Ðåçóëüòàòîâ: 1700

“O‘zbekiston Germaniya va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlik salohiyatini yanada to‘liqroq ro‘yobga chiqarishdan manfaatdor” — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston prezidenti “Markaziy Osiyo - Germaniya” sammitida mintaqa va Germaniya o‘rtasida uzoq muddatli sheriklik konsepsiyasini qabul qilish, Yevropa bilan transport yo‘laklarini rivojlantirish, energetika bo‘yicha muloqotni yo‘lga qo‘yish kabilarni taklif qildi. gazeta.uz »

2024-9-17 12:51

Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar jamoasi Olimpiadada ilk mag‘lubiyatga uchradi, qizlar esa g‘alabali yurishni davom ettirmoqda

Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Budapeshtdagi olimpiadaning to‘rtinchi turida Vetnam terma jamoasidan ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Ayollar jamoasi yuqori baholangan Bolgariya termasini mag‘lub etib, g‘alabali yurishlarini davom ettirmoqda. gazeta.uz »

2024-9-15 12:20

O‘zbekiston va Qozog‘iston havo hududi himoyasi bo‘yicha qo‘shma mashg‘ulot o‘tkazdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston HHK havo hududini himoya qilish bo‘yicha qo‘shma mashg‘ulotlar doirasida havo mudofaasi vositalaridan birgalikda foydalanish, shuningdek, jangovar ekipajlarning qo‘shni Qirg‘iziston va Tojikiston qo‘mondonlik va boshqaruv punktlari bilan o‘zaro hamkorligi tartibini ishlab chiqdi. gazeta.uz »

2024-9-13 18:18

O‘zbekiston 18 davlat bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi

O‘zbekiston JSTga kirish doirasida 18 davlat bilan muzokaralarni yakunladi, ulardan 14 tasi bilan bozorga kirish bo‘yicha muzokaralarni yakunlash to‘g‘risidagi protokollar imzoladi. 12-sentabr kuni Braziliya va Shri-Lanka bilan protokol imzolangan bo‘lsa, 13-sentabr kuni Argentina bilan muzokaralar yakunlandi. gazeta.uz »

2024-9-13 13:04

Toshkentda o‘tgan qo‘shma komissiya yig‘ilishida O‘zbekiston va Rossiya bosh vazirlari nimalarni gaplashdi?

O‘zbekiston Rossiya bilan yaqin va konstruktiv hamkorlikka doim tayyor, dedi bosh vazir Abdulla Aripov qo‘shma komissiya yig‘ilishida. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin polimerlar, fuqaro uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqarishni tashkil etish va temiryo‘l mashinasozligini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar berdi. gazeta.uz »

2024-9-10 08:58