Ðåçóëüòàòîâ: 285

Global amaliyotda ekoturizm nima va O‘zbekiston uni qanday rivojlantirishi mumkin?

Ekoturizm deganda jahon amaliyotida atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lib, tabiat qo‘ynida dam olish tushuniladi. Chetda ekoturizm qanday rivojlantirilyapti, bu borada kim ilg‘or, O‘zbekistonda uni qanday yo‘lga qo‘yish mumkin - Atlas konsalting kompaniyasining “Gazeta.uz” uchun maxsus sharhi shu haqda. gazeta.uz »

2024-10-31 12:17

Saylovlar bo‘yicha yo‘riqnoma: Kimga, qayerda, qanday ovoz beriladi va bu nima uchun muhim?

Yakshanba kuni O‘zbekistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Saylov ilk bor aralash tizim asosida o‘tkaziladi. Bu qanday tizim? Deputatlikka nomzodlar va partiyalar haqida qayerdan ma’lumot olish mumkin? Deputatni tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak? “Gazeta.uz” asosiy savollarga javob beradi. gazeta.uz »

2024-10-25 21:25

Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov aynan qanday jinoyatlarda ayblanmoqda? Ayblov xulosasi

Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning sud ishida qo‘yilgan ayblovlarning ayrimlari uning “O‘zsanoatqurilishbank” boshqaruvi raisi bo‘lgan davriga bog‘liq. Ayblov xulosasida u talon-toroj qilgan kredit va budjet mablag‘lari hamda davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar 200 mlrd so‘mdan ko‘pligi aytiladi. gazeta.uz »

2024-9-24 12:29

“Ilm-fan har qanday taraqqiyotning asosidir”. Nobel olgan ilk ayol — Mariya Kyuri hikoyasi

“Gazeta.uz” xotin-qizlar haqidagi stereotiplarni yo‘qqa chiqarib, o‘z faoliyati bilan tarixda o‘chmas iz qoldirgan ayollar haqidagi hikoyalarni davom ettiradi. Bu galgi qahramon - Mendeleyevning elementlar davriy jadvali boyishiga, fan va tibbiyot rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Mariya Sklodovskaya-Kyuri. gazeta.uz »

2024-8-18 08:18

O‘zbekistonda o‘quvchilar va bog‘cha bolalarida skrining paytida qanday kasalliklar aniqlandi?

Sog‘liqni saqlash vaziri v.b. Asilbek Xudayarov maktab va bog‘chalarda o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik natijalari haqida ma’lumot berdi. O‘quvchilarining deyarli 28 foizida va tarbiyalanuvchilarning 26 foizida turli xil kasalliklar, jumladan, anemiya, asab tizimi kasalliklari va yurak nuqsonlari aniqlangan. gazeta.uz »

2024-7-30 15:52

Jaziramadan qanday saqlanish mumkin? Oftob va issiq urishining sabablari, belgilari va birinchi yordam

So‘nggi kunlarda O‘zbekistonda jazirama ob-havo kuzatilmoqda. Ko‘chada uzoq vaqt yurish oftob va issiq urishiga olib kelishi mumkin. “Gazeta.uz” umumiy amaliyot shifokori Javohir Xolmuhamedov bilan bu holatlar o‘rtasidagi farq, ularning oldini olish va zarurat bo‘lsa, birinchi yordam ko‘rsatish haqida suhbatlashdi. gazeta.uz »

2024-7-28 14:17

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning xavfsiz harakatlanishi uchun qanday choralar ko‘zda tutilmoqda?

Prezident ijtimoiy himoya sohasiga oid chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi. Takliflar orasida nogironligi bo‘lgan shaxslarning xavfsiz harakatlanishi uchun sharoitlarni kengaytirish, jumladan, binolarni ekspertizadan o‘tkazish, chorrahalarni moslashtirib borish, elektron interaktiv xarita yaratish mavjud. gazeta.uz »

2024-7-10 17:32