Centrum Air aviakompaniyasini IPO oldidan 2 mlrd dollarga baholash rejalashtirilmoqda
AQShning Oppenheimer va Citibank kompaniyalari Centrum Air aviakompaniyasining IPO jarayonida anderrayter bo‘ladi. Kompaniya $2 mlrdga baholanishi kutilmoqda, bu uni Markaziy Osiyodagi eng qimmat tashkilotlardan biriga aylantiradi. IPO orqali $600 mln jalb qilish rejalashtirilgan. gazeta.uz »






