Ðåçóëüòàòîâ: 206

Qonunchilik palatasi Apple Pay va Google Pay’ni ishga tushirish uchun shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunga tuzatishlarni qabul qildi

Qonunchilik palatasi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunga kiritiladigan tuzatishlarni ma’qulladi. Ular ayrim ma’lumotlarni chet elda qayta ishlash va saqlash imkoniyatini ko‘zda tutadi. Avvalroq prezident Apple Pay va Google Pay`ni ishga tushirish uchun qonunchilik qayta ko‘rib chiqilishini aytgandi. gazeta.uz »

2026-1-20 14:04

O‘zbekiston 2026-yilda yangi konlarni ishga tushirish hisobiga gaz qazib olishdagi pasayishni to‘xtatishni rejalashtirmoqda — vazir

2026-yilda O‘zbekiston yangi konlarni ishga tushirish orqali gaz qazib olish hajmining ko‘p yillik pasayishini barqarorlashtirishni rejalashtirmoqda, dedi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. Bunda Mo‘ynoq tumanida mamlakatdagi eng yuqori debitli quduq burg‘ilangan yangi kon muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-12-15 14:23

BAA kompaniyasi O‘zbekiston fuqarolarini taksi haydovchisi sifatida ishga jalb qilishi mumkin

BAAning Dubai Taxi Company PJSC kompaniyasi O‘zbekiston fuqarolarini taksi haydovchisi sifatida ishga jalb qilishi mumkin. Korxona rahbari hamkorlikka tayyorligini bildirdi. Dastlabki bosqichda 200 kishi ishga jalb qilinadi, ular yuqori mehnat samaradorligini ko‘rsatsa, yana 500 o‘zbekistonlik ishga chaqiriladi. gazeta.uz »

2025-10-24 08:23

Qoraqalpog‘istonda 2 mlrd dollarlik 27 ta loyihani ishga tushirish rejalashtirilmoqda — Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qilishicha, Qoraqalpog‘istonda 2 mlrd dollarlik 27 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyihalar sanoat, logistika, qishloq xo‘jaligi va sog‘liqni saqlash sohalarini qamrab oladi hamda qariyb 10 mingta ish o‘rni yaratiladi. gazeta.uz »

2025-10-9 16:06

2026-yildan tadbirkorlar uchun muqobil skoring modeli ishga tushirilib, kredit berish shartlari osonlashtiriladi

Prezident 2026-yildan tadbirkorlar uchun muqobil skoring modeli ishga tushirilib, kredit berish shartlari osonlashtirilishini aytdi. Shuningdek, davlat rahbari endi skoring tizimi soliq va kommunal to‘lov intizomi, rasmiy aylanma, eksport operatsiyalari kabilarni ham inobatga olishini ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-8-20 13:29

O‘zbekistonda ijtimoiy obyektlarga davlat investitsiyalarini rejalashtirish geoportali ishga tushdi. U qanday ishlaydi?

O‘zbekistonda ilk bor maktablar, bolalar bog‘chalari, poliklinikalar raqamli xaritaga joylashtirildi. Ma’lumotlar Strategik islohotlar agentligi ishga tushirgan geoportalda mavjud. Gazeta yangi platforma ijtimoiy sohani rivojlantirishni rejalashtirishga qanday yordam berishi haqida so‘zlaydi. gazeta.uz »

2025-8-4 17:47

Shahar avtoturargohlarida eshitish va so‘zlashda nogironligi bor parkovkachilar ishga olinadi

Toshkentda pulli avtoturargohlar yo‘lga qo‘yuvchi Poytaxt Parking kompaniyasi eshitish va so‘zlashda nogironligi bor parkovkachilarni rasman ishga olishni boshladi. Tajriba dasturi nogironligi bo‘lgan shaxslarni barqaror daromad bilan ta’minlash va ko‘chada to‘xtash joylari bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilashga xizmat qiladi. gazeta.uz »

2025-7-29 05:24