O‘zbekiston sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatini 7 ta medal bilan tamomladi
Sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘izistonda o‘tgan Osiyo chempionatini 2 ta kumush va 5 ta bronza medali bilan yakunladi. gazeta.uz »
çáåêèñòîí - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
Sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘izistonda o‘tgan Osiyo chempionatini 2 ta kumush va 5 ta bronza medali bilan yakunladi. gazeta.uz »
NATO xodimlari O‘zbekiston Qurolli kuchlari Kichik mutaxassislar tayyorlash markazi faoliyati bilan tanishdi. Mehmonlar harbiy alyans to‘g‘risida ma’lumot berib, NATOga a’zo davlatlarda serjantlar qanday tayyorlanishi bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etdi. gazeta.uz »
Florensiyadagi Pitti saroyida “Nur va rang” ko‘rgazmasi ochildi. U “O‘zbekiston: sahrodagi avangard” loyihasining bir qismi bo‘lib, Yevropa jamoatchiligini ilk bor Toshkent va Nukus san’at muzeylari kolleksiyalaridagi rus va “sharq” avangard asarlari bilan tanishtirmoqda. gazeta.uz »
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston hukumatlari Norin daryosida Qambarota GES (GES-1) qurilishi bo‘yicha qo‘shma kompaniya tuzadi. Loyiha amalga oshirilgach, stansiyaning aksiyalari va aktivlari Qirg‘iziston mulkiga aylanadi. gazeta.uz »
Moskvadagi qurilish maydonida sodir bo‘lgan ommaviy mushtlashuvda o‘zbekistonlik 10 nafar, tojikistonlik 13 nafar migrant qo‘lga olindi. Janjal qurilish materiallarining noto‘g‘ri taqsimoti sababli kelib chiqqan. gazeta.uz »
O‘zbekiston va Hindiston harbiylari “Do‘stlik” qo‘shma mashg‘ulotlarining beshinchi bosqichini boshladi. Bu yil mashqlar Surxondaryodagi “Termiz” poligonida bo‘lib o‘tmoqda. Jarayon doirasida Hindiston armiyasi shtabi boshlig‘i Manoj Pande O‘zbekistonga keldi. gazeta.uz »
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyat - Eron-Isroil mojarosi keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda ekanini bildirdi. Bu keng ko‘lamli harbiy qarama-qarshiliklarga olib kelishi mumkin, - deyiladi bayonotda. gazeta.uz »
Jahon banki O‘zbekistonda 2024-yilda YAIM o‘sishi prognozini 5,5 foizdan 5,3 foizga qayta ko‘rib chiqdi. JB keltirgan xavf-xatarlar orasida Rossiya va Xitoyda iqtisodiy o‘sish sur’atlarining pasayishi, shuningdek, davlat korxonalari hamda banklarining potensial moliyaviy majburiyatlarining oshishi kiradi. gazeta.uz »
Toshkent shahrida 14-aprel kuni biatlon chempionati doirasida marafon o‘tkazilishi munosabati bilan Yangi O‘zbekiston ko‘chasining katta qismida transportlar harakati soat 6:00 dan 14:00 gacha to‘liq cheklanadi. gazeta.uz »
O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi etib tayinlangan Farrux Tursunov qirol Filipp VI ga ishonch yorliqlarini topshirdi. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdog‘an telefon orqali muloqotda bir-birini Ramazon hayiti bayrami bilan qutladi. Davlat rahbarlari “qardosh O‘zbekiston va Turkiya xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq” tilab, ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik masalalarini ham muhokama qildi. gazeta.uz »
