Ðåçóëüòàòîâ: 1700

O‘zbekiston harbiy mashg‘ulotlarida yil davomida asosiy e’tibor uchuvchisiz uchish apparatlariga qaratildi

O‘zbekiston yil davomida AQSh, Hindiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston bilan harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Asosiy mavzu uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish bo‘ldi. Qolaversa, Mudofaa vazirligi milliy armiyaning shayligini oshirish uchun qurolli to‘qnashuvlar tahlili olib borilayotganini bildirdi. gazeta.uz »

2024-12-24 21:24

O‘zbekiston aholisining aksariyati korrupsiya haqida xabar berishga tayyor, ammo qo‘rqadi — tadqiqot

BMTTD va boshqa tashkilotlar tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekiston aholisining aksariyati korrupsiya haqida xabar berishga tayyor, ammo o‘zlari uchun salbiy oqibatlardan qo‘rqadi. Ko‘pchilik pora olish va berishni qoralaydi, lekin jamiyatda sifatli xizmat uchun kichik sovg‘alar odatiy hol sifatida qabul qilinadi. gazeta.uz »

2024-12-12 21:01

“O‘zbekiston temir yo‘llari” Xivaga Afrosiyob reyslari yo‘lga qo‘yilishi haqidagi xabarlarni rad etdi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” 7-dekabrdan Xivagacha Afrosiyob qatnovi boshlanishi haqidagi xabarni rad etdi. Biroq bitta poyezd sinovdan o‘tkazilganini tasdiqladi. Avvalroq “O‘TY” rahbari prezidentning yangi yil arafasida Buxoro - Xiva elektrlashtirilgan temir yo‘lini ochish rejalari haqida ma’lum qilgandi. gazeta.uz »

2024-12-4 15:05

“Aylanma 1 mlrd dollardan oshadi”. O‘zbekiston kriptoaktivlarni qabul qilish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchilik qilmoqda

RISE Research tadqiqoti natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston kriptoaktivlarni qabul qilish bo‘yicha global indeksda Markaziy Osiyo va Kavkazda birinchi o‘rinni egallab turibdi. 2023-yili yarim mln fuqaro kriptoaktivlarga egalik qilgan, kriptoindustriyadagi provayderlarning aylanmasi esa mlrd dollardan oshgan. gazeta.uz »

2024-12-3 15:35