O‘zbekiston martda ham oltin sotish bo‘yicha dunyoda birinchilikni saqlab qoldi
Mart oyida ham O‘zbekiston 11 tonna ko‘rsatkich bilan dunyoda eng ko‘p oltin sotgan mamlakat bo‘ldi. Fevralda 12 tonna qimmatbaho metall sotilgandi. gazeta.uz »
çáåêèñòîí - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
Mart oyida ham O‘zbekiston 11 tonna ko‘rsatkich bilan dunyoda eng ko‘p oltin sotgan mamlakat bo‘ldi. Fevralda 12 tonna qimmatbaho metall sotilgandi. gazeta.uz »
Qatarda o‘tgan futbol bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida Yaponiya yoshlar terma jamoasi O‘zbekiston ustidan g‘alaba qozondi - 1:0. gazeta.uz »
OPEK jamg‘armasi va O‘zbekiston o‘rtasida besh yillik hadli bitim imzolandi, unga ko‘ra, mamlakatning barqaror rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash uchun 500 mln dollar ajratiladi. gazeta.uz »
O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida qo‘shma qo‘mitaning birinchi yig‘ilishi Toshkentda o‘tkazilishi kutilmoqda. Unda O‘zbekiston fuqarolarini Qatarda ish bilan ta’minlash bo‘yicha o‘zaro muzokaralar bo‘lib o‘tadi. gazeta.uz »
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Braziliya va Xitoyda yuz bergan suv toshqinlari munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi. 29-aprel kuni boshlangan yomg‘irlar sababli Braziliyada 29 kishi halok bo‘lgan, 60 kishi bedarak yo‘qolgan. Xitoyda esa yuz minglab aholi evakuatsiya qilingan. gazeta.uz »
Sharqiy Afrikada joylashgan Jibuti O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 149-davlat bo‘ldi. Bu haqdagi hujjat Nyu-Yorkda imzolandi. gazeta.uz »
“Chegara bilmas muxbirlar” tashkilotining matbuot erkinligi reytingida O‘zbekiston 2023-yilgi o‘rnidan 11 pog‘ona pastlab, 180 ta davlat orasida 148-o‘rinni egalladi. Mamlakatda OAV erkinligi bilan bog‘liq vaziyat “murakkab”dan “juda jiddiy” bosqichga o‘tdi. gazeta.uz »
O‘zbekiston prezidenti xorijiy investorlarni qo‘shni Qirg‘iziston va Tojikistonda gidroelektr stansiyalari, shuningdek, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston va O‘zbekiston-Afg‘oniston-Pokiston temiryo‘llarini hamkorlikda qurish loyihalariga qo‘shilishga chaqirdi. gazeta.uz »
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘izistonda qurilishi kutilayotgan Qambarota GES-1 loyihasini “O‘zbekiston uchun strategik ahamiyatga ega” deb atadi. U xalqaro moliya institutlarini ushbu loyihada ishtirok etishga chaqirdi. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev investorlarga hamkorlik imkoniyatlari haqida gapirarkan, mamlakatda 30 dan ortiq noyob metallar konlari mavjudligini alohida ta’kidladi. Prezident O‘zbekiston AQSh va Buyuk Britaniya bilan muhim xomashyo sohasida hamkorlik bo‘yicha kelishuvlar ustida ish olib borayotganini aytdi. gazeta.uz »
Toshkentda o‘tayotgan III xalqaro investitsiya forumida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) bilan “Asakabank”ni xususiylashtirish bo‘yicha bitim imzolandi. Forumda so‘zga chiqqan Shavkat Mirziyoyev xorijiy investorlarni bank va energetika sohalarida ishtirok etishga taklif qildi. gazeta.uz »
Soliq qo‘mitasi “Gazeta. uz” so‘roviga javoban quruvchi tashkilotlar yangi uy-joylarni sotishda shartnomalarda ko‘rsatadigan narxlar bo‘yicha ma’lumotlar bilan bo‘lishdi. Unga ko‘ra, ayrim quruvchilar hujjatlarda har kv. gazeta.uz »
Ìèíñêäà I ¡çáåêèñòîí-Áåëàðóñü ïðîôåññèîíàë òàúëèì ôîðóìè á¢ëèá ¢òäè. ru.sputniknews-uz.com »
O‘zbekiston ikkinchi bor Xalqaro o‘quvchilarni baholash dasturida (PISA) ishtirok etadi. Loyiha yana Jahon banki tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. PISA-2025`ning pilot testlari joriy yilning may oyida bo‘lib o‘tadi. gazeta.uz »
Sud Erondan qaytgan 27 yoshli namanganlik fuqaroni Facebook`da prezident Shavkat Mirziyoyevga nisbatan tuhmat va haqoratli izohlar yozgani uchun 5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda aholining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 77 foizni tashkil etmoqda. 2024-yil yakunigacha ko‘rsatkich 81 foizga yetkazilishi reja qilinmoqda. gazeta.uz »
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-23 Osiyo kubogi yarim finalida Indoneziyani mag‘lub etib, tarixda ilk bor Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma oldi. gazeta.uz »
