Ðåçóëüòàòîâ: 287

Mulohaza: Jamoat transporti muzeylari qanday bo‘lishi mumkin va bunday muzey Toshkentga nima uchun kerak?

Transport - muzeylarni to‘ldirishning eng interaktiv shakllaridan biri. Venada shaharsozlik bo‘yicha tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talaba Aleksandr Kuznetsov jamoat transporti muzeylari shaharlar va texnologiya rivoji hamda yo‘lovchilarga munosabatning o‘zgarishini qay darajada aks ettirishi haqida hikoya qiladi. gazeta.uz »

2025-5-31 07:30

Aholiga manzur bo‘ladigan va gullab-yashnaydigan yangi shaharni qanday qurish mumkin?

Hozirda Markaziy Osiyo, Ozarbayjon va Mo‘g‘ulistonda sakkizta yangi shahar qurilyapti. Ushbu loyihalarning barqarorligi dastlabki yondashuvlarga bog‘liq. BCG kompaniyasining Markaziy Osiyodagi loyihalar direktori Pavel Zolotaryov hududlarni muvaffaqiyatli rivojlantirishning asosiy tamoyillari haqida so‘zlab berdi. gazeta.uz »

2025-5-30 13:07

“U bilan hammasi tugadi. Odamlar undan nafratlanmoqda”. Qanday qilib Ilon Mask Oq uyni jimgina tark etdi?

Yaqindagina AQShda ikkinchi eng qudratli shaxs deb ko‘rilayotgan Ilon Mask Oq uyni jimgina tark etdi. Saylov oldidan Trampni qo‘llab-quvvatlash uchun millionlar sarflagan Mask DOGE bilan muvaffaqiyatsizlikka uchradi, o‘z reputatsiyasini barbod qildi, biznesiga zarar yetkazdi. U siyosiy arenadan nega yo‘qolib qoldi? gazeta.uz »

2025-5-26 19:52

O‘zbekistonda 26-may — 1-iyun kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi

O‘zbekistonda bu haftaning ish kunlari sovuq antitsiklon chekkasi ta’sirida salqin ob-havo kuzatiladi. Tog‘larda, shuningdek, Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi hududlarida hafta davomida chaqmoq-momaqaldiroqli jarayonlardan so‘ng qisqa muddatli jala yog‘inlar kutiladi, bunday holatlar esa sel xavfini oshiradi. gazeta.uz »

2025-5-26 07:44

Toshkentda yo‘l chetidagi pulli avtoturargohlar qanday ishlaydi va undan tushgan pul qayerga ketadi?

8-maydan Toshkentning dastlab 6 ta, yoz oxirigacha 86 ta ko‘chasida yo‘l chetidagi avtoturargohlar pulli bo‘ladi. Undagi tariflar soatiga 5 mingdan 12 ming so‘mgacha. Hududda to‘xtash qoidasini buzganlar hozircha jarimaga tortilmaydi, tizimdan tushgan daromad yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga sarflanadi. gazeta.uz »

2025-5-6 14:19

Foto: Buzilayotgan postkonstruktivizm yodgorligi — “Chirchikstroy” mehmonxonasi qanday ko‘rinishda edi?

Chirchiqda 1936-yilda qurilgan sobiq “Chirchikstroy” mehmonxonasini buzish ishlari boshlandi. U postkonstruktivizm uslubida qurilgan O‘zbekistonning eng mashhur obyekti edi. Rasmiylar 2021-yilda inshootni saqlab qolish haqidagi chaqiriqlarga javoban uning avariya holatida ekanini ma’lum qilgandi. gazeta.uz »

2025-3-11 13:37

Foto: Toshkentda teatr maydoni rekonstruksiya qilinmoqda. U qanday o‘zgarmoqda?

O‘tgan yil kuzda Toshkentdagi Navoiy nomidagi teatr maydonida rekonstruksiya ishlari boshlangandi. “Gazeta.uz” jarayon qanday ishlarni o‘z ichiga olgani va qachon tugashi kutilayotganini aniqladi. Nimalar qilingani, qaysi yechimlar muvaffaqiyatli bo‘lgani va nimalarni yaxshiroq qilish mumkinligini ko‘rsatamiz. gazeta.uz »

2025-2-26 15:14

Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik uchun tajovuzkorlar qanday jazolanyapti va oiladagi zo‘ravonlikka qarshi kurashda nimalarni o‘zgartirish kerak?

Nemolchi. uz loyihasi faoli Nigina Xudaybergenova Jinoyat kodeksiga 2023-yili kiritilgan maishiy zo‘ravonlik to‘g‘risidagi modda qanday qo‘llanilayotganiga aniqlik kiritish maqsadida sudlarning 400 dan ortiq qarorlarini o‘rganib chiqdi. gazeta.uz »

2025-1-31 19:07

Fotoreportaj: Toshkentdagi Pushkin xiyobonining rekonstruksiyasi qanday ketyapti va qachon yakunlanadi?

Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi Pushkin xiyobonida rekonstruksiya boshlanganiga uch oydan oshdi. Aholi bu yerdagi daraxtlarning kesilishidan xavotirda edi. Hudud hozir baland to‘siqlar bilan o‘rab olingan, loyiha bilan qurilish maydonining ichidagina tanishish mumkin. “Gazeta.uz” ish qanday ketayotganini o‘rgandi. gazeta.uz »

2025-1-8 19:45