Ðåçóëüòàòîâ: 1699

MB O‘zbekiston termasining JCH-2026 ga chiqishi munosabati bilan oltin va kumush tangalar chiqaradi

Markaziy bank O‘zbekiston milliy termasi ilk bor futbol bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etishi munosabati bilan esdalik tangalar zarb qildi. 100 ta oltin va 1000 ta kumush tanga chiqariladi. Reversdagi bo‘ri silueti 26 futbolchi tasviridan shakllantirilgan. Savdolar 18-iyundan boshlanadi. gazeta.uz »

2026-6-16 17:35

O‘zbekiston va AQSh Eksimbanki respublika energetika sohasini modernizatsiya qilishni jadallashtirishga kelishib oldi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh Eksimbanki va Xalqaro moliyaviy rivojlanish korporatsiyasi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi. Yakunda tomonlar energetika sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish va investitsiyaviy hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tayyorlashga kelishib oldilar. gazeta.uz »

2026-6-16 15:13

O‘zbekiston Albaniyaning Durres porti orqali Janubiy Yevropa bozorlariga chiqish imkoniyatini o‘rganadi

O‘zbekiston mahsulotlarini Janubiy Yevropa va O‘rta yer dengizi bozorlariga chiqarishda logistika habi sifatida Albaniyaning Durres portidan foydalanish imkoniyatlari o‘rganiladi. Ikki davlat rahbari agrosanoat majmui, “yashil” energetika, geologiya, axborot texnologiyalari va turizm sohalarini muhokama qildi. gazeta.uz »

2026-6-16 12:14

Expo 2025 Osaka ko‘rgazmasidagi O‘zbekiston paviloni 17 ta xalqaro mukofotga ega bo‘ldi

Iyunda O‘zbekistonning Expo 2025 Osaka ko‘rgazmasidagi paviloni Architizer A+ Awards hamda ADC Awards ikkita oltin mukofotiga sazovor bo‘ldi. Pavilon hisobida jami 17 ta professional mukofot mavjud bo‘lib, bu ko‘rsatkich uni milliy pavilonlar ichida eng ko‘p unvonga ega bo‘lganlaridan biriga aylantirdi. gazeta.uz »

2026-6-16 06:58

 òóðåöêîé ïðîâèíöèè Õàòàé îòêðûëè æèëîé êîìïëåêñ «¡çáåêèñòîí ìàõàëëàñè»

 ðàéîíå Àðñóç òóðåöêîé ïðîâèíöèè Õàòàé ñîñòîÿëàñü òîðæåñòâåííàÿ öåðåìîíèÿ îòêðûòèÿ æèëîãî êîìïëåêñà «¡çáåêèñòîí ìàõàëëàñè», ïîñòðîåííîãî ïðè ó÷àñòèè Óçáåêèñòàíà. Íîâûé îáúåêò ñòàë ÷àñòüþ ìàñøòàáíîé ïðîãðàììû âîññòàíîâëåíèÿ ðåãèîíà ïîñëå ðàçðóøèòåëüíîãî çåìëåòðÿñåíèÿ 6 ôåâðàëÿ 2023 ãîäà. nuz.uz »

2026-6-15 11:30

“Bu — standart tartib-qoida”. Kannavaro — O‘zbekiston terma jamoasining tekshiruvdan o‘tkazilgani haqida

O‘zbekiston futbol terma jamoasi murabbiyi Fabio Kannavaro jamoaning tekshiruvdan o‘tkazilgani aks etgan videoga izoh berdi va bu standart xavfsizlik tartib-qoidasi bo‘lganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, sodir bo‘lgan voqeada “hech qanday skandal yo‘q” va “hech qanday noloyiq yoki hurmatsiz munosabat bo‘lmagan”. gazeta.uz »

2026-6-10 21:35

TIV — AQShdagi o‘yin oldidan O‘zbekiston terma jamoasining tekshiruvdan o‘tkazilgani haqida

