Ðåçóëüòàòîâ: 196

Zo‘ravon pedagog va tarbiyachilarning ta’lim tizimiga ishga kirishi taqiqlanishi mumkin

O‘zbekistonda ta’lim va soliqni saqlash xodimlarini ham bolaning ta’lim-tarbiyasiga mas’ul shaxs etib belgilash rejalashtirilmoqda. Ular bir yil ichida bolaga nisbatan takroran salbiy xatti-harakat qilsa maxsus reyestrga kiritiladi va bola faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga ishga kirishi taqiqlanadi. gazeta.uz »

2025-4-11 08:24

Shveysariya elchisi o‘zbekistonliklarni ishga taklif bilan bog‘liq firibgarliklar haqida ogohlantirdi

Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchsiga ko‘ra, ushbu davlatga soxta ishga taklif qilish va qalbaki ishlash ruxsatnomalari bilan bog‘liq murojaatlar soni ortgan. “O‘zbekistonda yashab, Shveysariyada ish qidirayotgan bo‘lsangiz, firibgarlik qurboni bo‘lib qolishdan o‘zingizni himoya qiling”, - deydi Konstantin Obolenskiy . gazeta.uz »

2025-3-28 15:55

O‘zbekistonda yoshlarni Pechak ligasi universitetlariga tayyorlash dasturi ishga tushiriladi

Sentabrda O‘zbekistonda 8-sinf bitiruvchilari uchun xalqaro maktab ochiladi. Yoshlarni Pechak ligasi universitetlariga tayyorlash milliy dasturini ishga tushirish rejalashtirilgan - 3000 nafar maktab o‘quvchisi intensiv tayyorgarlikdan o‘tadi, eng yaxshilari AQShda tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-3-27 18:02

O‘zbekistonda 112 yagona dispetcherlik xizmati ishga tushgan — Raqamli texnologiyalar vazirligi

Raqamli texnologiyalar vazirligi O‘zbekistonda 112 yagona dispetcherlik xizmati hukumat qarorida belgilangan muddatda ishga tushganini ma’lum qildi. Xizmat IIV, FVV, SSV, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda “Hududgazta’minot” shoshilinch xizmatlarini ma’lumotlarni uzatishning yagona tarmog‘iga birlashtiradi. gazeta.uz »

2025-3-25 12:12

Toshkentdagi hospis 2025-yil fevralidan ishga tushishi ko‘zda tutilmoqda — moliya vaziri o‘rinbosari

Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Otabek Fazilkarimov Toshkentdagi hospis faoliyatini 2025-yil fevralida boshlash ko‘zda tutilayotganini aytdi. Hospisning umumiy qiymati 34 mlrd so‘m bo‘lib (xususan, 2024-yilda 16,8 mlrd so‘m ajratilgan), moliyalashtirish ishlari 90,5 foizga bajarilgan. gazeta.uz »

2024-11-26 17:04

Aeroport xodimi pul evaziga ishga joylashtirishni va’da qildi, kompaniya shubhali odamlarga ishonmaslikka chaqirdi

Fuqaroga ish bilan ta’minlashni va’da qilgan Toshkent xalqaro aeroporti xodimi 1500 dollar olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Uzbekistan Airports kompaniyasi O‘zbekiston aeroportlarida ishga faqat elektron tizim orqali qabul qilinishini ma’lum qildi va odamlarni shubhali takliflardan qochishga chaqirdi. gazeta.uz »

2024-11-16 19:33

Navoiy viloyatida 3 ta korxona ishga tushirilib, 12 ta loyihaning qurilishi boshlandi

Prezident Navoiy viloyatida yangi loyihalarni ishga tushirish marosimida qatnashdi. Xususan, Konimexda yonuvchi slanetslarni qazish va qayta ishlash, Karmanada quyosh foto elektr stansiyasi va elektr energiyasini saqlash tizimi loyihalari qurilishi boshlandi. Navoiy shahrida paxta sellyulozasi korxonasi ishga tushdi. gazeta.uz »

2024-11-1 12:02

Prezident Toshkent viloyatida “sanoat uchburchagi” ishga tushirilishini ma’lum qildi

Angren, Olmaliq, Ohangaron, Piskent va Ohangaron tumanlarida “sanoat uchburchagi” dasturi amalga oshiriladi, dedi O‘zbekiston prezidenti. Uning so‘zlariga ko‘ra, tumanlar o‘rtasida kooperatsiya va klaster asosida ishlab chiqarish transport xarajatlari va mahsulot tannarxini qisqartirish imkonini beradi. gazeta.uz »

2024-10-16 11:18

Akmal Burxanov korrupsionerlar reyestrining ishga tushirilishi kechiktirilganiga izoh berdi

O‘zbekistonda korrupsiya uchun sudlangan 566 nafar shaxs davlat xizmatiga qayta qabul qilinib, yana shu jinoyatni sodir etgan. Antikorrupsiya agentligi rahbari 2021-yildan buyon muhokamada bo‘lgan korrupsionerlar reyestrini joriy etish haqidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqishga kiritish reja qilinganini bildirdi. gazeta.uz »

2024-9-10 15:15