Ðåçóëüòàòîâ: 241

“Yevropa O‘zbekistonning ming yillik tarixidagi yangi bobda hamkoringiz bo‘lishni istaydi” — Ursula fon der Lyayen

Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen O‘zbekiston va Yevropa misli ko‘rilmagan darajada bir-biriga yaqinlashganini ta’kidladi. “Sherikligimizning eng yaxshi kunlari hali oldinda”, - dedi u “O‘zbekistonda Yevropa iqtisodiyoti kunlari” biznes-forumining ochilish marosimidagi videomurojaatida. gazeta.uz »

2024-11-6 14:20

“Bu xatar”. Markaziy bank rahbari O‘zbekistonning gaz va neft ta’minotida Rossiyaga qaramligi haqida

O‘zbekiston gaz, neft va benzinning asosiy qismini Rossiyadan import qiladi. Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmuratov ta’minotdagi bir mamlakatga qaramlik haqidagi savolga javob berib, bu xatar ekanini tan oldi va logistikadagi uzilishlar ichki narxlarga ta’sir qilishi mumkinligini ta’kidladi. gazeta.uz »

2024-11-4 12:59

O‘zbekistonning 2025-yil uchun davlat budjeti loyihasi taqdim etildi. Asosiy ma’lumotlar

2025-yil uchun davlat budjeti loyihasi taqdim etildi. Kelasi yilda YAIM o‘sishi 6 foiz bo‘lishi, inflyatsiya 7 foizgacha pasayishi kutilmoqda. Konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi chegarasi YAIMga nisbatan 3 foiz (49,3 trln so‘m) bo‘lishi, tashqi qarz limiti esa 5,5 mlrd dollargacha oshirilishi taklif qilinmoqda. gazeta.uz »

2024-10-30 08:00

Foto, video: O‘zbekistonning xorijdagi saylov uchastkalarida deputatlar saylovi jarayoni

O‘zbekiston deputatlari saylovi mamlakatning xorijdagi elchixonalari va konsulliklarida ham boshlandi. An’anaga ko‘ra, Moskvadagi elchixona oldida katta navbat paydo bo‘ldi. “Gazeta.uz” Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘izistondagi saylovlardan olingan fotosuratlar va videolarni taqdim etadi. gazeta.uz »

2024-10-27 08:49

Afg‘onistondagi gaz konini o‘zlashtirish bo‘yicha shartnomani O‘zbekistonning Eriell kompaniyasi imzoladi — prezidentning maxsus vakili

Prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashevning ma’lum qilishicha, Eriell kompaniyasi Afg‘onistondagi gaz konini o‘zlashtirish bo‘yicha shartnoma imzolagan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston 25 yil davomida loyihaga yiliga 100 million dollar sarmoya kiritadi, qazib olingan gazni ham qayta ishlaydi. gazeta.uz »

2024-10-25 14:02

Afg‘onistondagi gaz konini o‘zlashtirish bo‘yicha shartnomani O‘zbekistonning Eriell KAM kompaniyasi imzoladi — prezidentning maxsus vakili

Prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashevning ma’lum qilishicha, Eriell KAM kompaniyasi Afg‘onistondagi gaz konini o‘zlashtirish bo‘yicha shartnoma imzolagan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston 25 yil davomida loyihaga yiliga 100 million dollar sarmoya kiritadi, qazib olingan gazni ham qayta ishlaydi. gazeta.uz »

2024-10-25 14:02

O‘zbekcha YouTube — 2024-yil avgustida: O‘zbekistonning Parijdagi iftixorlari, “Ular” qaytdi

“Gazeta.uz” tahririyati YouTube’dagi o‘zbekistonlik mualliflar tomonidan tayyorlanayotgan kontentning oyma-oy sarhisobini berishda davom etadi. Avgust oyidagi yangi loyihalar paydo bo‘ldi, to‘xtab qolgan loyihalar qayta ishlay boshladi, Olimpiadachilar esa asosiy qahramonlar bo‘ldi. gazeta.uz »

2024-9-13 16:18

Aktyor va boshlovchi Keysuke Minami O‘zbekistonning Yaponiyadagi turizm elchisi etib tayinlandi

Keysuke Minami O‘zbekistonning Yaponiyadagi turizm elchisi etib tayinlandi. U Yaponiyada O‘zbekistonning turizm salohiyati va brendini keng targ‘ib qilish, sayyohlik loyihalarini amalga oshirish, yetakchi OAVda mamlakat salohiyati haqida ko‘rsatuvlar tayyorlash va maqolalarni chop etishga ko‘maklashadi. gazeta.uz »

2024-8-30 08:27

Fitch — O‘zbekistonning islohotlar va boshqaruvdagi taraqqiyoti, inflyatsiya va davlat qarzi haqida

Fitch Ratings O‘zbekistonning suveren reytingini VV- darajasida qoldirdi. Agentlik davlat qarzining past darajasi, YAIMning yuqori o‘sishi va islohotlardagi taraqqiyotni qayd etdi. Bu YAIM pastligi, davlat boshqaruvi zaifligi, lekin yaxshilanayotgani, iqtisodiyotda davlat ulushi yuqoriligi bilan muvozanatlashadi. gazeta.uz »

2024-8-27 14:23

O‘zbekistonning Xitoy bilan savdo aylanmasi sekinlasha boshladi, Rossiya bilan esa tezlashdi

Yanvar-iyul oylarida savdo hajmi pasaygan bo‘lsa ham, Xitoy O‘zbekistonning tashqi savdodagi asosiy hamkori bo‘lib qolmoqda. Rossiya bilan savdo tezlashdi. Qozog‘iston va boshqa qo‘shni davlatlar, Turkiya, Koreya va Germaniya bilan tovar ayirboshlash kamaymoqda. Oltin savdosi pasayishi eksport hajmini kamaytirdi. gazeta.uz »

2024-8-26 15:24

O‘zbekistonning konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosi tashqi auditdan o‘tkaziladi

O‘zbekistonning konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosi tashqi auditdan o‘tkaziladi va natijasi bo‘yicha tegishli xulosalar tayyorlanadi. Shuningdek, 2025-yildan ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yirik tashkilotlar faoliyatini auditdan o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. gazeta.uz »

2024-7-12 13:55

O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan chegarasida tunnel aniqlandi, 1 mlrd so‘mlik dorilar olib qo‘yildi

Toshkent viloyatining Qozog‘iston bilan chegara hududida yashirin tunnel aniqlanib, jinoiy guruh a’zolaridan Hindistonda chiqarilgan 1 mlrd so‘mlik dori vositalari olib qo‘yildi. Uzunligi 310 metr bo‘lgan tunnelda havo ventilyatsiyasi, yoritish tizimi, yuk arava va arqonlar borligi aniqlandi (+ video). gazeta.uz »

2024-7-3 09:13

O‘zbekistonning qator hududlarida chigirtkalarga qarshi kimyoviy kurash olib borilmoqda (video)

Tarmoqlarda yo‘llarda chigirtkalar to‘dasi uchib yurgani aks etgan videolar tarqaldi. O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Qoraqalpog‘iston, Navoiy, Buxoro va Samarqand hududlarida ularga qarshi kimyoviy kurash olib borilayotgani, chigirtkaning bu turi faqat saksovul bilan oziqlanishini bildirdi. gazeta.uz »

2024-6-11 11:55