O‘zbekiston TIV matbuot kotibi Omonulla Fayziyev Gazeta`ga futbol bo‘yicha terma jamoa a’zolari Nyu Yorkdagi o‘yin oldidan tekshiruvdan o‘tkazilgani bo‘yicha izoh berdi. U AQSh rasmiylaridan vaziyat bo‘yicha tushuntirish so‘ralgani, bunday qoidalar sport tadbirlari ruhiga putur yetkazmasligi kerakligini bildirdi. gazeta.uz »

2026-6-10 21:22

O‘zbekiston terma jamoasi AQShda Niderlandiyaga qarshi o‘yin oldidan xavfsizlik tekshiruvidan o‘tkazildi (video)

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari va murabbiylar shtabi Nyu Yorkda Niderlandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan kutilmagan tekshiruvga duch keldi. ESPN lavhalarida jamoa a’zolari qo‘l metallodetektorlari orqali ko‘zdan kechirilayotgani, sumkalarini avtobus yoniga terib qo‘yish so‘ralgani aks etgan. gazeta.uz »

2026-6-10 09:44

O‘zbekiston va Turkiya harbiy tibbiyot sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

Prezident Turkiya bilan harbiy tibbiyot sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi. Unda tibbiyotning qariyb 10 ta yo‘nalishi, jumladan, davolash ishi, stomatologiya va farmatsevtika bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash, shuningdek, harbiy shifokorlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2026-6-9 13:29

“O‘zbekiston global ishbilarmonlar hamjamiyati uchun ishonchli va barqaror mamlakatdir” — prezident

Shavkat Mirziyoyev Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida investorlar nega aynan O‘zbekistonni tanlashi kerakligi haqida gapirdi. U “kompetensiyalar, ishlab chiqarish va ishlanmalarni chuqur mahalliylashtirish”ni ustuvor yo‘nalishlar deb atadi, iqtisodiy o‘sishning bosh mezoni sifatida aholining hayot sifatini ko‘rsatdi. gazeta.uz »

2026-6-6 00:37

“Rossiya O‘zbekiston uchun mintaqadagi shunchaki qo‘shni emas” — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev Peterburgdagi forumda Rossiya “mintaqadagi shunchaki qo‘shni emasligini” aytdi: “U vaqt sinovidan o‘tgan strategik sherik va ittifoqchimizdir”. Shuningdek, u texnologik sanoatlashtirish, raqamlashtirish, inson kapitalini rivojlantirish kabi sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni taklif etdi. gazeta.uz »

2026-6-6 21:12

O‘zbekiston Gonkong bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev Gonkong maxsus ma’muriy hududi rahbari Li Szyachaoni qabul qildi. Unda ta’lim, turizm va ishbilarmonlik almashinuvlarini rivojlantirish hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar va fuqarolarga konsullik xizmatlari ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutuvchi hamkorlik dasturi muhokama qilindi. gazeta.uz »

2026-6-4 13:05

O‘zbekiston YOIIni to‘siqsiz savdo va sanoatni yashil transformatsiya qilishga chaqirdi

Shavkat Mirziyoyev Ostonada o‘tgan Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida YOII bilan hamkorlikning joriy ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tdi. Ular orasida to‘siqsiz savdo uchun yagona raqamli makon, sanoat kooperatsiyasi, sanoatning yashil transformatsiyasi, mehnat mobilligi va turizm kabi masalalar bor. gazeta.uz »

2026-5-29 15:06

O‘zbekiston YeOIIni to‘siqsiz savdo va sanoatni yashil transformatsiya qilishga chaqirdi

Shavkat Mirziyoyev Ostonada o‘tgan Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida YeOII bilan hamkorlikning joriy ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tdi. Ular orasida to‘siqsiz savdo uchun yagona raqamli makon, sanoat kooperatsiyasi, sanoatning yashil transformatsiyasi, mehnat mobilligi va turizm kabi masalalar bor. gazeta.uz »

2026-5-30 15:06