Toshkentning Chorsu bozoridagi yirik yong‘in 1,5 soatda o‘chirildi
Toshkent shahri Chorsu bozori hududidagi do‘konlarda kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Uni 12 ta yong‘in-qutqaruv brigadasi bartaraf etdi. Qurbonlar yo‘q. gazeta.uz »
¸íã - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
Toshkent shahri Chorsu bozori hududidagi do‘konlarda kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Uni 12 ta yong‘in-qutqaruv brigadasi bartaraf etdi. Qurbonlar yo‘q. gazeta.uz »
Tunda Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda 12 ta savdo do‘konidagi buyum va kiyim-kechaklar zararlandi. 5 ta tuman FVBdan yetib kelgan jami 9 ta ekipaj yong‘inni 1,5 soatda o‘chirdi. gazeta.uz »
Janubiy Koreyaning Xvason shahridagi litiy batareyalar ishlab chiqaruvchi zavodda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 22 kishi, asosan, xorijliklar halok bo‘ldi. gazeta.uz »
Toshkentning Sergeli tumanidagi mashina bozori yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in oqibatida quruq o‘t va shox shabba hamda 1 ta nosoz holda turgan yuk avtomobili yonib ketgan. Hozirda hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. gazeta.uz »
Poytaxtning Sergeli tumanidagi avtosalon oldida joylashgan avtoservisda yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda avtoservisning ichki qismi va 3 ta avtomobil yonib zararlandi. FVB jarohatlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmaganini qayd etdi. gazeta.uz »
Ichki ishlar vazirligi binosi yaqinida yerosti kabelida yuz bergan yong‘indan so‘ng pasport va manzil bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatishda uzilishlar kuzatilmoqda, deb xabar qildi Adliya vazirligi va Toshkent shahar IIBB. gazeta.uz »
IIV binosi yaqinidagi yerosti tunnelida yong‘in sodir bo‘ldi. “Elektr simlari tutashi”ga 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi va u 1 soatda bartaraf etildi. Toshkent metropoliteni yong‘inning metro tizimiga bog‘liqmasligi, qurilmalar normal holatda ishlayotganini qo‘shimcha qildi. gazeta.uz »
Guliston shahridagi lak-bo‘yoq mahsulotlari ishlab chiqarish omborida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in tunda kelib chiqdi va ikki soatda o‘chirildi. Hodisa oqibatida bino tom qismi va 2 ta yuk mashinasi qisman zararlandi. gazeta.uz »
Moskva viloyatidagi yotoqxonada yong‘in yuz berib, oqibatda 8 kishi halok bo‘ldi. Elchixona ularning orasida O‘zbekiston fuqarolari ham borligi, vafot etganlarning shaxsini aniqlash ishlari olib borilayotganini bildirdi. gazeta.uz »
Yashnobod tumanidagi mebel ishlab chiqarish korxonasida yong‘in 1,5 soatda o‘chirildi. Jarayonga 15 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi va 2 ta suv tashuvchi texnika jalb etildi. gazeta.uz »
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi yong‘in vaqtida o‘zbekistonlik ko‘cha tozalovchisi Olimjon Ibrohimov trubada uchinchi qavatga ko‘tarilib, bir necha kishini qutqarib qoldi. U bir vaqtlar desantchi bo‘lib xizmat qilgani haqida gapirib berdi. gazeta.uz »
Bosh prokuratura Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida sodir bo‘lgan yong‘in bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda. Hodisa oqibatida XIX asrga oid masjid eshigi hamda qadimiy miltiqning qo‘ndog‘i yonib zararlangan. gazeta.uz »
Istanbulda ko‘p qavatli uyning yerto‘lasida joylashgan tungi klubda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi, yana yetti kishi jarohatlandi. Yong‘in ta’mirlash ishlari vaqtida yuz bergan, hozirda uning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda. gazeta.uz »
O‘zbekiston prezidenti yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdorini oshirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bundan tashqari, endi sudlar o‘rniga yong‘in xavfsizligi inspektorlari tadbirkorlar tomonidan yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik haqidagi ishlarni ko‘rib chiqadi. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev yong‘inlar profilaktikasi bo‘yicha qonunni imzoladi. Hujjat bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi talablarini buzish orqali yong‘in chiqishiga sabab bo‘lganlarga alohida ma’muriy javobgarlik belgilash nazarda tutilgan. gazeta.uz »
Oltinko‘l tumanida maktab yonidagi oshxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Uni o‘chirishga 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi. Hodisa oqibatida binoning 85 kvadrat metr tom qismi zararlangan, tan jarohati olganlar bo‘lmagan. gazeta.uz »
Toshkent shahri sobiq “Algoritm” zavodi hududidagi mebel sexida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. U besh soatdan ko‘proq vaqt davomida o‘chirildi. Besh kishi qutqarildi, halok bo‘lganlar yo‘q. gazeta.uz »
Dushanba kuni tongda 174-sonli Mercedes-Benz avtobusining tormoz tizimidagi nosozlik sabab yong‘in sodir bo‘ldi. Shuningdek, 33-sonli Mercedes-Benz avtobusida qisqa tutashuv tufayli yong‘in kelib chiqdi. gazeta.uz »