Farg‘onada 17 yoshli bola mashinada jarlikka ag‘darilib halok bo‘ldi
Farg‘ona viloyati So‘x tumanida 17 yoshli bola Nexia-3 mashinasida jarlikka quladi. U hodisa joyida halok bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
Onada - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
Farg‘ona viloyati So‘x tumanida 17 yoshli bola Nexia-3 mashinasida jarlikka quladi. U hodisa joyida halok bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
Marg‘ilon shahrida Lacetti avtomobili 3 yoshli bolani bosib ketdi. Tarqalgan videolarda haydovchi uning baqirganini ham eshitmay hodisa joyidan ketib qolgani ko‘rinadi. “Bir oy to‘shakka mixlanib yotdi. Hozir ham o‘zida emas”, - deydi jabrlanuvning buvisi. gazeta.uz »
Farg‘ona shahrida fuqaro tanishini Lacetti avtomobilida urib ketdi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi. Voqeaga janjal sabab bo‘lgani aytilmoqda. Gumonlanuvchi ushlandi va uning ishi qasddan odam o‘ldirish moddasi bilan malakalandi. gazeta.uz »
Muhokamalarga sabab bo‘lgan Farg‘onadagi Malibu viloyat IIB YHXB boshlig‘i Akmal Ahmedovning turmush o‘rtog‘iga tegishli ekani ma’lum bo‘ldi. Viloyat IIBga ko‘ra, Ahmedovga nisbatan ham intizomiy jazo qo‘llanilgan. gazeta.uz »
Tarmoqlarda Farg‘onada Malibu 2 avtomobilining 106 ta qoidabuzarligi haqidagi qarorlar “oxirgi zarurat yuzasidan sodir etilganligi sababli” bekor qilingani haqida xabar tarqaldi. Viloyat IIB holatni tasdiqlab, bu yuzasidan 5 nafar xodimiga intizomiy jazo qo‘llanganini ma’lum qildi. gazeta.uz »
DXX Farg‘ona viloyatining bir qancha tumanlarida uyida hujra tashkil etib, pul evaziga turli viloyatlik voyaga yetmagan bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan shaxslarni ushladi. gazeta.uz »
Qo‘qon shahrida “Hizb ut-Tahrir” diniy ekstremistik tashkilotining yashirin guruhi fosh etildi. Ular choyxona va oshxonalardagi yig‘inlarda tashkilot g‘oyalarining O‘zbekistonga olib kirilishini va xalifalik davlati qurish g‘oyalarini qo‘llab kelgan. gazeta.uz »
Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari xodimlari fuqarolarni noqonuniy ravishda Haj safariga yubormoqchi bo‘lgan shaxslarni qo‘lga oldi. Ular fuqarolardan 11 ming va 12,8 ming dollar olayotganda ushlangan. gazeta.uz »
Farg‘ona tumani Novkent shaharchasidagi gaz zapravka mas’ullari o‘lchov qurilmasiga tashqi ta’sir ko‘rsatib, 4,1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi. Tergovga qadar tekshiruv boshlandi. gazeta.uz »
Toshkent va Farg‘onada DXX va boshqa idoralar hamkorligida o‘tkazilgan tadbirlarda Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan, umumiy og‘irligi 26 kilogrammdan ortiq bo‘lgan giyohvand moddalari musodara qilindi. gazeta.uz »
Farg‘ona tumanida Nexia 3 haydovchisi quvib o‘tish qoidasini buzib, qarama-qarshi yo‘nalishdagi Tico bilan to‘qnashdi. Oqibatda Tico`ning 65 yoshli haydovchisi halok bo‘ldi, yana ikki kishi shifoxonaga yuborildi. gazeta.uz »
Farg‘ona viloyati teri-tanosil 2-sonli dispanseri rahbari shifokor va xodimlarini dam olish kunlarida ishga, haq to‘lamasdan navbatchilikka jalb qilgani va xizmat safari xarajatlarini qoplamayotgani aniqlandi. gazeta.uz »
Furqat tumanida oraliq masofani saqlamagan Damas yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi reanimatsiya bo‘limiga yotqizildi. gazeta.uz »
Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida mahalliy ariqlardan birida 1−2 yosh atrofidagi bolaning jasadi topildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uning o‘limiga suvga cho‘kish sabab bo‘lgan. Prokuratura uning shaxsini aniqlash ustida ishlamoqda. gazeta.uz »
Farg‘ona viloyatida maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmati uchun yangi tariflar tasdiqlandi. Endi shahar aholisi oyiga 7500 so‘m, tuman aholisi esa 6500 so‘m to‘laydi. Yuridik shaxslar uchun tarif keskin oshirildi. gazeta.uz »
Qo‘qon shahrida 10-sonli oilaviy poliklinikaga tegishli tez tibbiy yordam mashinasida o‘tin tashildi. RTTYM holat haydovchining o‘zboshimchaligi bilan sodir etilgani va u ishdan olinganini bildirdi. Poliklinika bosh shifokoriga hayfsan jazosi berildi. gazeta.uz »
