Surxondaryoda arxeologik yodgorlik molxona qurish uchun buzib tashlangani aniqlandi
Uchta hududda arxeologik yodgorliklarga qariyb 30 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi. Xususan, V-VII asrlarga oid Kattatepa yodgorligi molxona qurish uchun buzilgan, Badaxshontepa obyekti ekin maydoniga aylantirilgan va Tolmozortepa texnika yordamida tekislab yuborilgan. gazeta.uz »
