“Aeroflot” sentabrda O‘zbekistonning bir qator shaharlariga parvozlarni tiklaydi
Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasi sentabr oyida O‘zbekistonning ayrim shaharlariga parvozlarni qayta tiklashni rejalashtirmoqda. Xususan, 14-sentabrdan Moskvadan Buxoroga, 15-sentabrdan Moskvadan Urganchga, 16-sentabrdan Sankt Peterburgdan Samarqandga yangi to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi. gazeta.uz »





















