
2025-1-31 08:46 |
Qirg‘iziston va O‘zbekiston mahkumlarni bir-biriga topshiradi. Hozirda O‘zbekistonda 42 nafar Qirg‘iziston fuqarosi, qo‘shni mamlakatda esa 97 nafar o‘zbekistonlik jazo o‘tamoqda.
Ďîäđîáíĺĺ ÷čňŕéňĺ íŕ gazeta.uz ...

2025-1-31 08:46 |
Qirg‘iziston va O‘zbekiston mahkumlarni bir-biriga topshiradi. Hozirda O‘zbekistonda 42 nafar Qirg‘iziston fuqarosi, qo‘shni mamlakatda esa 97 nafar o‘zbekistonlik jazo o‘tamoqda.
Ďîäđîáíĺĺ ÷čňŕéňĺ íŕ gazeta.uz ...
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi sobiq rahbari Qamchibek Tashiyev ikkita jinoyat ishi bo‘yicha guvoh sifatida so‘roq qilinmoqda. Boshqa tafsilotlar hozircha noma’lum. Bir oy avval Sadir Japarov Tashiyevni ishdan bo‘shatish qarorini jamiyatdagi bo‘linishning oldini olish istagi bilan izohlagandi. gazeta.uz »
2026-03-19 11:00
Qirg‘iziston Konstitutsiyaviy sudi Konstitutsiyaning yangi tahriri qabul qilingani sababli muddatidan oldin saylovlar o‘tkazish uchun asoslar yo‘qligi haqida qaror chiqardi. Ta’kidlanishicha, amaldagi prezident Sadir Japarovning vakolat muddati muddatidan oldin tugatilmagan. gazeta.uz »
2026-02-17 19:57
Qirg‘iziston parlamenti spikeri Nurlanbek Turgunbek uulu iste’foga chiqishini e’lon qildi. Unga ko‘ra, u bunday qarorni “bahs va shubhalarga o‘rin qolmasligi uchun” qabul qilgan. Turgunbek uulu lavozimini tark etishi haqidagi xabarlar MXDQ rahbari Qamchibek Tashiyev ishdan bo‘shatilganidan keyin paydo bo‘lgandi. gazeta.uz »
2026-02-12 13:57
Sadir Japarov Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) raisi Qamchibek Tashiyevning vakolatlarini muddatidan oldin tugatish bo‘yicha farmon imzoladi. Jumgalbek Shabdanbekov MXDQ raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Tashiyev bu lavozimni 2020-yilda egallagan. gazeta.uz »
2026-02-10 13:55
Qirg‘iziston Konstitutsiyaviy sudi o‘lim jazosini qaytarishni huquqiy jihatdan mumkin emas va nomaqbul deb topdi. Organ prezidentning bolalarni zo‘rlash, zo‘rlash bilan bog‘liq qotillik uchun o‘lim jazosini qo‘llashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi taqdimnomasiga shunday xulosa berdi. gazeta.uz »
2025-12-11 11:50
Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekiston prezidenti va xalqini YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi Samarqandda o‘tkazilgani bilan tabrikladi. U tadbirni O‘zbekistonning obro‘-e’tibori va MOning madaniy, ma’naviy va gumanitar hamkorlikning muhim markazi sifatida e’tirof etilganidan dalolat deb atadi. gazeta.uz »
2025-10-31 12:08
Qirg‘iziston TIV Yevropa Ittifoqini sanksiyalar bo‘yicha mustaqil tekshiruv o‘tkazishga chaqirdi. Mamlakat, shuningdek, bir kun avval YI cheklovlari ostiga tushgan qirg‘iz banklari tomonidan sanksiyalarni chetlab o‘tish faktlarini tasdiqlashni so‘ramoqda. gazeta.uz »
2025-10-24 16:22
Sadir Japarov Qirg‘izistonda bolalar va ayollarga qarshi jinoyatlar uchun o‘lim jazosini qaytarishni taklif qildi. Bu 17 yoshli maktab o‘quvchisining zo‘rlanishi va o‘ldirilishi bilan bog‘liq shov-shuvli ishdan keyin ro‘y bo‘ldi. gazeta.uz »
2025-10-03 14:56
Qirg‘iziston deputatlari muddatidan oldin iste’fo berishga qaror qildi - mamlakatda yangi parlament saylovlari bo‘ladi. Qarshi ovozlar qayd etilmadi. Parlament spikeriga ko‘ra, qaror tashqi bosimsiz qabul qilindi. gazeta.uz »
2025-09-25 13:30
Sadir Japarov Qirg‘izistonda tibbiyot sohasida mutaxassislar tayyorlashda davlat monopoliyasini joriy etishga oid farmon imzoladi. Unda xususiy tibbiy o‘quv yurtlari soni o‘sayotgani, ammo aksariyati zarur klinik bazaga ega emasligi aytilgan. gazeta.uz »
2025-08-28 19:06
Qirg‘iziston va O‘zbekiston pensiya stajini o‘zaro tan olish bo‘yicha kelishib oldi. Bu pensionerlar ushbu mamlakatlarning qay birida yashagani va ishlaganidan qat’i nazar, to‘lovlarni hisoblashda staj hisobga olinishini anglatadi. gazeta.uz »
2025-08-16 05:38