DXX Farg‘ona tumanida sintetik giyohvandlik moddalari tayyorlash bilan shug‘ullangan 3 kishini qo‘lga oldi. Ular hovlini 250 dollarga ijaraga olib, u yerda narkolaboratoriya tashkil etgan. Yigitlar bu ish uchun haftasiga kriptovalyuta ko‘rinishida 500 dollardan maosh olgan. gazeta.uz »
Quvasoy shahrida 270 tup ko‘p yillik sog‘lom daraxtlar noqonuniy ravishda ko‘chirilib o‘tkazildi. 9 tup daraxt ko‘chirish jarayonida nobud bo‘lgan, qolganlarining nobud bo‘lishi xavfi bor. Tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 1 mlrd 829 mln so‘mni tashkil etgan. gazeta.uz »
Farg‘ona viloyatida fuqaro Qizil kitobga kiritilgan sahro lochinini noqonuniy saqlab, uni sotmoqchi bo‘lgani aniqlandi. Unga qushni tabiatdan noqonuniy ajratib olganlik uchun 562 mln 500 ming so‘m jarima qo‘llanishi mumkin. gazeta.uz »
Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik, Buvayda tumanlari va Marg‘ilon shahrida voyaga yetmaganlarga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan shaxslar aniqlandi. Ulardan biri har bir bola uchun oyiga 200 dollardan olgan. gazeta.uz »
Farg‘ona viloyatidagi “Oxunboboyev” va “Marg‘ilon” bekatlari oralig‘ida Nexia-3 haydovchisi poyezdni ilon izi usulida aylanib o‘tishga urindi. Oqibatda mashina poyezd tagida qoldi. Haydovchi shifoxonaga yotqizildi. gazeta.uz »
Qo‘qon shahrida avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat manfaatlariga 2,9 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi. Holat yuzasidan mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
Qo‘qon shahrida bir necha o‘n yillik chinor daraxtini arralab ketgan ikki shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ular daraxtni yo‘q qilishga urinish paytida ekologiya va IIO xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan. gazeta.uz »
Farg‘ona shahrida onlayn qimor sabab qarzga botgan yigit qo‘shni mahalladagi xonadonga o‘g‘rilikka tushib, ayolni pichoqlab o‘ldirdi. Sud uni 17 yilga ozodlikdan mahrum qildi. gazeta.uz »
Surxondaryoning Jarqo‘rg‘on tumanida savdo binosi egasi hisoblagichni o‘zgartirish yo‘li bilan 1,3 mlrd so‘mlik elektrni noqonuniy ishlatdi. Farg‘ona shahrida ham tadbirkor oshxonasidagi nosoz gaz hisoblagich orqali 1,1 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi. Hujjatlar tegishli organlarga yuborildi. gazeta.uz »
Oltiariq tumanida bayonnoma tuzilgan BYD Song avtomobilini olib ketayotgan YPX inspektori YTHga uchradi. 17 yoshli Damas haydovchisi ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga chiqib ketib u bilan to‘qnashdi. Oqibatda bola shifoxonada vafot etdi. gazeta.uz »
Farg‘onaning Qo‘qon shahrida fuqaroni Janubiy Koreyaga ishga jo‘natishini aytib, undan 12 ming dollar olgan shaxs ushlandi. Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda. gazeta.uz »
Dekabrda Qo‘qon davlat pedagogika institutining 20 yoshli talabasi o‘zini 3-qavatdan tashlab og‘ir jarohat olgan. Biroq qiz tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramasdan 5-yanvar kuni vafot etgan. Prokuratura holat shaxsiy muammolar sababli sodir bo‘lganini aniqlagan va jinoyat ishi ochish rad etilgan. gazeta.uz »
Toshloq tumanida yuqori tezlikda harakatlangan mast Damas haydovchisi velosipedda ketayotgan fuqaro va 5 yoshli piyodani urib yubordi. Oqibatda 71 yoshli erkak voqea joyida, bola esa shifoxonada vafot etdi. gazeta.uz »
Farg‘ona shahridagi xonadonda Kaliforniya forsi iloni boqilayotgani aniqlangan. Fuqaroga bu qonunga zid ekani tushuntirilgandan so‘ng ilon Farg‘ona hayvonot bog‘iga o‘tkazilgan. gazeta.uz »
Farg‘onada enaga zinadan yiqilib tushgan ikki yoshli qaramog‘idagi qizchani kasalxonaga olib bormadi. Bola og‘ir jarohat olgan. Xavf ostida qoldirish holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan. gazeta.uz »
Farg‘onada portlash sodir bo‘lgan avtomobillarga propan va benzin quyish shoxobchasi buzilmoqda. Viloyat FVBga ko‘ra, buzish ishlari shoxobcha rahbarining o‘z xohish istagi bilan amalga oshirilmoqda va u qayta faoliyat ko‘rsatmaydi. gazeta.uz »
Farg‘ona shahridagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida bir kishi vafot etdi, to‘rt kishi tan jarohati oldi, yana sakkiz kishi tibbiy nazorat ostiga olindi. Portlashga suyultirilgan gazni quyish paytida texnologik jarayon va texnika xavfsizligi qoidalarining buzilishi sabab bo‘lgan. gazeta.uz »
