Ðåçóëüòàòîâ: 208

Markaziy Osiyodagi narkodo‘kon tarqatuvchilari Toshkent va Andijonda qo‘lga olindi

2017-yildan buyon O‘zbekistonda faoliyat yuritib kelayotgan va 4 ming obunachisi bo‘lgan Telegram’dagi narkodo‘kon kanali tarqatuvchilari qo‘lga olindi. Ulardan biri Qirg‘izistondan, ikkinchisi Rossiyadan yuborilgan giyohvandlik vositasini qabul qilib olgan. Ularning 10 dan ortiq “zakladchik”lari ham bo‘lgan. gazeta.uz »

2025-10-13 10:17

To‘qimachilik sohasida eksport oldi moliyalash tizimini yo‘lga qo‘yish uchun 200 mln dollar ajratiladi

Shavkat Mirziyoyev to‘qimachilikda “ishonchli eksportchi” dasturi boshlanib, eksport oldi moliyalash tizimi yo‘lga qo‘yilishi, buning uchun 200 mln dollar mablag‘ yo‘naltirilishini ma’lum qildi. Tizim eksport salohiyati yuqori, lekin imkoniyatlari to‘liq ishga solinmagan boshqa bir qator sohalar uchun ham joriy etiladi. gazeta.uz »

2025-8-20 12:07

“Imkoniyati yo‘q”. YHXB boshlig‘i o‘rinbosari — Toshkentda maktab avtobuslarini yo‘lga qo‘yish haqida

Toshkentda tirbandlikni kamaytirish uchun maktab avtobuslarini ishga tushirish taklif qilindi. Biroq YHXB boshlig‘i o‘rinbosari Elmurod Alimovning aytishicha, shahar maktablariga o‘quvchilarning nafaqat poytaxtning turli tumanlari, balki viloyatdan ham kelishi loyihani amalga oshirishni qiyinlashtiradi. gazeta.uz »

2025-8-14 10:57

O‘zbekiston va Gonkong to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘lovchi va yuk tashish aviareyslarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston va Gonkong muntazam yo‘lovchi va yuk tashish aviareyslarini yo‘lga qo‘yishni va O‘zbekistonda xalqaro aviatsiya akademiyasini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Gonkong kompaniyasi vakili bilan uchrashib, aviatsiya sohasidagi loyihalarni muhokama qildi. gazeta.uz »

2025-8-14 08:33

Toshkent va Bali o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri charter reyslar yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekiston Janubi-Sharqiy Osiyodagi eng mashhur kurortlardan biri bo‘lgan Indoneziyaning Bali oroliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri charter reyslarini amalga oshirdi. 25-iyunga o‘tar kechasi bortida 265 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot Toshkent xalqaro aeroportidan uchib ketdi. Sayohat vaqti 10 soatni tashkil etdi. gazeta.uz »

2025-6-25 21:40

O‘zbekistonda mineraldan mahsulot chiqarishni yo‘lga qo‘ygan investorlarga renta solig‘i qaytariladi

O‘zbekistonning foydali qazilmalari zaxiralari 3 trln dollarga baholanmoqda, dedi prezident. Unga ko‘ra, Toshkent va Samarqand viloyatlarida kelajak metallari texnoparklari tashkil etilmoqda. Foydali qazilmalardan to‘liq ishlab chiqarish siklini amalga oshiruvchi investorlarga renta solig‘i qaytariladi. gazeta.uz »

2025-6-10 20:32

O‘zbekiston va Sloveniya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda

Shavkat Mirziyoyev va Sloveniya bosh vaziri Robert Golob uchrashuvida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 500 mln yevroga yetkazish, migratsiya sohasida ekspertlar guruhini tuzish, ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish rejalari kelishib olindi. gazeta.uz »

2025-5-22 21:42