2023-yilda UzAuto Motors 4,85 mlrd dollarlik 369,99 ming dona avtomobil ishlab chiqarib, O‘zbekiston avtomobil bozorining 81 foizini egalladi. ADM Jizzakh ulushi 5,5 foizni tashkil etgan, bozorning qolgan ulushi import, jumladan, 291 mln dollarlik 8948 ta BYD avtomobili hissasiga to‘g‘ri keldi. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev Jizzaxning Sharof Rashidov tumanida qurilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massiviga bordi. Loyiha uch bosqichli bo‘lib, ish yakuni 2028-yilga mo‘ljallangan. Prezident bu yil rejalashtirilganiga qo‘shimcha uylar, shuningdek, infratuzilma tarmoqlari va ta’lim muassasalari qurishni jadallashtirishni topshirdi. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart Toqayev Xivada Ichan-qal’a majmuasidagi tarixiy obidalar va Nurillaboy saroyini ziyorat qildi. Shu tariqa Qozog‘iston rahbarining tashrifi yakunlandi, uni aeroportda O‘zbekiston prezidenti kuzatib qo‘ydi. Foto va video. gazeta.uz »
O‘zbekiston va YI o‘rtasida muhim xomashyo sohasida barqaror qiymat zanjirlarini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Bu O‘zbekistonning tog‘-kon sanoatini rivojlantirishga yordam beradi hamda YIga mis va molibden kabi foydali qazilmalarga yo‘l ochish imkoniyatini yaratadi. gazeta.uz »
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalarini muhokama qildi. Bundan tashqari, ular ikki davlat temiryo‘l ma’muriyatlari o‘rtasida qo‘shma korxona tashkil etish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart Toqayev Xivada o‘tgan muzokaralarda transport va energetikada infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish va boshqa masalalar bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shuningdek, ular “Xiva gilamlari” kombinatini ko‘zdan kechirdi. gazeta.uz »
Markaziy Osiyoning to‘rtta davlati va Ozarbayjon iyul oyida Qozog‘iston hududida keng ko‘lamli qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi. gazeta.uz »
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida 2 pog‘ona yuqorilab, 64-o‘rinni egalladi. Osiyoda esa 8-o‘rinni qayd etdi. Reytingni Argentina, Fransiya va Belgiya terma jamoalari boshqarib bormoqda. gazeta.uz »
Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida nosozlik tufayli qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan yuk mashinasi bilan to‘qnashuv oqibatida Toyota mikroavtobusi haydovchisi va uning yetti nafar yo‘lovchisi - O‘zbekiston fuqarolari - halok bo‘ldi. gazeta.uz »
Fevral oyida O‘zbekiston 12 tonna qimmatbaho metall sotgan holda dunyoda eng ko‘p oltin sotuvchiga aylandi. 2023-yilda mamlakat oltin sotish bo‘yicha ikkinchi bo‘lgandi. gazeta.uz »
O‘zbekiston TIV Isroil tomonidan Eronning Suriyadagi konsulligiga qilingan va bir necha kishining o‘limiga sabab bo‘lgan aviazarbani keskin qoraladi. “Xorijiy davlatlarning diplomatik va boshqa vakolatxonalariga hujum qilinishini mutlaqo qabul qilib bo‘lmas holat deb hisoblaymiz”, - deya ta’kidladi vazirlik. gazeta.uz »
Xitoy jamoat xavfsizligi vaziri Van Syaoxun Toshkentda prezident va ichki ishlar vaziri bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvda jamoat xavfsizligini ta’minlash, kadrlar tayyorlash, zamonaviy texnologiyalar joriy etish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va boshqa sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. gazeta.uz »
Rossiyaning Oltoy o‘lkasida O‘zbekiston fuqarosi Moskvadagi “Krokus Siti Holl”da sodir etilgan terakt haqida omma oldida aytgan fikrlari uchun terrorizmni oqlaganlikda ayblanib, qamoqqa olindi. Unga besh yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin. gazeta.uz »
