Toshkentda jangovar patronlarni sotishga uringan sobiq harbiy qo‘lga olindi
Toshkentning Chilonzor tumanida 22 dona jangovar patronni 1300 dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Muqaddam harbiy qismda haydovchi-portlatuvchi bo‘lib ishlagan gumonlanuvchi o‘q-dorilarni tanishidan 10 mln so‘mga sotib olganini tan olgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »