Yaponiya bosh vaziri Shigeru Ishiba iste’foga chiqishga qaror qildi — OAV
Yaponiya bosh vaziri Shigeru Ishiba avgust oxirigacha iste’foga chiqishni reja qilmoqda, deb xabar beryapti mahalliy OAV. Avvalroq u rahbarlik qilayotgan hukmron partiya maslahatchilar palatasiga saylovlarda mag‘lubiyatga uchragan va ko‘pchilik o‘rinni yo‘qotgandi. gazeta.uz »