Farg‘ona shahridagi issiqxona o‘zboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib, 1,6 mlrd so‘mlik zarar yetkazgani aniqlandi. To‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. gazeta.uz »
Farg‘onaning Dang‘ara tumanida Lacetti va Damas ishtirokida “avariya” sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida Damas salonida ketayotgan qiz vafot etgan. Haydovchi 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. gazeta.uz »
Farg‘ona shahrida noqonuniy ohak ishlab chiqarish sexi tashkil qilib, 1 mln kub metr tabiiy gazdan foydalangan fuqarolar ushlandi. Ular davlat manfaatiga 2,6 mlrd so‘m zarar yetkazgan. gazeta.uz »
Farg‘ona viloyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi. U tuman bosh muhandisidan yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun ishdan bo‘shatilmasligi evaziga 1000 dollar olgan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
Farg‘onada tanishiga 20 martadan ortiq pichoq urib, jinoyat izlarini yashirish maqsadida uyiga o‘t qo‘ygan ayol 15 yildan ko‘proqqa ozodlikdan mahrum etildi. Sudlanuvchining kredit qarzdorligi bo‘lgan va qarzni to‘lash uchun jabrlanuvchinikiga o‘g‘irlikka tushgan. gazeta.uz »
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida Matiz noto‘g‘ri qayrilish ortidan qarshi yo‘nalishdagi Lada Vesta bilan to‘qnashdi. YTHda ikkinchi mashina ichidagi 80 yoshli fuqaro jarohat oldi va shifoxonaga yotqizildi. gazeta.uz »
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida 4 kishi kafeda tayyorlangan ovqatdan zaharlanib, kasalxonaga yotqizildi. Holat Sanepidqo‘mita xodimlari tomonidan nazoratga olingan. gazeta.uz »
Farg‘ona viloyati Furqat tumanida haydovchi Cobalt`da qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib, oldinda kelayotgan Damas bilan to‘qnashdi. Buning oqibatida Damas`da ketayotgan er-xotin vafot etdi. Cobalt haydovchisi 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. gazeta.uz »
Marg‘ilonda noqonuniy faoliyat yurituvchi ohak ishlab chiqarish sexi gazdan yashirincha foydalanayotgani ma’lum bo‘ldi. Oqibatda 5,6 mlrd so‘mlik zarar yetdi. Gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlandi. gazeta.uz »
Uchko‘prik tumanida poyezd vagonlari ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan uch o‘quvchidan ikki nafarini 27 ming voltli tok urdi. Ulardan birining tanasi 65 foiz kuygani, yana birining o‘ng oyoq suyagi singani aytilmoqda. gazeta.uz »
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida 61 yoshli haydovchi sog‘lig‘i yomonlashgani sababli boshqaruvni yo‘qotib, qarshisidan kelayotgan kichik yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. U og‘ir jarohatlar bilan voqea joyida halok bo‘ldi. gazeta.uz »
Farg‘ona viloyatida UzAuto Motors avtotreyleri haydovchining boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘ldan chiqib ketdi. Kompaniya 8 ta Cobalt zarar ko‘rgani, jarohatlanganlar yo‘qligini ma’lum qildi. gazeta.uz »
Farg‘ona shahrida Spark haydovchisi keskin tormoz bosishi sababli boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton simyog‘ochga urildi. Oqibatda 4 kishi shifoxonaga yotqizildi, ulardan 2 nafari vafot etdi. gazeta.uz »
Farg‘onada 6 mingdan ortiq xonadonga issiqlik ta’minoti bo‘yicha 4 mlrd 173 mln so‘mdan ortiq qarzdorlik asossiz hisoblangani aniqlandi. Raqobat qo‘mitasi o‘rganishlari natijasida ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun hisoblangan mablag‘lar bekor qilindi. gazeta.uz »
Dang‘ara tumanida xizmat vazifasini bajarayotgan profilaktika inspektori fuqaroning pichoq bilan hujum qilishi oqibatida vafot etdi. gazeta.uz »
Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida fevral oyida mast holda avtomobil boshqarib, yo‘l chetidagi 4 kishini bosib ketgan va o‘limiga sababchi bo‘lgan fuqaro 9 yilga qamaldi. gazeta.uz »
Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi maktab direktori ro‘mol o‘rab kelgan 7-sinf o‘quvchisini kaltaklab, haqorat qilgandi. U MJTKning 2 ta moddasi bo‘yicha aybdor deb topilib, BHM 10 baravari miqdorida jarimaga tortildi. gazeta.uz »