Ðåçóëüòàòîâ: 1699

Toshkent modernizmi Venetsiyadagi arxitektura biyennalesida O‘zbekiston milliy paviloni mavzusi bo‘ladi

O‘zbekiston 19-Venetsiya arxitektura biyennalesida o‘z pavilonini taqdim etadi. U “Materiya kabi nur” nomini oldi. Pavilon kuratorlari - GRACE arxitektura studiyasi - mamlakat modernistik merosi, xususan, “Quyosh” geliokompleksining ilmiy va madaniy ahamiyatini o‘rganmoqda. gazeta.uz »

2025-2-24 20:40

O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston 2031-yilgi Osiyo kubogiga birgalikda mezbonlik qilmoqchi

O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston OFKga futbol bo‘yicha 2031-yilgi Osiyo kubogini birgalikda o‘tkazish bo‘yicha nomzodlik taklifini yubordi. “Bugungi kunda qo‘shni mamlakatlar bilan birga O‘zbekiston ham nufuzli musobaqani qabul qilishga har tomonlama tayyor”, - deyiladi O‘FA xabarida. gazeta.uz »

2025-2-24 16:18

“Jamoa penaltilarni ko‘p mashq qilgandi”. O‘zbekiston U-20 terma jamoasi murabbiyi — Osiyo Kubogidan chiqib ketish haqida

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi penaltilar seriyasida Koreyaga yutqazib, Osiyo Kubogini tark etdi. Murabbiyning fikricha, agar raqib yengib o‘tilganda, jamoa yana chempion bo‘lishi mumkin edi. Uning aytishicha, futbolchilar penaltini ko‘p mashq qilgan, “biroq futbolda doim ham hamma narsa rejadagidek bo‘lavermaydi”. gazeta.uz »

2025-2-24 11:24

“Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish uchun yer uchastkasini ijaraga olgan yuridik shaxslar 1 yilga yer solig‘idan ozod qilinadi

“Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish uchun yer uchastkasini ijaraga olgan yuridik shaxslar 12 oy davomida ushbu yer uchastkasi bo‘yicha yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi. 2025-yil 1-martdan “Yangi O‘zbekiston” massivlari uchun yangi hududlar urbanizatsiya tamoyillariga muvofiq tanlanadi. gazeta.uz »

2025-2-24 07:56

“O‘zbekiston aholisini ichimlik suvi bilan 100 foiz ta’minlashning imkoni yo‘q” — “O‘zsuvta’minot”

“O‘zsuvta’minot”ga ko‘ra, aholini ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlash imkonsiz. Ammo 2035-yilgacha bu ko‘rsatkichni 95 foizga yetkazish reja qilingan. “Qolgan 5 foizi olis va tog‘li, tarmoq tortish ishlari texnik va iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlamaydigan hududlarga to‘g‘ri keladi”, - dedi tashkilot vakili. gazeta.uz »

2025-2-15 10:44

O‘zbekiston turizm salohiyati targ‘ibotida Ispaniyaning “Atletiko” futbol klubi bilan hamkorlik qilishi mumkin

Madridning “Atletiko” futbol klubi O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini xalqaro maydonda targ‘ib qilishga ko‘maklashishi kutilmoqda. Turizm qo‘mitasi raisi Ispaniyaga tashrifi davomida klub mutasaddilari bilan uchrashdi va qo‘shma marketing hamda reklama kampaniyalarini o‘tkazish imkoniyatlarini muhokama qildi. gazeta.uz »

2025-2-10 17:18

Foto: Toshkentda O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma ochildi

Toshkent Fotosuratlar uyida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi. Namoyishga 70 ga yaqin fotosuratga qo‘yilgan bo‘lib, ularning aksariyati muallifi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, fotorassom Abdug‘ani Jumadir. Ko‘rgazma 12-fevralgacha davom etadi. gazeta.uz »

2025-2-10 07:49

SI, raqamlashtirish, “aqlli” shaharlar: O‘zbekiston va Malayziya hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi

O‘zbekiston prezidentining Malayziyaga tashrifi chog‘ida ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat sohalarida hamkorlik bo‘yicha bitimlar imzolandi. Tashqi ishlar vazirining ta’kidlashicha, sun’iy intellekt, raqamlashtirish, “yashil” energetika, “aqlli” shaharlar iqtisodiy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-2-5 18:14

Franklin Templeton O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi aktivlarini boshqaradi

O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi AQShning aktivlarni boshqarish yo‘nalishida faoliyat yurituvchi Franklin Templeton kompaniyasi bilan ishonchli boshqaruv shartnomasini imzoladi. Kompaniya jamg‘armaga o‘tishi kutilayotgan 18 ta davlat koxonasi va banki aksiyalaridan iborat investitsion portfelni boshqaradi. gazeta.uz »

2025-2-3 14:33

O‘zbekiston YOIIning bojxona tranziti yagona tizimiga qo‘shilish masalasini ko‘rib chiqmoqda — bosh vazir

O‘zbekiston yuk tashishni soddalashtirish uchun Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YOII) va uchinchi mamlakatlarning bojxona tranziti yagona tizimiga qo‘shilishi mumkin, dedi bosh vazir Abdulla Aripov. Shuningdek, u savdo to‘siqlarini o‘zaro bartaraf etish bo‘yicha kelishuv ishlab chiqishni boshlashni taklif qildi. gazeta.uz »

2025-2-1 23:02