JCH-2026 saralash bosqichi doirasidagi O‘zbekiston - Gonkong o‘yini yakunlanganidan keyin maydonga yugurib chiqqan futbol muxlislari javobgarlikka tortildi. Osiyo futbol konfederatsiyasi holat uchun O‘FAni jarimaga tortdi. gazeta.uz »
Fitch agentligi O‘zbekiston bank sektoridagi o‘sishni qayd etdi - urg‘u ko‘proq bozorga asoslangan yondashuvga ko‘chgan. Ammo tashkilot, shuningdek, chuqur tuzilmaviy zaifliklar va yangi risklar tufayli keyingi yaxshilanishlarga erishish uchun ko‘proq vaqt talab qilinishi mumkin, deb hisoblaydi. gazeta.uz »
O‘zbekiston hukumati 2024-yilda Qozog‘iston orqali Rossiya gazi importini uch baravar oshirishni reja qilmoqda, deb yozmoqda “TASS”. gazeta.uz »
Yil boshidan buyon O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 9,9 mlrd dollarga (+10,5 foiz) yetdi. 2,66 mlrd dollarni tashkil etgan import va eksport o‘rtasidagi farq fevralda 1,3 mlrd dollarlik oltin sotilishi hisobiga biroz qisqardi. gazeta.uz »
“Rosatom” O‘zbekistonda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma yuzasidan muzokaralar “ancha muvaffaqiyatli” kechayotganini ta’kidladi. Korporatsiya rasmiysi mutaxassislar allaqachon AES qurilishi mumkin bo‘lgan maydonni batafsil o‘rganib chiqqani va eng maqbul texnologik yechimlarni aniqlaganini aytdi. gazeta.uz »
O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari JCh-2026 ikkinchi saralash bosqichi javob uchrashuvida Gonkong terma jamoasini mag‘lub etdi. Shu tariqa O‘zbekiston turnirning uchinchi saralash bosqichiga yo‘l oldi (video, foto). gazeta.uz »
O‘zbekiston Yaponiyada o‘tadigan Expo Osaka 2025 Butunjahon ko‘rgazmasida ishtirok etadi. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi milliy pavilon qurilishi boshlanganini ma’lum qildi. Shuningdek, 2024-yilda Tadao Ando loyihasi bo‘yicha Davlat san’at muzeyi uchun yangi bino qurilishi boshlanadi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda ayrim import dorilar yo‘qolib qoldi, kamiga bu preparatlarni markirovkalash davrida kuzatildi. Taqchillik kontrabanda ehtimolini oshirdi. Markirovkalash nega kerak va xavfsiz dori bozorini qanday shakllantirish mumkin - AstraZeneca farmkompaniyasi vakili Aleksey Teteryukning maqolasi shu haqda. gazeta.uz »
O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi Moskva viloyatidagi “Krokus siti holl” binosida ro‘y bergan portlash va otishmada jabrlangan O‘zbekiston fuqarolari haqida ma’lumot kelib tushmaganini ma’lum qildi. gazeta.uz »
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Moskvadagi teraktni qoraladi. “Terrorizmni oqlab bo‘lmaydi, biz begunoh fuqarolarga nisbatan qilingan zo‘ravonlikni bir ovozdan rad etishga chaqiramiz”, - deyiladi bayonotda. gazeta.uz »
Navro‘z bayrami hamda Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasidagi bir nechta o‘tish punktlaridagi rekonstruksiya munosabati bilan odamlar to‘planib, avtomobillar tirbandligi kuzatilmoqda, deya izoh bermoqda Qozog‘iston chegara xizmati. gazeta.uz »
O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari Jahon chempionati-2026 saralash bosqichining 3-tur uchrashuvida Gonkong terma jamoasini mag‘lub etdi (video, foto). Jamoa 7 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. gazeta.uz »
Qirg‘izistonning Andijon bilan chegaradosh hududida 2 ta yashirin yerosti yo‘li aniqlandi. Yo‘laklardan tovar-moddiy boyliklarni bir davlatdan boshqa davlatga olib o‘tishda foydalanilgan. gazeta.uz »