Qirg‘iziston hukumati O‘sh viloyatidagi qirg‘iz-o‘zbek chegarasida O‘zbekiston tomonidan berilgan ikkita yirik yer uchastkasini davlat mulkiga qabul qilishni tasdiqladi. gazeta.uz »
2025-07-02 10:30
Moskvadagi “Bodrost” hammomida politsiya reyd o‘tkazib, 60 ga yaqin Qirg‘iziston fuqarosini ommaviy hibsga olgani va kuch ishlatgani aytilmoqda. Qirg‘iziston TIV bunday choralar sababini tushuntirishni va, “asossiz bo‘lgan taqdirda”, javob berishni so‘rab, Rossiya elchisiga nota topshirdi. gazeta.uz »
2025-04-14 13:52
Qirg‘iziston parlamenti deputati Dastan Bekeshev qirg‘izistonliklar avtomobillarining oynalari qoraytirilgan bo‘lsa, O‘zbekiston orqali o‘tishda 15 dollar to‘lashga majbur bo‘layotganini bildirdi. U javob choralarini ko‘rishni yoki yig‘imni bekor qilishni taklif etdi. TIV rahbari masalani o‘rganishni va’da qildi. gazeta.uz »
2025-04-02 20:32
Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyo mamlakatlariga bir-birlari uchun vizasiz rejim va xorijliklar uchun mintaqaning yagona vizasini joriy etishni taklif qildi. Silk Road viza loyihasi O‘zbekiston va Qozog‘istonda 2018-yildan beri muhokama qilinmoqda, biroq hozircha amalga oshirilmagan. gazeta.uz »
2025-03-14 17:28
Qirg‘iziston va Tojikiston prezidentlari mamlakatlar o‘rtasidagi davlat chegarasi to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi. Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida 2021-yildan beri yopilgan ikkita nazorat-o‘tkazish punkti faoliyati qayta tiklandi. gazeta.uz »
2025-03-13 12:01
Qirg‘iziston hukumati 2030-yilgacha milliy rivojlanish dasturi doirasida Botken - Qo‘qon temiryo‘li va Chotqol - Toshkent muqobil avtomobil yo‘lini qurishni rejalashtirmoqda. gazeta.uz »
2025-03-10 14:21
Qirg‘iziston Transport vazirligi O‘zbekiston bilan chegaradagi uchta nazorat-o‘tkazish punktida yuk mashinalari ustidan transport nazoratini joriy etishni taklif qildi. Qayd etilishicha, bunday nazorat yo‘q punktlarda xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risidagi davlatlararo bitimlar normalari buzilmoqda. gazeta.uz »
2025-02-21 21:00
Bishkekda Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida umumiy chegarani delimitatsiya qilish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Hujjatlarni endi ikki mamlakat rahbarlari imzolashi kerak. Hududda ilgari mahalliy aholi, shuningdek, chegarachilar o‘rtasida bir necha bor qonli to‘qnashuvlar kelib chiqqan. gazeta.uz »
2025-02-21 16:38
Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi va prezident administratsiyasi rahbari Akilbek Japarov “boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga ko‘ra” lavozimidan ozod etildi. Japarovning vazifalarini vaqtincha bajarish Adilbek Kasimaliyevga yuklatildi. gazeta.uz »
2024-12-16 10:10
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov “Sukunat to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Hujjat aholini me’yordan ortiq tovush bosimi va shovqinning zararli ta’siridan muhofaza qilish maqsadida qabul qilingan. gazeta.uz »
2024-12-09 13:43
Qirg‘iziston va Tojikiston hukumatlari umumiy davlat chegarasini to‘liq tavsiflashni yakunladi. Qirg‘iziston MXDQ raisi bir necha oydan so‘ng masala “butunlay hal bo‘lishini” ta’kidladi. gazeta.uz »
2024-12-04 17:49
Qirg‘iziston YOIIdan tashqariga ko‘mir eksportiga olti oylik taqiq joriy qildi. Cheklov “O‘zkimyoimpeks” 2023-yilda ko‘mirni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazish bo‘yicha kelishuvga erishgan “Qirg‘izko‘mur"ga ta’sir qilmaydi. gazeta.uz »
2024-11-22 20:28
Qirg‘izistonda go‘sht narxining keskin ko‘tarilishi ushbu mahsulotlarning O‘zbekistonga eksporti ortishi bilan bog‘landi. Shu sababli mamlakatda go‘sht eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy etildi. O‘zbekiston ichki bozorda narxi o‘sishi fonida go‘sht mahsulotlari importini oshirgandi. gazeta.uz »
