Ðåçóëüòàòîâ: 1699

Hisobotlar — qog‘ozsiz: O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotlarni boshqarishning yangi tizimini yaratyapti

2027-yilga kelib Markaziy bank hisobotlarning to‘liq raqamli va standartlashtirilgan yangi modeliga o‘tadi. MBning loyihalar, jarayon va ma’lumotlarni boshqarish bo‘yicha bosh direktori Go‘zal Rahimova Gazeta`ga loyihaning maqsadi, uning banklar, fintex va mijozlar uchun ahamiyati haqida so‘zlab berdi. gazeta.uz »

2025-11-6 13:44

O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish doirasida Kanada bilan muzokaralarni yakunladi

JSTga a’zo bo‘lish jarayoni doirasida O‘zbekiston Kanada va Panama bilan tovar va xizmatlar bozoriga kirish bo‘yicha muzokaralarni yakunlashga oid protokollarni imzoladi. JST bo‘yicha maxsus vakil Azizbek Urunov jarayonni to‘liq yakunlashda hamon uchta mamlakat qolayotganini aytdi (ular qaysilar ekani noma’lum). gazeta.uz »

2025-11-6 09:12

O‘zbekiston va AQShning G‘arbiy Virjiniya, Michigan va Kaliforniya shtatlari o‘rtasida amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston va AQShning hududlararo aloqalarini, jumladan, G‘arbiy Virjiniya, Michigan va Kaliforniya shtatlari bilan amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali rivojlantirish rejalashtirilmoqda. Shavkat Mirziyoyev va AQSh Kongressi vakillari ishbilarmon doiralarning o‘zaro tashriflarini tashkil etishga kelishib oldi. gazeta.uz »

2025-11-6 06:26

BMT O‘zbekiston va YUNESKOni Samarqanddagi eski mahallaning bir qismi buzilgani va majburiy ko‘chirishlar uchun tanqid qildi

BMT Samarqanddagi Moturidiy maqbarasi ta’miri doirasida Jahon merosi obyekti bo‘lmish mahallaning bir qismi buzilgani, 1200 kishi joyidan ayrilganini aytib, O‘zbekiston va YUNESKOni tanqid qildi. Tashkilot bosim, qo‘rqitish, majburiy ko‘chirish yuz bergani va obyektning ro‘yxatdan o‘chirilish xavfini qayd etdi. gazeta.uz »

2025-11-2 16:31

O‘zbekiston va Finlyandiya Savdoni moliyalashtirish jamg‘armasini tashkil etadi

O‘zbekiston va Finlyandiya prezidentlari muhim minerallar, energetika va mehnat migratsiyasida hamkorlikni muhokama qildi. O‘zbekiston eksporti uchun sertifikatlash laboratoriyalarini ochish, Savdoni moliyalashtirish jamg‘armasini tashkil etish, 2026-yilda hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazishga kelishib olindi. gazeta.uz »

2025-10-31 17:39

Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekiston yetakchisini YUNESKO forumi o‘tkazilgani bilan tabrikladi

Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekiston prezidenti va xalqini YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi Samarqandda o‘tkazilgani bilan tabrikladi. U tadbirni O‘zbekistonning obro‘-e’tibori va MOning madaniy, ma’naviy va gumanitar hamkorlikning muhim markazi sifatida e’tirof etilganidan dalolat deb atadi. gazeta.uz »

2025-10-31 12:08

“O‘zbekiston Sharq va G‘arb o‘rtasida ko‘prik, barchaga ochiq va konstruktiv hamkorlik maydoni bo‘lishga hamisha tayyor” — prezident

Shavkat Mirziyoyev Samarqandda o‘tkazilayotgan YUNESKO sessiyasida so‘zga chiqib, tashkilotning Ayollar liderlik akademiyasi hamda Inklyuziv ta’lim platformasini tashkil etishni taklif etdi. Shuningdek, u globallashuv va iqlim o‘zgarishi sharoitida madaniy merosni saqlash bo‘yicha qaror qabul qilishga chaqirdi. gazeta.uz »

2025-10-30 16:39

O‘zbekiston va YI o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolangani nimani anglatadi?