O‘zbekiston davlat banklarini xususiylashtirish yana kechiktirilishi mumkin, dedi Fitch Ratings direktori o‘rinbosari Pavel Kaptel. Ularning sotuvdan oldingi tayyorgarlik ishlari hamon davom etmoqda. gazeta.uz »
O‘zbekiston va Qozog‘iston transchegaraviy suv sarfini o‘lchash uchun bir-biriga hisoblagich o‘rnatadi. Tomonlar ma’lumotlarni onlayn tarzda almashib boradi. Avvalroq O‘zbekiston va Tojikiston chegarasida ham xuddi shu maqsadda gidropostlar o‘rnatilgan edi. gazeta.uz »
Prezident tannarx balandligi, ayrim “uddaburonlar” daromad ortidan quvib, qadoqlashda sifatsiz mahsulot qo‘shib yuborayotgani oqibatida O‘zbekiston mahsulotlari tashqi bozorda liderlikni yo‘qotayotganini aytdi. gazeta.uz »
G‘arbiy Afrikadagi Gambiya davlati O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 148-davlat bo‘ldi. Hukumatlar nomidan tegishli kommyunike ikki davlatning BMTdagi doimiy vakillari tomonidan Nyu-Yorkda imzolandi. gazeta.uz »
Prezident Xitoyning BYD kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda gibrid avtomobillar va elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi. 2024-yilda mayda uzelli yig‘ish usulida ishlab chiqarish quvvatini 50 mingtaga, keyinchalik esa 500 mingtagacha yetkazish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »
Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanets Jahon chempionati va Osiyo kubogi qo‘shma saralash bosqichida Gonkongga qarshi o‘yinni intiqib kutayotgani, o‘zbekistonlik futbolchilar Osiyoning eng yaxshi jamoalariga qarshi kurasha olishi haqida gapirdi. gazeta.uz »
Qirg‘iziston va Qozog‘iston fuqarolariga AQSh 10 yillik viza beradi, ammo O‘zbekiston fuqarolariga beriladigan viza muddati bir yildan oshmaydi. Chetdan bu AQShning adolatsizligidek ko‘rinishi mumkin, ammo, iqtisodchi Behzod Hoshimovning yozishicha, bu masala yechimi AQSh emas, aynan O‘zbekistonning qo‘lida. gazeta.uz »
Prezident Samarqandda bo‘lib o‘tadigan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Tashkiliy qo‘mitaga bosh vazir boshchilik qiladi. O‘zbekistonni xorijda tanitish uchun turli tadbirlar uyushtiriladi, esdalik sovg‘alari chop etiladi va targ‘ibot ishlari olib boriladi. gazeta.uz »
O‘zbekiston BMTning yangi Inson taraqqiyoti indeksida bir pog‘ona pastlab, 193 ta mamlakat ichida 106-o‘rinni oldi. Mamlakat inson taraqqiyoti indeksi yuqori bo‘lgan mamlakatlar toifasida qolmoqda. gazeta.uz »
Germaniyada mingdan ortiq shifoxonada tibbiyot xodimlari yetishmayapti, shuningdek, metallni qayta ishlash, logistika va transportda ishchi kuchiga talab mavjud. O‘zbekiston bu bo‘shliqni to‘ldirishga tayyor. gazeta.uz »
Senat raisi Tanzila Narbayeva BMT minbarida ayollar o‘rtasida, ayniqsa, qishloqlarda STEM ta’limini targ‘ib qilish, hududlarda raqamli tafovutni bartaraf etish va diskriminatsiyaga uchraganlarga huquqiy yordam berish haqida so‘zladi. gazeta.uz »
Ayrim viloyatlarda “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurishda kechikish kuzatilmoqda. Prezident 1-iyulga qadar qurilish ishlarini jadallashtirish va 474 ta uyni foydalanishga topshirish bo‘yicha topshiriq berdi. gazeta.uz »
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kobulda Afg‘oniston muvaqqat hukumati bilan muzokaralar o‘tkazdi. Ular muloqotda Afg‘onistondagi savdo, tranzit, investitsiyalarni rivojlantirish, suv resurslaridan foydalanish sohasidagi hamkorlik va boshqa masalalarga to‘xtaldi (+foto). gazeta.uz »