2024-10-02 18:47
Qirg‘iziston TIV “mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlash va muloqotni davom ettirish” maqsadida “Tolibon”ni taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqardi. Mamlakat Afg‘onistonda hamda butun mintaqada tinch muhitni ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash tarafdoriligini bildirdi. gazeta.uz »
2024-09-08 07:48
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov MO davlatlari rahbarlari sammitida mintaqada suv-energetika sohasidagi hamkorlikning iqtisodiy mexanizmini joriy etish, shuningdek, MO davlatlari orqali yangi multimodal yo‘nalishlar va transport yo‘laklarini yaratish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni taklif qildi. gazeta.uz »
2024-08-09 17:12
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi “Salimboy” nomi bilan tanilgan o‘zbekistonlik Salim Abduvaliyevni qidiruvga berdi. U uyushgan jinoiy guruh faoliyatini moliyalashtirishda gumonlanmoqda. gazeta.uz »
2024-08-06 14:29
O‘zbekistonga ikki kunlik davlat tashrifi bilan kelgan Qirg‘iziston prezidenti va uning rafiqasini Toshkent xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi kutib oldi. Foto. gazeta.uz »
2024-07-18 10:55
Qirg‘iziston parlamenti elektron sigaretalarni olib kirish, sotish va foydalanishni taqiqlovchi qonun loyihasini ma’qulladi. Qonunbuzarlik ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. gazeta.uz »
2024-06-27 20:42
Qirg‘iziston va Yevropa Ittifoqi kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Bu, tomonlar ta’kidlaganidek, hamkorlikni kengaytirish uchun “yangi huquqiy asos” bo‘ladi. gazeta.uz »
2024-06-26 12:58
Namangan, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida qo‘shni mamlakatlardan olib kelingan giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi. Ulardan jami 11,2 kg giyohvandlik vositasi musodara qilindi. gazeta.uz »
2024-04-06 11:52
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunga ularni “xorijiy vakillar” deb e’lon qilishga ruxsat beruvchi o‘zgartirishlarni imzoladi. U qonun “mamlakatga foyda keltirishi”ni aytdi va bunday tashkilotlar “ta’qib qilinmasligiga” va’da berdi. gazeta.uz »
2024-04-02 13:37
Qirg‘iziston maxsus xizmatlari bojxona xizmati rahbarining sobiq o‘rinbosari Rayimbek Matraimovni jinoiy daromadlarni legallashtirishda gumonlab qo‘lga oldi. Sobiq amaldor Bokudan Bishkekka ekstraditsiya qilindi. gazeta.uz »
2024-03-28 08:33
Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaga borish uchun uzrli sabablari bo‘lmagan mamlakat fuqarolariga vaqtincha u yerga bormaslikni tavsiya qildi. Rossiyadagi fuqarolarga odamlar gavjum joylarda harakatlanmaslik tavsiya etiladi. gazeta.uz »
2024-03-26 00:17
Qirg‘iziston parlamenti Rossiyaning xorijiy agentlar haqidagi qonuniga o‘xshash “xorijiy vakillar to‘g‘risida"gi rezonansli qonun loyihasini muhokamasiz ma’qulladi. Loyiha xalqaro tashkilotlar, huquq himoyachilari va jurnalistlar tomonidan tanqid qilindi. gazeta.uz »
2024-03-14 19:19
O‘sh shahri hokimligi Samarqand avtomobil zavodidan (SamAuto) 100 dona Isuzu SAZ LE-60 yo‘lovchi avtobusini xarid qiladi. Xarid O‘zbek-qirg‘iz taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiriladi. gazeta.uz »
2024-03-14 13:38
AQSh Moliya vazirligi O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonning bir qancha kompaniyalariga cheklovlarni chetlab o‘tib, Rossiyaga mahsulot yetkazib bergani uchun sanksiyalar kiritdi. gazeta.uz »
2024-02-26 21:35
Britaniya korxonalari O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Gruziya va Armanistonga keyinchalik Rossiyaga ketadigan tovarlar, jumladan, dron va og‘ir texnika uchun uskunalar jo‘natmoqda, deb yozdi Sky News. 2022-yildan beri Britaniyadan ushbu 4 davlatga “yuqori ustuvorlikka ega tovarlar” eksporti 500 foizdan ko‘proqqa oshdi. gazeta.uz »
2024-02-22 14:36