Ðåçóëüòàòîâ: 1702

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston Qambarota GES qurilishi va ekspluatatsiyasiga tayyorgarlik bo‘yicha bitim imzoladi

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston Energetika vazirliklari Qambarota GES-1 qurilishi va ekspluatatsiyasi loyihasini amalga oshirishga tayyorgarlik bo‘yicha uch tomonlama bitim imzoladi. Uni qurish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi donorlik qo‘mitasi tuzildi, uning tarkibiga Jahon banki, OTB, YeTTB va boshqalar kiradi. gazeta.uz »

2024-6-11 10:48

O‘zbekiston va Xitoy tashabbusi bilan 10-iyun Sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqot kuni deb e’lon qilindi

BMT Bosh assambleyasi 10-iyunni Xalqaro sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqot kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida Xitoy va O‘zbekiston ishlab chiqqan rezolyutsiyani ma’qulladi. Maqsadlar sivilizatsiyalar xilma-xilligi qadriyatini anglash, muloqot, o‘zaro hurmat va global birdamlikni rivojlantirishdan iborat. gazeta.uz »

2024-6-10 08:04

“Bu tarixiy voqea”. Shavkat Mirziyoyev — Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi bo‘yicha bitim imzolangani haqida

Pekinda Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi bo‘yicha strategik loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi bitim imzolandi. “Bu mamlakatlarimiz o‘rtasida qaror topgan an’anaviy yaqin va ko‘p qirrali hamkorlik rivojidagi chinakam tarixiy voqeadir”, - dedi Shavkat Mirziyoyev ishtirokchilarni tabriklab. gazeta.uz »

2024-6-6 17:48

Íóðîíèéëàð áèëàí ó÷ðàøóâ, “ßíãè ¡çáåêèñòîí” ìàññèâè — Ìèðçè¸åâíèíã Áóõîðîãà òàøðèôè

Áóõîðîëèê íóðîíèéëàð èæòèìîèé äàâëàò òàìîéèëè àñîñèäà æîéëàðäà èíñîí ìàíôààòëàðè òàúìèíëàíà¸òãàíèíè àéòèøäè. ru.sputniknews-uz.com »

2024-6-1 08:20

O‘zbekiston va Rossiya kichik atom elektr stansiyalari qurilishida hamkorlik qilishi mumkin

O‘zbekiston va Rossiya nafaqat yuqori quvvatli AESni, balki kam quvvatli AESlarni (har biri 55 MVt quvvatga ega 6 tagacha energiya bloki) qurishda ham hamkorlik qilishi mumkin. Rossiya hukumati “Rosatom”ga 2018-yildagi hukumatlararo kelishuvga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha protokol imzolashni topshirdi. gazeta.uz »

2024-5-27 14:59

O‘zbekiston banklari valyuta kursining o‘zgaruvchanligini moliya tizimi uchun asosiy xavf deb hisoblamoqda

Markaziy bank tomonidan banklar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, valyuta kursining o‘zgaruvchanligi O‘zbekiston moliya tizimi uchun asosiy tizimli xavf hisoblanadi. Bundan tashqari, inflyatsiyaning tezlashishi, geosiyosiy vaziyatning keskinlashishi va boshqalar ham keltirilgan. gazeta.uz »

2024-5-24 17:33

1,5 mlrd dollar: O‘zbekiston jahon moliya bozorlariga navbatdagi suveren xalqaro obligatsiyalarni chiqardi

O‘zbekistonning umumiy qiymati qariyb 1,5 mlrd dollarga teng navbatdagi suveren xalqaro obligatsiyalari 3 ta valyutada jahon moliya bozorlarida joylashtirildi. Obligatsiyalardan tushgan mablag‘ Davlat budjeti taqchilligini qoplash va Barqaror rivojlanish maqsadlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi. gazeta.uz »

2024-5-22 11:42

Qozog‘iston O‘zbekiston bilan ittifoqchilik to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

Qosim-Jomart Toqayev Qozog‘iston va O‘zbekistonning ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Hujjat siyosiy, savdo-iqtisodiy, tranzit-transport, energetika, fuqaro mudofaasi va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan. gazeta.uz »

2024-5-21 09:51

Senat O‘zbekiston va AQSh Mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi maxfiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi bitimni ma’qulladi

Senat O‘zbekiston va AQSh Mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi maxfiy harbiy ma’lumotlarni himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni ma’qulladi. Hujjat axborot almashinuvi, harbiy-texnik yordam olish va boshqa masalalarni qamrab oladi. gazeta.uz »

2024-5-20 09:35

O‘zbekiston fuqarolari 2023-yilda avvalgi yilga nisbatan 16,7 foiz ko‘proq Shengen vizalarini oldi

Yevrokomissiya ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekiston fuqarolari Shengen vizasini olish uchun 46,5 mingta ariza topshirdi (+17,7 foiz), shundan 38,33 ming nafar murojaatchi ijobiy javob oldi, bu 2022-yilgi ko‘rsatkichdan 16,7 foizga ko‘proq. Shuningdek, rad etilgan arizalar ulushi biroz oshgan. gazeta.uz »

2024-5-17 15:48

Dubai Unlocked surishtiruvi: O‘zbekiston sobiq bosh prokurori o‘g‘lining Dubayda 8 mln dollarlik ko‘chmas mulki bor

Xalqaro jurnalistlar Dubaydagi mulk egalari haqida ma’lumot beruvchi Dubai Unlocked surishtiruvini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Rashitjon Qodirovning o‘g‘li - qidiruvga berilgan Alisherbek Qodirovning umumiy qiymati deyarli 8 mln dollar bo‘lgan 4 ta ofisga egalik qilishi aytilgan. gazeta.uz »

2024-5-16 14:42