Ðåçóëüòàòîâ: 272

Bosh vazir o‘rinbosari: 2025-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 7 foizga o‘sadi, inflyatsiya 8 foizni tashkil qiladi

Global muammolarga qaramay, O‘zbekiston ishonchli iqtisodiy o‘sishni namoyon etmoqda, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov. 2025-yilga borib mamlakat yalpi ichki mahsuloti 7 foizga o‘sishi, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot esa 3500 dollardan oshishi kutilmoqda. gazeta.uz »

2025-10-23 11:12

BMT Bosh assambleyasi HAMASni chetlatgan holda Falastin davlatini tashkil etishni qo‘llab-quvvatladi

BMT Bosh assambleyasi Falastin muammosini tinch yo‘l bilan hal etish va ikki davlat - Isroil va Falastin tuzish to‘g‘risidagi “Nyu York deklaratsiyasi”ni ma’qulladi. O‘zbekiston 142 davlat qatorida deklaratsiya to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladi. Isroil, AQSh va yana sakkizta davlat bunga qarshi chiqdi. gazeta.uz »

2025-9-13 13:05

Kamchatkadagi zilzilada jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q — bosh konsulxona

Rossiyaning Kamchatka o‘lkasi qirg‘oqlari yaqinida yuz bergan zilzila oqibatida O‘zbekiston fuqarolari orasida jarohatlangan yoki vafot etganlar yo‘q. Vladivostokdagi bosh konsulxona ushbu hududlarda vaqtincha bo‘lib turgan fuqarolarni FVV ko‘rsatmalariga rioya qilishga va xotirjamlikni saqlashga chaqirdi. gazeta.uz »

2025-7-30 13:05

Murod Nazarov Toshkent bosh rejasiga o‘zgartirish kiritilayotganini aytdi va daraxt kesishni qonuniylashtirishni taklif qildi

Toshkent bosh rejasiga o‘zgartirish kiritish kutilmoqda, dedi tadbirkor Murod Nazarov. Bu haqda Qurilish vazirligi vakili ham gapirgandi. Nazarov daraxtlarni kesish cheklovlarini olib tashlash va kompensatsiya uchun “daraxtlar banki” tashkil etishni ham taklif qildi. Deputat Bobur Bekmurodov taklifni tanqid qildi. gazeta.uz »

2025-7-18 19:53

Migratsiya, strategik va iqtisodiy hamkorlik. Slovakiya bosh vaziri — O‘zbekiston bilan munosabatlar haqida

O‘zbekiston va Slovakiya tovar ayirboshlash hajmini 100 mln yevroga yetkazmoqchi, dedi Toshkentda bosh vazir Robert Fitso. U O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalarni sanab o‘tdi - aeroportlarda meteorologik tizimlarni modernizatsiyalash, transportda intellektual yechimlar, Angrenda ferroqotishma ishlab chiqarish. gazeta.uz »

2025-6-9 19:04