O‘zbekistondagi birinchi kichik modulli reaktorni 2029-yilning oxirida ishga tushirish reja qilinmoqda
“O‘zatom” rahbari Azim Axmedxadjayev O‘zbekistonda AES loyihasini amalga oshirish muddatiga aniqlik kiritdi. Ilk kichik modulli reaktorni 2029-yil kuzda texnik jihatdan ishga tushirish, birinchi yirik reaktorni 2033-yilda ishga tushirish, loyihani yakunlashni esa 2034−2035-yillarda amalga oshirish reja qilinmoqda. gazeta.uz »