Bahodir Qurbonov O‘zbekiston DXXning yangi raisi etib tayinlandi
Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlandi. gazeta.uz »
çáåêèñòîí - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlandi. gazeta.uz »
BYD kompaniyasi Toshkentdagi festival doirasida o‘zining avtomobillari ko‘rgazmasi hamda O‘zbekiston bozori uchun yangi modellarini taqdim qildi. Ular 2025-yilda sotuvga chiqishi reja qilinmoqda. Namoyish 25-noyabrgacha davom etadi. Foto. gazeta.uz »
Yil boshidan buyon O‘zbekistonga gaz importi 1,36 mlrd dollarni tashkil etdi, bu 2023-yil 10 oyidagi ko‘rsatkichdan 2,4 baravar ko‘p, deya xabar berdi Statagentlik. “Ko‘k yoqilg‘i” eksporti 540,4 mln dollargacha (+17,9%) oshdi. gazeta.uz »
Jahon bolalar kuni munosabati bilan YUNISEF, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz va bolalar ombudsmani ozodlikdan mahrum etish o‘rniga maslahat, vositachilik va qo‘llab-quvvatlash kabi bolalarga mo‘ljallangan muqobil sudlov choralarini joriy etishga chaqirdi. gazeta.uz »
O‘zbekiston hukumati 2025-yilda 200 mingdan ortiq fuqaroni ish haqi yuqori bo‘lgan mamlakatlarga ishga joylashtirishni rejalashtirmoqda. Bosh vazir Abdulla Aripov kasbiy mahorat va chet tillariga o‘qitish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishini ta’kidladi. gazeta.uz »
Qonunchilik palatasi deputatlari hukumat a’zoligiga 24 nafar nomzodlarni ma’qulladi (to‘liq ro‘yxat). Prezident Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tayinlash to‘g‘risida farmonni imzoladi. gazeta.uz »
O‘zbekiston oktabr oyida 833,4 million dollarlik oltin sotdi. Yil boshidan buyon qimmatbaho metall eksporti hajmi $6,6 mlrddan oshdi. 10 oyda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $54,36 milliardni tashkil etdi. gazeta.uz »
“Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov O‘zbekiston shu darajaga kelishida Shavkat Mirziyoyevning beqiyos o‘rni borligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, prezident siyosiy irodasi bilan O‘zbekiston dunyo miqyosida ishonchli hamkor sifatida tanilgan. gazeta.uz »
Deputat Akmal Saidov Qonunchilik palatasining yangi tarkibidagi birinchi majlisida Shavkat Mirziyoyevni Yangi O‘zbekiston parlamenti me’mori, deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, prezidentning butun faoliyati davomida parlament har doim uning diqqat markazida turadi. gazeta.uz »
Qonunchilik palatasida deputatlar Abdulla Aripov nomzodini O‘zbekiston bosh vaziri lavozimiga ma’qulladi. gazeta.uz »
O‘zbekiston fuqarolarining Qozog‘iston va Tojikiston chegaralarini faqatgina ID karta orqali kesib o‘tishi tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi. Avvalroq shunday tartib Qirg‘iziston bilan joriy etilgandi. gazeta.uz »
O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabul qilinganiga 33 yil to‘ldi. “Gazeta.uz” sana munosabati bilan dunyoning turli shaharlarida yashayotgan bir qator o‘zbekistonliklarning Vatan bayrog‘i bilan tushgan suratlari hamda ularning tilaklarini jamladi. gazeta.uz »
Prezident hokim va kengash raislari vakolatlarining taqsimlanishini xalqning 30 yillik orzusini o‘zida mujassam etgan siyosiy islohot, deb atadi. Shuningdek, hokimlarning yanada ko‘proq vakolatlarini kengashga o‘tkazish, tuman va shaharlarning moliyaviy mustaqilligini oshirish ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »
O‘zbekiston futbolchilari JCh-2026 saralashining oltinchi turida KXDR ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi. Yagona gol Abbosbek Fayzullayev tomonidan kiritilgan bo‘lsa, darvozabon O‘tkir Yusupov yana penalti qaytardi (video, foto, statistika). gazeta.uz »
19-noyabr kuni Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan amaldagi hukumat yangi saylangan Oliy Majlis oldida vakolatlarini zimmasidan soqit qildi. Amaldagi hukumat yangi tarkibdagi Vazirlar Mahkamasi shakllantirilguniga qadar o‘z faoliyatini davom ettirib turadi. gazeta.uz »
Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralashi doirasida KXDRga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Terma jamoa 2015-yildan buyon Shimoliy Koreyaga yutqazmagan va bo‘lajak uchrashuvda ham uch ochko olish niyatida. gazeta.uz »
Futbol bo‘yicha Shimoliy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi Sin Yong Nam O‘zbekistonga qarshi o‘yin uchun alohida strategiyasi borligini ta’kidladi. Uning aytishicha, futbolchilari o‘yinga to‘liq tayyor. gazeta.uz »