O‘zbekiston va YIning Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimi Bryusselning MOga qiziqishi ortayotgani fonida yaqinlashish sari qo‘yilgan yana bir qadamdir. Gazeta ekspertlardan munosabatlarning yangi bosqichi ortida nima turgani va hamkorlikda qaysi yo‘nalishlar ustuvor ekanini baholashni so‘radi. gazeta.uz »

2025-10-29 10:42

Îïðåäåëåíû çàäà÷è «O'zbekiston qayta sug'urta kompaniyasi»

Îäíà èç íèõ – îáåñïå÷åíèå êîìïëåêñíîé ïåðåñòðàõîâî÷íîé çàùèòû ïðÿìûõ è ïîðòôåëüíûõ èíâåñòèöèé, ðèñêîâ ïðè ðåàëèçàöèè èíâåñòèöèîííûõ ïðîåêòîâ èíîñòðàííûõ è ìåñòíûõ èíâåñòîðîâ â ýêîíîìèêó ðåñïóáëèêè. norma.uz »

2025-10-29 09:29

O‘zbekiston prezidenti AQSh delegatsiyasi bilan sanoat va muhim minerallar loyihalarini ilgari surish masalalarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor boshchiligidagi Amerika delegatsiyasini qabul qildi. Tomonlar hamkorlikni, jumladan, xavfsizlik, moliya va muhim minerallar sohalarida rivojlashtirish, Vashingtondagi C5+1 sammitiga tayyorgarlikni muhokama qildi. gazeta.uz »

2025-10-27 18:08

O‘zbekiston YI va Panama bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi, uchta davlat qoldi

O‘zbekiston va YI JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi, deb xabar qildi bosh muzokarachi Azizbek Urunov. Muzokaralar kelgusida a’zolik bayonnomasida mustahkamlab qo‘yiladigan tariflar va xizmatlar bo‘yicha imtiyozlar va majburiyatlarni o‘z ichiga oldi. Mamlakat Panama bilan ham kelishuvga erishdi. gazeta.uz »

2025-10-24 17:58

O‘zbekiston va Yevroittifoq KSHHTBni imzolash orqali viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha muzokaralarga yo‘l ochdi

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi zarur shart-sharoitlar mavjud bo‘lgan taqdirda readmissiya va viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha muzokaralar imkoniyatini ko‘rib chiqishi mumkin. Bu haqda Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolangandan so‘ng qabul qilingan qo‘shma bayonotda aytiladi. gazeta.uz »

2025-10-24 15:58

O‘zbekiston va YeI yetakchilari ikki tomonlama munosabatlar strategik darajaga ko‘tarilganini olqishladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta va Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen yangi Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni, shuningdek, viza tartibini soddalashtirish imkoniyatlarini muhokama qildi. gazeta.uz »

2025-10-24 15:51

BAA kompaniyasi O‘zbekiston fuqarolarini taksi haydovchisi sifatida ishga jalb qilishi mumkin

BAAning Dubai Taxi Company PJSC kompaniyasi O‘zbekiston fuqarolarini taksi haydovchisi sifatida ishga jalb qilishi mumkin. Korxona rahbari hamkorlikka tayyorligini bildirdi. Dastlabki bosqichda 200 kishi ishga jalb qilinadi, ular yuqori mehnat samaradorligini ko‘rsatsa, yana 500 o‘zbekistonlik ishga chaqiriladi. gazeta.uz »

2025-10-24 08:23

Markaziy bank raisi — O‘zbekiston bank sektori, so‘m kursi va asosiy stavkaning rolini kuchaytirish haqida

O‘zbekiston moliya tizimi bashorat qilish mumkin bo‘lgan muhitga tomon siljimoqda, Markaziy bank esa asosiy stavkani “bozor uchun aniq va ishonchli signal”ga aylantirish niyatida. Yaqin kelajakda islomiy banking to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish va muddatli to‘lov bozorini tartibga solish rejalashtirilgan. gazeta.uz »

2025-10-23 14:00

Bosh vazir o‘rinbosari: 2025-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 7 foizga o‘sadi, inflyatsiya 8 foizni tashkil qiladi

Global muammolarga qaramay, O‘zbekiston ishonchli iqtisodiy o‘sishni namoyon etmoqda, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov. 2025-yilga borib mamlakat yalpi ichki mahsuloti 7 foizga o‘sishi, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot esa 3500 dollardan oshishi kutilmoqda. gazeta.uz »

2025-10-23 11:12