Ðåçóëüòàòîâ: 250

O‘zbekistonning 33 ta namunaviy tuman va shaharida davlat idoralari rahbarlarining rotatsiyasi joriy etiladi

“Yangi O‘zbekiston qiyofasi”dagi 33 ta namunaviy tuman va shaharda hokimiyat hamda boshqaruv organlarining bo‘lim rahbarlari, shuningdek, hokimlar va o‘rinbosarlari rotatsiyasi joriy etilmoqda. Qolaversa, xodimlarning korrupsiyaga chidamliligini baholash va kadrlar zaxirasini shakllantirish tizimi yangilanmoqda. gazeta.uz »

2025-12-9 12:12

2027-yilgacha O‘zbekistonning yana to‘rt viloyatida elektr tarmoqlari xususiy boshqaruvga beriladi

Prezident O‘zbekistonning 4 viloyatida elektr tarmoqlarini boshqarish xususiy operatorlarga o‘tkazilishini ma’lum qildi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Samarqandda boshqaruv Aksa Elektrik`ga o‘tkazilganidan so‘ng, Jizzax, Sirdaryo, Namangan va Toshkent viloyatlarida ham shunday loyihalar investorlarga taklif etiladi. gazeta.uz »

2025-12-5 12:38

O‘zbekistonning 2026-yilga mo‘ljallangan davlat budjeti loyihasi taqdim etildi. Asosiy jihatlar

Deputatlar 2026-yilga mo‘ljallangan davlat budjeti loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi. Loyihaga ko‘ra, YAIM 6,6% ga o‘sishi, inflyatsiya 7% gacha pasayishi prognoz qilinmoqda. Budjet taqchilligi bo‘yicha limitni 3% (59,9 trln so‘m), tashqi qarzlar yuqori chegarasini 5 mlrd dollar miqdorida belgilash taklif etilgan. gazeta.uz »

2025-12-5 08:59

“Og‘ir damlarda O‘zbekistonning qo‘llab-quvvatlashini his qildik”. Ukraina elchixonasi konsuli bilan intervyu

Ukrainada urush boshlanganidan beri O‘zbekistondagi konsullik orqali minglab murojaat keldi - 2022-yilning sentabrida kuniga 70 kishi qabul qilindi. Konsul Natalya Maksimenko qochoqlarga yordam, ukrainalik bolalarning O‘zbekistonda dam olishi, diaspora o‘zligini saqlab qolishi haqida Gazeta`ga gapirib berdi. gazeta.uz »

2025-11-1 21:56

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha muzokaralar yakuniga yetmoqda — Ngozi Okonjo-Iveala

O‘zbekiston prezidenti va Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala mamlakatning JSTga a’zo bo‘lish jarayonini muhokama qildi. “Umid qilamizki, mart oyigacha barcha jarayonlar to‘liq yakunlanadi va biz O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lganini tantanali ravishda nishonlaymiz”, - dedi u. gazeta.uz »

2025-9-23 14:44

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 50 mlrd dollardan oshdi — bu yangi tarixiy maksimum

Avgust oyida O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 50 mlrd dollardan oshdi, bu kuzatuvlar boshlangan 2013-yildan buyon rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. O‘sishga jahon bozorlarida oltin narxining ortishi sabab bo‘ldi: birgina avgust oyida narx ko‘tarilishining ta’siri 1,2 mlrd dollarni tashkil etdi. gazeta.uz »

2025-9-8 17:12

“Aeroflot” sentabrda O‘zbekistonning bir qator shaharlariga parvozlarni tiklaydi

Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasi sentabr oyida O‘zbekistonning ayrim shaharlariga parvozlarni qayta tiklashni rejalashtirmoqda. Xususan, 14-sentabrdan Moskvadan Buxoroga, 15-sentabrdan Moskvadan Urganchga, 16-sentabrdan Sankt Peterburgdan Samarqandga yangi to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi. gazeta.uz »

2025-8-25 12:01