O‘zbekiston va uning xalqi sha’nini, qadr-qimmatini yoki tarixini tahqirlovchi ommaviy chiqishlar qilgan yoxud harakatlar sodir etgan chet el fuqarosi mamlakat hududiga kiritilmaydi. “O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi nomaqbul deb topilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ro‘yxati” yuritiladi. gazeta.uz »
Diplomatlar va jamoat tashkilotlari xolavachchasi ish topib berishini aytib, Turkiyaga chaqirgan 20 yoshli O‘zbekiston fuqarosining uyiga qaytishiga ko‘maklashdi. Qizni fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qilishgan. Mahalliy politsiya uyushgan jinoiy guruhni qo‘lga oldi. gazeta.uz »
O‘zbekiston o‘qituvchilarining malakasini oshirish tizimiga neyrotarmoqlar va Python dasturlash tili asoslarini o‘rganish imkoniyati qo‘shildi. Informatika o‘qituvchilari uchun bepul kurslar Yandex mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. gazeta.uz »
O‘zbekiston Osiyo-Tinch okeani mintaqasida transchegaraviy qog‘ozsiz savdoni soddalashtirish to‘g‘risidagi bitimga qo‘shildi. Hujjat elektron savdo hujjatlarini o‘zaro tan olishga ko‘maklashadi. Bu hamkor davlatlar bilan eksport-import operatsiyalarini tezlashtirish imkonini beradi, deb kutilmoqda. gazeta.uz »
O‘zbekiston futbolchilari JCh-2026 saralashi bahsida Qatarga imkoniyatni boy berdi. Jamoa ikkinchi bo‘limda Abbosbek Fayzullayevning dubli evaziga hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lgandi, biroq qatarliklar o‘yinning so‘nggi soniyalarida g‘alaba to‘pini kiritdi (video). gazeta.uz »
Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida “Ipak yo‘li” temiryo‘l sayohati turi yo‘lga qo‘yiladi. “Olmaota - Turkiston - Toshkent - Olmaota” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi reys 2024-yil 16-noyabr kuni yo‘lga chiqadi. gazeta.uz »
Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralashi doirasida Qatarga qarshi safarda o‘ynaydi. Terma jamoa yordamchi murabbiyi yutqazmaslikni yaxshi natija deb hisoblash mumkinligini aytdi. Qatar bosh murabbiyi esa o‘z futbolchilaridan “200 foiz kuch berib, O‘zbekistonga o‘z uslubini o‘tkazishni” so‘radi. gazeta.uz »
COP29 sammiti doirasida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon rahbarlari “yashil” energiyani rivojlantirish va uzatish sohasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. gazeta.uz »
O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy xizmatchilari “Xanjar-2024” taktik o‘quv mashg‘ulotlarida turli jangovar qurollardan otish va shartli aholi punktida jang olib borish harakatlarini mashq qiladi. gazeta.uz »
O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy xizmatchilari “Hanjar-2024” taktik o‘quv mashg‘ulotlarida turli jangovar qurollardan otish va shartli aholi punktida jang olib borish harakatlarini mashq qiladi. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev arab-islom sammitida Falastin mojarosida harbiy harakatlarni to‘xtatish va xavfsiz gumanitar yo‘laklarni ta’minlash BMTning doimiy e’tiborida bo‘lishi kerakligini ta’kidladi va mamlakat urushdan jabr ko‘rgan falastinlik bolalar va ayollarni davolash uchun qabul qilishga tayyorligini bildirdi. gazeta.uz »
Kengashlarning yangi saylangan deputatlari saylovdan so‘ng O‘zbekistonning viloyat, tuman va shaharlarida amaldagi hokimlarni qayta tasdiqladi. Viloyat hokimlari kengash rahbari lavozimini tark etdi. gazeta.uz »
Rossiyaning Penza viloyatida O‘zbekiston fuqarolari YTHga uchrab, 3 kishi halok bo‘ldi. Shundan 1 kishi o‘zbekistonlik, 2 kishining esa O‘zbekiston fuqaroligiga mansubligi aniqlanmoqda. Shuningdek, 2 fuqaro jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi. gazeta.uz »
Íîÿáðü-äåêàáðü îéëàðèäà ¡çáåêèñòîí âà Íîâîñèáèðñê âèëîÿòè èøáèëàðìîí äîèðàëàðè âàêèëëàðè èøòèðîêèäà áèçíåñ-ôîðóì ¢òêàçèëàäè. ru.sputniknews-uz.com »
Chernogoriyada boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlandi, unda O‘zbekiston terma jamoasi 13 medalni qo‘lga kiritdi. Erkaklar jamoasi umumjamoa hisobida 9 ta sovrin bilan birinchi o‘rinni egalladi, qizlar 4 ta medal oldi. gazeta.uz »
Sud 51 yoshli o‘zbekistonlikni Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida ishtirok etgani uchun besh yilga ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqardi. U advokat Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolashni taklif qilganini aytdi. gazeta.uz »