Slovakiyaning Volkswagen va Volvo kompaniyalari haydovchilik, avtomobil ishlab chiqarish, kabel agregatlarini yig‘ish, montaj, avtomobillarni sinovdan o‘tkazish kabi yo‘nalishlarda O‘zbekistondan ishchilarni taklif etmoqda. Ish haqi 1200−1700 yevrodan boshlanadi. gazeta.uz »
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Saudiya Arabistonini mag‘lub etib, U-23 Osiyo kubogi yarim finaliga chiqdi (statistika, video, foto). gazeta.uz »
O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari yuk mashinalari tranzitini soddalashtirish va ruxsatnoma blankalarini bekor qilishga kelishib oldi. Bu yetkazib berish muddatini qisqartirishi va yuk xavfsizligini oshirishi kutilmoqda. gazeta.uz »
O‘zbekiston 2000-yildan beri ilk marta intellektual mulkning huquqiy muhofazasi bo‘yicha AQSh Savdo vakilligining (USTR) qora ro‘yxatiga kiritilmadi. Bunga mualliflik huquqlari masalasiga “yuqori darajada siyosiy” e’tibor qaratilgani, Bojxona kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar va boshqalar keltirilgan. gazeta.uz »
O‘zbekiston aeroportlarining 21 nafar shifokor va qutqaruvchilar guruhi Belarusda aviatsiya tibbiyoti va avariya-qutqaruv va qidiruv-qutqaruv ishlari bo‘yicha treningda qatnashdi. Ular uchun o‘quv maydonlari va tibbiy simulyatsiya markazida mashg‘ulotlar tashkil etildi. gazeta.uz »
O‘zbekistondan Afg‘onistonga oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan 169 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami yetib bordi. Yordam tarkibidan un, bug‘doy, o‘simlik yog‘i, konservalangan go‘sht mahsulotlari, makaron, shakar va boshqalar o‘rin olgan. gazeta.uz »
Istanbulda vaqtincha yashab, ishlayotgan samarqandlik 53 yoshli erkak ish joyida zinadan yiqilib tushish oqibatida hushini yo‘qotib, voqea joyida vafot etdi. Uning jasadi morgda saqlanmoqda, bosh konsulxona marhumning qarindoshlaridan murojaat qilishni so‘radi. gazeta.uz »
2024-yilning dastlabki uch oyida O‘zbekistonga gaz importi 360 mln dollardan oshdi (martda - 152,9 mln dollar), bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,4 barobar ko‘pdir. Bu davrda “moviy yonilg‘i” eksporti 45,4 mln dollarni tashkil etdi. Yetkazib berishdagi farq 314,8 mln dollar bo‘ldi. gazeta.uz »
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-23 Osiyo kubogi guruh bosqichi 3-turida Vetnamni mag‘lub etib, guruhda birinchi o‘rinni egalladi. Jamoa chorak finalda Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib boradi (video, foto). gazeta.uz »
Gonkongda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 7 ta medalni qo‘lga kiritdi: 1 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza yakkalik dasturida, yana 1 ta bronza aralash jamoaviy yo‘nalishda qo‘lga kiritildi. gazeta.uz »
Energetika vazirligi va JB jamoat binolarining energiya samaradorligini oshirish loyihasini taqdim etdi. Kelgusi besh yilda shifoxonalar, maktablar va bolalar bog‘chalarida termoizolyatsiya, ventilyatsiya, konditsionerlik yaxshilanadi, shuningdek, ko‘mir qozonlari quyosh kollektorini isitish tizimlariga almashtiriladi. gazeta.uz »
Mart oyida O‘zbekiston 1,35 mlrd dollarlik, yil boshidan buyon esa 2,66 mlrd dollarlik oltin eksport qildi. Bu mamlakat umumiy eksportining 41,7 foizini tashkil etadi. gazeta.uz »
Futzal bo‘yicha 2024-yilgi FIFA jahon chempionatiga O‘zbekistonning uch shahri - Toshkent, Buxoro va Andijon mezbonlik qiladi. Markaziy Osiyoda ilk bor o‘tadigan mazkur turnir 14-sentabrda boshlanib, 6-oktabrda tugaydi. gazeta.uz »
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Toshkentga tashrifi davomida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri bilan keng qamrovli sherikchilik to‘g‘risidagi deklaratsiya, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro bog‘liqlik hamda infratuzilma sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumini imzoladi. gazeta.uz »
O‘zbekiston Qozog‘istonning suv toshqinlaridan jabr ko‘rgan hududlari aholisi uchun 15 ta yuk mashinasida gumanitar yordam jo‘natdi. “Gazeta.uz” manbasining xabar berishicha, 10 mlrd so‘mlik 100 tonna yuk yuborilgan. Foto. gazeta.uz »
