida halok bo‘ldi, boshqasi shifoxonaga yotqizildi. Haydovchi Sirdaryoda ushlandi. gazeta.uz »
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida haydovchi qo‘l tormozini ko‘tarishni unutgani sababli “VAZ-2016” mashinasi Zang kanaliga tushib ketdi. U maxsus texnikalar yordamida olib chiqildi. gazeta.uz »
Termiz tumanida temiryo‘l kesishmasidan qoidalarni buzgan holda o‘tmoqchi bo‘lgan “Gazel” ag‘darildi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar bo‘lmagan, yo‘lovchi poyezd yo‘nalishini kechikib davom ettirgan. gazeta.uz »
Muzrabot tumanida Lacetti haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chetiga chiqib ketgan va gaz quvuriga kelib urilgan. Oqibatda gaz sizib chiqqan va 915 ta xonadon ta’minotdan vaqtincha uzib qo‘yilgan. gazeta.uz »
Raqobat qo‘mitasi Surxondaryoda “Toza hudud” chiqindi tashish xizmati tariflarni deklaratsiya qilmay, shuningdek, ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun aholidan 3,2 mlrd so‘m ortiqcha to‘lov olganini aniqladi. gazeta.uz »
Sariosiyo tumanida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan shaxslar boshqaruvidagi Nexia 2 va “Jiguli” mashinalari to‘qnashdi. Oqibatda 3 nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi, qolgan yo‘lovchilar shifoxonaga murojaat qilgan. gazeta.uz »
Termiz shahrida 26 yoshli yigit Telegram’da guruh ochib, 37 kishiga noqonuniy diniy saboq berib kelgani aniqlandi. Sud hukmi bilan unga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. gazeta.uz »
Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida 16 yoshli yigit o‘z opasini “yigitlar bilan munosabatda bo‘lgani” uchun o‘ldirdi. U qo‘lga olinib, holat yuzasidan jinoiy ish ochildi. gazeta.uz »
Denov tumanida 32 yoshli erkak qo‘shnisining 10 yoshli qiziga uyida hech kim yo‘qligidan foydalanib, uyatsiz qiliqlar qilganlikda gumonlanmoqda. Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi. gazeta.uz »
Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida 221 bosh baliqni elektr qarmoq bilan ovlagan 4 nafar fuqaro ushlandi. Ular tabiatga 1,4 mlrd so‘m zarar yetkazgan. gazeta.uz »
Qumqo‘rg‘on tumanida yo‘lovchi poyezdi urib yuborgan Lacetti haydovchisi halok bo‘ldi. U svetoforning taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmay harakatini davom ettirgan. gazeta.uz »
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida ikkita UAZ to‘qnashuvida ulardan biri ag‘darildi. Oqibatda mashina salonidagi 6 kishi jarohatlandi. YTHga oid hujjatlar jinoiy sudga yuborildi. gazeta.uz »
Surxondaryo viloyati Denov tumanida ikki nafar fuqaro cho‘l toshbaqasiga nos chektirgani aniqlandi. Ularga nisbatan BHMning 3 baravari miqdorida jarima belgilandi. gazeta.uz »
Sariosiyo tumanida Damas avtomobili qarama-qarshi yo‘ldagi Nexia 3 bilan to‘qnashib, jarlikka quladi. Oqibatda undagi 17 yoshli yo‘lovchi shifoxonaga yotqizildi. gazeta.uz »
Sho‘rchi tumanida targ‘il sirtlonni o‘ldirgan fuqaroning shaxsi aniqlandi. Holat tufayli tabiatga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetgan. Ekologlar bu tur Xalqaro va Qizil kitobga kiritilgani, O‘zbekiston bo‘yicha faqat shu viloyatda borligi, uning o‘ta noyob ekanini aytmoqda. gazeta.uz »
Surxondaryo viloyati prokuraturasi bo‘lim katta prokurori 10 ming dollar pora olgani aytilmoqda. U tadbirkorga suv tejovchi texnologiyalarni o‘rnatish masalalarida ko‘maklashishini bildirgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlandi. gazeta.uz »
Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida yoshlar o‘rtasidagi futbol musobaqasi payti jamoat tartibini buzib, IIB xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatgan 13 nafar fuqaroga 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi. gazeta.uz »
Surxondaryo viloyati Termiz shahrida 3 ta mashina to‘qnashdi. Oqibatda Nexia-3 mashinasi yonib ketdi. Hech kim jarohatlanmagan. gazeta.uz »
O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma arxeologik ekspeditsiya a’zolari Uzun tumanida 4 ming yillik tarixga ega qabrlar va 2 ming yillik shahar qoldiqlarini topdi. Dastlabki xulosalarga ko‘ra, topilmalar miloddan avvalgi II - milodiy III asrlarga tegishli ekani aytilmoqda. gazeta.uz »
Surxondaryoda Denov tuman sudi raisi YTHga uchragani ma’lum bo‘ldi. Oqibatda u jarohat olib, mashinadagi sherigi vafot etgan. Xizmat tekshiruvida sud raisi Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzgan deb topilgan va vakolati muddatidan avval tugatilgan. Buning tergovga daxli yo‘qligi aytilmoqda. gazeta.uz »