O‘zbekiston va CNNC kompaniyasi O‘zbekistonda Xitoyning kichik modulli yadroviy reaktorlaridan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganadi. Ikki davlat delegatsiyalari uran rudasini qazib olish quvvatlarini kengaytirish, uni qayta ishlash va keyinchalik yoqilg‘idan AESlarda foydalanish masalalarini ham muhokama qildi. gazeta.uz »
O‘zbekiston, Qozog‘iston, Gvatemala va Laos mamlakatdari Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi va IBA o‘rtasidagi mojaroli munosabatlar fonida tashkil etilgan World Boxing xalqaro tashkiloti a’zosi bo‘ldi. World Boxing rahbari O‘zbekiston va Qozog‘istonning tashkilotga qo‘shilishi katta o‘zgarish bo‘lganini aytdi. gazeta.uz »
O‘zgidromet O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib kelishini ma’lum qildi. Havo harorati ba’zi joylarda -3 darajagacha pasayadi. Ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, tog‘larda qorga aylanadi. Hududlarni suv bosishi mumkin. gazeta.uz »
O‘zbekiston AQSh bilan Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Prezidentning JST bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunovning aytishicha, muzokaralar 14 oy davom etgan. gazeta.uz »
Qarshining “Nasaf” klubi futbol bo‘yicha 2024-yilgi O‘zbekiston chempioni bo‘ldi. Jamoa ushbu muvaffaqiyatni Superliga bahslari yakuniga yetishiga uch tur qolganida, 1-noyabr kuni safarda “Lokomotiv"ni mag‘lub etib, rasmiylashtirdi. gazeta.uz »
“Nasaf” O‘zbekiston Superligasida Toshkentning “Lokomotiv” jamoasini safarda 1:0 hisobida mag‘lub etib, chempionat yakunlanishiga uch tur qolganida musobaqa g‘olibligini rasmiylashtirdi. gazeta.uz »
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tamaki mahsulotlarining O‘zbekiston orqali tranzitini amalga oshirish uchun yangi talablar joriy etildi. gazeta.uz »
Ekoturizm deganda jahon amaliyotida atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lib, tabiat qo‘ynida dam olish tushuniladi. Chetda ekoturizm qanday rivojlantirilyapti, bu borada kim ilg‘or, O‘zbekistonda uni qanday yo‘lga qo‘yish mumkin - Atlas konsalting kompaniyasining “Gazeta.uz” uchun maxsus sharhi shu haqda. gazeta.uz »
O‘zbekiston jamoasi ijtimoiy loyiha ustida ishlash doirasida TechWomen dasturida g‘alaba qozondi. Bu 9 yillik ishtirok davomidagi ilk g‘alaba hisoblanadi. gazeta.uz »
To‘qqiz oy yakuniga ko‘ra, aholining real daromadlari 7,7 foizga o‘sdi, bu 2023-yilning shu davridagi ko‘rsatkichdan yuqori. Aholi jon boshiga umumiy daromadlar 15,5 foizga (inflyatsiyani hisobga olgan holda - 5,5 foizga) o‘sib, 17,4 mln so‘mni tashkil etdi. gazeta.uz »
Kanadada o‘tgan figurali uchish bo‘yicha Gran-pri turnirida O‘zbekiston nomidan qatnashgan Yekaterina Geynish va Dmitriy Chigirev juftligi mamlakat tarixida ilk bor sovrindor bo‘ldi. Ular erkin dasturdagi ijrosi uchun hammadan ko‘p ball oldi. gazeta.uz »
O‘zbekiston prezidenti Toshkent shahridagi “Alisher Navoiy” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida deputatlar saylovida oila a’zolari bilan ovoz berdi. gazeta.uz »
Migratsiya agentligi Qozog‘istonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini yaqin haftalarda kuzatiladigan noqulay ob-havodan ogohlantirdi. Agentlik yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmaslikni so‘radi. gazeta.uz »
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlati maqomini oldi. Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahrom A’loyevga ko‘ra, mamlakat kelajakda BRIKSdagi faoliyatini qadamma-qadam chuqurlashtirishga harakat qilib, unga a’zo davlatlar bilan hamkorlikni tubdan rivojlantiradi. gazeta.uz »
Tadqiqotchilar guruhi bir paytlar Ipak yo‘li o‘tgan O‘zbekiston tog‘larida ikkita o‘rta asr shahrining qoldiqlarini aniqladi. Ular dengiz sathidan 2000 metrdan ham balandroq joyda joylashgan bo‘lib, olimlarning taxminiga ko‘ra, temir rudasi qazib olish maqsadida bunyod etilgan. gazeta.uz »
Xalqaro NASA Space Apps Challenge 2024 xakatonida O‘zbekistondan 35 jamoa qatnashdi. Global bosqichga yo‘l olgan uch jamoa endi o‘z loyihalari bilan bosh mukofot - NASA (AQSh)ning tadqiqot markaziga sayohat uchun kurash olib boradi. gazeta.uz »
Qozondagi BRIKS sammiti davomida 13 ta davlat birlashmaning hamkor davlatlari maqomini oldi. Ular qatorida O‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston va Belarus bor. gazeta.uz »