BAAda yoqqan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida ko‘plab muassasalar, xususan, aeroportlar faoliyati to‘xtatilgandi. Shu sababli 52 nafar O‘zbekiston fuqarosi 1 kun davomida Dubay aeroportining kutish zalida qolib ketdi. gazeta.uz »
Ïðåçèäåíòëàð “Made in Uzbekistan” áðåíäè îñòèäà òàøêèë ýòèëãàí ïàâèëüîí áèëàí òàíèøäèëàð. ru.sputniknews-uz.com »
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonda ketma-ket uchinchi oy avtomobil bozorida faollikning pasayishi kuzatilganini ma’lum qildi. Bozor mart oyi davomida 5,8 foizga qisqardi. Oy davomida faqat yengil elektromobillar segmentida biroz o‘sish qayd etildi. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Dushanbedagi “Ko‘hi Borbad” san’at saroyida ikki davlat san’at ustalari ishtirokidagi “Do‘stlik oqshomi” konsertini birgalikda tomosha qildi. Foto va video. gazeta.uz »
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari muzokaralar yakunida Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘l qo‘ydi. Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega davlat tashrifi doirasida jami 28 ta hujjat imzolandi. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon tor hamda kengaytirilgan doirada uchrashib, hukumatlar oldiga tovar ayirboshlashni 2 mlrd dollarga yetkazish vazifasini qo‘ydi. Transport va tranzit tashish sohasidagi hamkorlik strategik yo‘nalish sifatida ko‘rildi. gazeta.uz »
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida odamlar va kontrabanda tovarlarni qo‘shni davlatga noqonuniy olib o‘tishda foydalanilgan yerosti tunneli aniqlandi. U yerdan o‘tayotgan ikki davlat fuqarolari qo‘lga olindi. gazeta.uz »
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-23 Osiyo kubogi guruh bosqichining ilk uchrashuvida Malayziyani mag‘lub etdi (statistika, video, foto). gazeta.uz »
Sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘izistonda o‘tgan Osiyo chempionatini 2 ta kumush va 5 ta bronza medali bilan yakunladi. gazeta.uz »
NATO xodimlari O‘zbekiston Qurolli kuchlari Kichik mutaxassislar tayyorlash markazi faoliyati bilan tanishdi. Mehmonlar harbiy alyans to‘g‘risida ma’lumot berib, NATOga a’zo davlatlarda serjantlar qanday tayyorlanishi bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etdi. gazeta.uz »
Florensiyadagi Pitti saroyida “Nur va rang” ko‘rgazmasi ochildi. U “O‘zbekiston: sahrodagi avangard” loyihasining bir qismi bo‘lib, Yevropa jamoatchiligini ilk bor Toshkent va Nukus san’at muzeylari kolleksiyalaridagi rus va “sharq” avangard asarlari bilan tanishtirmoqda. gazeta.uz »
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston hukumatlari Norin daryosida Qambarota GES (GES-1) qurilishi bo‘yicha qo‘shma kompaniya tuzadi. Loyiha amalga oshirilgach, stansiyaning aksiyalari va aktivlari Qirg‘iziston mulkiga aylanadi. gazeta.uz »
Moskvadagi qurilish maydonida sodir bo‘lgan ommaviy mushtlashuvda o‘zbekistonlik 10 nafar, tojikistonlik 13 nafar migrant qo‘lga olindi. Janjal qurilish materiallarining noto‘g‘ri taqsimoti sababli kelib chiqqan. gazeta.uz »
O‘zbekiston va Hindiston harbiylari “Do‘stlik” qo‘shma mashg‘ulotlarining beshinchi bosqichini boshladi. Bu yil mashqlar Surxondaryodagi “Termiz” poligonida bo‘lib o‘tmoqda. Jarayon doirasida Hindiston armiyasi shtabi boshlig‘i Manoj Pande O‘zbekistonga keldi. gazeta.uz »
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyat - Eron-Isroil mojarosi keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda ekanini bildirdi. Bu keng ko‘lamli harbiy qarama-qarshiliklarga olib kelishi mumkin, - deyiladi bayonotda. gazeta.uz »
Jahon banki O‘zbekistonda 2024-yilda YAIM o‘sishi prognozini 5,5 foizdan 5,3 foizga qayta ko‘rib chiqdi. JB keltirgan xavf-xatarlar orasida Rossiya va Xitoyda iqtisodiy o‘sish sur’atlarining pasayishi, shuningdek, davlat korxonalari hamda banklarining potensial moliyaviy majburiyatlarining oshishi kiradi. gazeta.uz »
Toshkent shahrida 14-aprel kuni biatlon chempionati doirasida marafon o‘tkazilishi munosabati bilan Yangi O‘zbekiston ko‘chasining katta qismida transportlar harakati soat 6:00 dan 14:00 gacha to‘liq cheklanadi. gazeta.uz »
O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi etib tayinlangan Farrux Tursunov qirol Filipp VI ga ishonch yorliqlarini topshirdi. gazeta.uz »