O‘zbekistonlik qassoblar Germaniyaga ishga taklif qilinmoqda
Germaniya o‘zbekistonlik qassoblarni ishga taklif qilmoqda. Oylik maosh 1750 yevro bo‘lib, nomzodlar kamida 1 yillik tajribaga va nemis tilidan sertifikatga ega bo‘lishi lozim. Qabul qilinganlarning bilet, viza va til sertifikati xarajatlari Migratsiya agentligidan kompensatsiya qilib berilishi mumkin. gazeta.uz »