Ðåçóëüòàòîâ: 1699

Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda O‘zbekiston Bolqondan nimalarni o‘rganishi mumkin? Sobiq prezidentlarning fikrlari

Toshkentda o‘tgan “O‘zbekiston, Ozarbayjon va Yevropa” oliy darajadagi uchrashuvida sobiq davlat rahbarlari va boshqa siyosatchilar to‘plandi. Gazeta Bosniya va Gersegovina va Sloveniya sobiq prezidentlaridan bozor iqtisodiyotiga qanday o‘tilgani va JSTga a’zo bo‘lishda nimadan qochish kerakligi haqida so‘radi. gazeta.uz »

2025-8-22 13:56

O‘zbekiston va Qozog‘iston AES qurilishi uchun maydonlarning seysmik xavfsizligini ko‘rib chiqdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston ikki mamlakatda AES qurilishi uchun potensial maydonlarning seysmik xavfsizligi jihatlarini ko‘rib chiqdi. Bu 18-avgust kuni “O‘zatom” agentligi direktori Azim Axmedxadjayev va Qozog‘iston ekologiya vaziri o‘rinbosari Jomart Aliyev boshchiligidagi uchrashuvda muhokama qilindi. gazeta.uz »

2025-8-19 09:35

O‘zbekiston va Gonkong to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘lovchi va yuk tashish aviareyslarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston va Gonkong muntazam yo‘lovchi va yuk tashish aviareyslarini yo‘lga qo‘yishni va O‘zbekistonda xalqaro aviatsiya akademiyasini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Gonkong kompaniyasi vakili bilan uchrashib, aviatsiya sohasidagi loyihalarni muhokama qildi. gazeta.uz »

2025-8-14 08:33

Qator davlatlarda migrantlarni qurolli harakatlarga yollash ko‘paymoqda — O‘zbekiston Migratsiya agentligi

Migratsiya agentligi qator davlatlarda migrantlarni urushga yollash ko‘payayotganini aytib, o‘zbekistonliklarni bunday mojarolarda ishtirok etish jinoiy javobgarlikka olib kelishidan ogohlantirdi. Yaqinda “Xochu jit” loyihasi yil boshidan beri Rossiya kamida 902 nafar o‘zbekistonlikni urushga yollaganini yozgandi. gazeta.uz »

2025-8-14 06:38

O‘zbekiston Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi tinchlik sulhini olqishlaydi — TIV

O‘zbekiston Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi tinchlik sulhini olqishlashini ma’lum qildi. “Sulhga Ozarbayjon va Armaniston yetakchilarining kuchli siyosiy irodasi va qat’iyati, shuningdek, AQSh prezidentining tinchlikparvar sa’y-harakatlari tufayli erishildi, deb hisoblaymiz”, - deyiladi TIV bayonotida. gazeta.uz »

2025-8-9 15:33

O‘zbekiston oxirgi bir yilda iqtisodiy o‘sish tezlashishi bo‘yicha Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan ortda qoldi

2025-yilning 1-yarmida O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi 2024-yilning mos davriga nisbatan 0,6 foiz bandga tezlashib, 7,2 foizga yetdi. Ayni shu davrda Qirg‘izistonda bu ko‘rsatkich 3,6 foiz bandga (11,7 foizga yetdi), Qozog‘istonda 3 foiz bandga (6,2 foiz), Tojikistonda esa 1,9 foiz bandga (8,1 foiz) tezlashdi. gazeta.uz »

2025-8-6 12:56

O‘zbekiston sun’iy intellektning milliy til modelini yaratmoqda. Bu nima va u qanday bo‘ladi?

O‘zbekistonda sun’iy intellektning milliy til modelini ishlab chiqish boshlandi. Mutaxassislarning fikricha, bu raqamli suverenitetni ta’minlaydi, madaniy o‘ziga xoslikni saqlab qoladi hamda tibbiyot, ta’lim va boshqa sohalarda sun’iy intellektni rivojlantirishga turtki beradi. Batafsil - Gazeta maqolasida. gazeta.uz »

2025-8-6 07:38

“Munosabat bildiramiz”. Zelenskiy Ukrainadagi urushda O‘zbekiston fuqarolarining ishtirokini qayd etdi

Xarkovdagi batalonga borgan Vladimir Zelenskiyga ushbu yo‘nalishdagi urushda Xitoy, Tojikiston, O‘zbekiston, Pokiston va Afrika mamlakatlaridan kelgan yollanma askarlar Rossiya safida jang qilayotgani haqida ma’lumot berildi. “Bunga munosabat bildiramiz”, - dedi prezident. gazeta.uz »

2025-8-5 08:40

O‘zbekiston 8 ta davlatdagi deportatsiya markazlarida saqlanayotgan ayollar va bolalarni qaytaradi

O‘zbekiston AQSh, Janubiy Koreya, Rossiya kabi jami 8 ta davlatdagi deportatsiya markazlarida saqlanayotgan o‘zbekistonlik ayollar va bolalarni qaytaradi. 30-avgustgacha davom etadigan “Vatanga qaytarish” xayriya aksiyasi davomida fuqarolar o‘zlari ham onlayn ariza qoldirishlari mumkin. gazeta.uz »

2025-8-3 10:12

Kamchatkadagi zilzilada jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q — bosh konsulxona

Rossiyaning Kamchatka o‘lkasi qirg‘oqlari yaqinida yuz bergan zilzila oqibatida O‘zbekiston fuqarolari orasida jarohatlangan yoki vafot etganlar yo‘q. Vladivostokdagi bosh konsulxona ushbu hududlarda vaqtincha bo‘lib turgan fuqarolarni FVV ko‘rsatmalariga rioya qilishga va xotirjamlikni saqlashga chaqirdi. gazeta.uz »

2025-7-30 13:05

O‘zbekiston va Airbus havo kemalari parkini modernizatsiya qilish va kengaytirishga kelishib oldi

O‘zbekiston Airbus kompaniyasi bilan mamlakat havo kemalari parkini modernizatsiya qilish va kengaytirishga kelishib oldi. Shuningdek, Toshkent davlat transport universiteti hamda Airbus kompaniyasi o‘rtasida uchuvchilarni tayyorlashga oid maxsus dastur ishlab chiqilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi. gazeta.uz »

2025-7-29 13:04