Ðåçóëüòàòîâ: 1702

Shavkat Mirziyoyev Saudiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston muftiysi bilan gaplashdi (video)

Shavkat Mirziyoyev Haj ziyorati uchun Makkada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga boshchilik qilayotgan Musulmonlar idorasi raisi shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefon orqali gaplashdi. Hojilarimiz O‘zbekistonga qaytgach, tinchlik va ma’naviyatimiz targ‘ibotchilari bo‘ladi degan umiddaman, dedi prezident. gazeta.uz »

2025-5-31 19:52

O‘zbekiston Markaziy Osiyoning Italiya bilan xavfsizlik va iqtisodiyot bo‘yicha hamkorligini kengaytirishga chaqirdi

Prezident “MA-Italiya” sammitida terrorizm va noqonuniy migratsiya bilan kurashda maxsus xizmatlar hamkorligini yo‘lga qo‘yishni taklif qildi. Boshqa tashabbuslar: dekarbonizatsiya bo‘yicha ko‘p tomonlama platforma ishga tushirish, Italiya kompaniyalarini vodorod loyihalari va YeIga yashil energiya eksportiga jalb qilish. gazeta.uz »

2025-5-30 18:22

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston Ustyurt platosida tabiat muhofazasini kuchaytiradi. O‘zi unga qanday tahdid bor?

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston o‘ziga xos ekotizim - Ustyurt platosi tabiatini birgalikda muhofaza qilish bo‘yicha kelishib oldi. 2030-yilgacha mo‘ljallangan yo‘l xaritasi migratsiya yo‘nalishlarini saqlab qolish, monitoringni takomillashtirish va brakonerlikka qarshi kurashni kuchaytirishga yordam beradi. gazeta.uz »

2025-5-30 14:53

O‘zbekiston Italiyaning yetakchi kompaniyalari bilan Texnologik sheriklik dasturini ishga tushiradi

Shavkat Mirziyoyev va Italiya bosh vaziri Jorja Meloni o‘zbek eksportchilarni Yevropa Ittifoqi bozoriga chiqishi uchun o‘qitish, Toshkentda qo‘shma Sertifikatlashtirish markazini tashkil etish, Texnologik sheriklik dasturini yo‘lga qo‘yish va investitsiya fondini tashkil etish imkoniyatlarini muhokama qildi. gazeta.uz »

2025-5-29 12:48

O‘zbekiston Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka chek qo‘yish milliy majburiyatini qabul qildi

O‘zbekiston Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka chek qo‘yish milliy majburiyatini e’lon qildi. Bu haqdagi hujjatlar YUNISEF ijrochi direktori Ketrin Rassel ishtirokida imzolandi. Bolalarga nisbatan shafqatsizlikning oldini olish va javob berish bo‘yicha strategiya va 10 yillik harakatlar rejasi ishlab chiqilmoqda. gazeta.uz »

2025-5-28 19:51

O‘zbekiston va YUNISEF bolalar manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha hamkorlikni davom ettiradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga tashrif buyurgan YUNISEF ijrochi direktori Ketrin Rasselni qabul qildi. Tomonlar bolalarga g‘amxo‘rlik va qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlarini joriy etish, ijtimoiy xizmatlar sifati va ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldi. gazeta.uz »

2025-5-27 16:34

O‘zbekiston terma jamoasining BAA va Qatarga qarshi o‘yin uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining 28-may kuni boshlanadigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi. Jamoa 5-iyun kuni BAA, 10-iyun kuni esa Qatarga qarshi o‘ynaydi va ular orqali jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi mumkin. gazeta.uz »

2025-5-26 12:31

O‘zbekiston va Sloveniya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda

Shavkat Mirziyoyev va Sloveniya bosh vaziri Robert Golob uchrashuvida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 500 mln yevroga yetkazish, migratsiya sohasida ekspertlar guruhini tuzish, ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish rejalari kelishib olindi. gazeta.uz »

2025-5-22 21:42

Termizdan Janubiy dengizlargacha: O‘zbekiston Afg‘onistonni mintaqaviy hamkorlikka qo‘shish niyatida

O‘zbekiston tashabbusi bilan Termizda o‘tkazilgan forumda Markaziy va Janubiy Osiyoni yaqinlashtirish yo‘llari muhokama qilindi. “Termiz muloqoti” qo‘shma loyihalar muhokamasi, shuningdek, Afg‘onistonni mintaqa iqtisodiyotiga jalb qilish va xavfsizlikka jamoaviy yondashuvlarni shakllantirish maydoniga aylandi. gazeta.uz »

2025-5-21 20:16

O‘zbekiston Vengriya bilan ijtimoiy himoya, soliq va hududlarni rivojlantirish sohalarida qonun ijodkorligi bo‘yicha tajriba almashadi

O‘zbekiston prezidenti Vengriya Milliy majlisi spikeri Laslo Kyover bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar, xususan, hududlarni rivojlantirish, ijtimoiy himoya, soliq va raqamlashtirish sohalarida qonun ijodkorligi bo‘yicha tajriba almashishni muhokama qildi. gazeta.uz »

2025-5-20 16:25

O‘zbekiston 1-iyundan Bahrayn, Kuvayt va O‘mon fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etadi

1-iyundan Bahrayn, Kuvayt va O‘mon fuqarolari uchun O‘zbekistonda 30 kunlik vizasiz rejim amal qiladi. Bundan tashqari, har yili noyabr oyining 3-haftasida Xalqaro turizm haftaligi tashkil etiladi. Har oy 2-haftasining shanba va yakshanba kunlari “Oila va jamoa bilan sayohatga chiqish kuni” etib belgilanadi. gazeta.uz »

2025-5-20 07:52

Metro, tramvay va avtoyo‘l liniyasi. Yangi O‘zbekiston bog‘i atrofidagi qurilishdan reportaj

Toshkentda Yangi O‘zbekiston bog‘i va Olimpiya shaharchasini yagona ansamblga birlashtiruvchi salkam 600 metrda yerosti yo‘l o‘tkazgichi qurilmoqda. Loyihaga ko‘ra, qurilish obyektida transport tuguni: bir nuqtada aytoyo‘l, yerosti metro bekati, yerusti tramvay liniyasi bo‘ladi. “Gazeta.uz” obyektdan reportaj tayyorladi. gazeta.uz »

2025-5-18 15:22

Rossiya va Ukraina urushida qatnashgan O‘zbekiston fuqarosining ozodligi 4 yilga cheklandi

Rossiya-Ukraina urushida qatnashib, jang maydonida harbiy istehkom qurish ishlariga jalb etilgan O‘zbekiston fuqarosiga 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. U Rossiyada yashash qoidalarini buzganlikda ayblangan, jazo berilmasligi evaziga Rossiya qurolli kuchlari tarkibiga harbiy xizmat qilishga rozi bo‘lgan. gazeta.uz »

2025-5-16 10:03