Surxondaryoda Cobalt urib yuborgan ikki boladan biri vafot etdi
Muzrabot tumanida svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan Cobalt haydovchisi 2 nafar bolani urib yubordi. Oqibatda ulardan biri shifoxonada vafot etdi. gazeta.uz »
Surxondaryoda - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
Muzrabot tumanida svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan Cobalt haydovchisi 2 nafar bolani urib yubordi. Oqibatda ulardan biri shifoxonada vafot etdi. gazeta.uz »
Telegram kanallarida Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarida bola o‘g‘rilari paydo bo‘lgani bilan izohlangan videolar tarqaldi. Ikki viloyat IIBlari ushbu xabarlar asossiz ekani, videolarda esa boshqa holatlar tasvirlanganini ma’lum qildi. gazeta.uz »
Sariosiyo tumanidagi mahallaga kelib qolgan ayiq otib o‘ldirildi. Ekologiya vazirligi hayvon IIB xodimiga jarohat yetkazgani, maktabga kirib, o‘quvchilar hayotiga xavf solgani uchun “tezkor chora ko‘rish talab qilinganini” bildirdi. gazeta.uz »
Sherobod tumanida Tracker haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi yuk mashinasiga urildi. Oqibatda 59 yoshli haydovchi va 4 nafar yo‘lovchi ayol voqea joyida vafot etdi. Tarmoqlarda YTHga yo‘ldagi chuqurlik sabab bo‘lgani aytilmoqda. gazeta.uz »
Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan reydda veterinariya hujjatlarisiz 1015 kilogramm mol go‘shti aniqlandi. Ular iste’molga yaroqsiz ekani ma’lum bo‘lgach, belgilangan tartibda yo‘q qilindi. gazeta.uz »
Sherobod tumanida sel oqizib ketishi oqibatida 360 bosh qo‘y nobud bo‘ldi. Qo‘ylar jasadi Sanitariya-epidemiologiya boshqarmasi tomonidan har xil kasalliklar tarqamasligi uchun dezinfeksiya qilinib ko‘mildi. gazeta.uz »
Boysunda tik balandlik paytida to‘xtash tizimida nosozlik yuzaga kelgan Damas yo‘l chetidagi molxonaga urildi. Oqibatda mashina salonidagi 3 nafar yosh bola va 3 nafar ayol halok bo‘ldi. Haydovchi mashinani 8 nafar yo‘lovchi bilan boshqargan, deyiladi tuman YHXB xabarida. gazeta.uz »
Termiz shahridagi Bolajon madaniyat va istirohat bog‘ida attraksion trosi uzilib ketishi sababli 2 qiz va 2 ayol jarohatlandi. Ulardan 2 nafari Qozog‘iston fuqarolari bo‘lgan. Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi attraksion mavsum oldidan sinovdan o‘tkazilmaganini bildirdi. gazeta.uz »
Sariosiyo tumanida 41 yoshli ayol boshqaruvidagi Nexia 3 yo‘ldan chiqib ketib, beton to‘siqqa urildi. YTH ortidan avtomobilda yong‘in yuz berdi, oqibatda ayol va uning ikki bolasi voqea joyida halok bo‘ldi. gazeta.uz »
Uchta hududda arxeologik yodgorliklarga qariyb 30 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi. Xususan, V-VII asrlarga oid Kattatepa yodgorligi molxona qurish uchun buzilgan, Badaxshontepa obyekti ekin maydoniga aylantirilgan va Tolmozortepa texnika yordamida tekislab yuborilgan. gazeta.uz »
Payshanba kuni Surxondaryo viloyatining turli hududlari jumladan, Qumqo‘rg‘on tumanida kuchli yomg‘ir sabab sel-suv toshqinlari bo‘ldi. Yuzlab xonadon va turar joylarga suv kirdi. Viloyat hokimligi toshqin oqibatlarini bartaraf etmoqda. gazeta.uz »
Boysun tumanida bir oilaning 6 a’zosi is gazidan zaharlandi. Oqibatda ota va uning voyaga yetmagan 4 farzandi vafot etdi, ayol esa jonlantirish bo‘limida qolmoqda. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi. gazeta.uz »
Qiziriq tumanida yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan Nexia-3 avtomobili “KamAZ” bilan to‘qnashdi. Oqibatda yengil mashinadagi 4 nafar yo‘lovchi vafot etdi. gazeta.uz »
“Sariosiyo” temir yo‘l chegara bojxona postida yashirincha olib kirilayotgan 10 mlrd so‘mlik sigaretlar to‘xtatib qolindi. 402 ming quti mahsulot Tojikistonga o‘tish uchun respublikaga kirib kelgan poyezd vagonidan aniqlandi. gazeta.uz »