Toshkentdagi Yangi O‘zbekiston ko‘chasi 13-aprel kuni yopiladi
Toshkentda sport musobaqalari o‘tkazilishi sabab Yangi O‘zbekiston ko‘chasi 13-aprel kuni soat 00:00 dan 16:00 ga qadar yopiladi. gazeta.uz »
çáåêèñòîí - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
Toshkentda sport musobaqalari o‘tkazilishi sabab Yangi O‘zbekiston ko‘chasi 13-aprel kuni soat 00:00 dan 16:00 ga qadar yopiladi. gazeta.uz »
Osiyo taraqqiyot banki o‘zining yillik hisobotida O‘zbekistonda 2025 va 2026-yillarda iqtisodiy o‘sishni 6,6 va 6,7 foiz darajasida prognoz qilmoqda. Energiya narxlari oshishiga qaramay, inflyatsiya sekinlashishda davom etadi, deya hisoblaydi bank. gazeta.uz »
2025-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston tabiiy gaz importini 4,6 barobar qisqartirdi, eksport esa 1,6 barobar oshdi. Mamlakat Qirg‘izistonga “ko‘k yoqilg‘i” yetkazib berishni tikladi, Xitoyga eksport esa kamaydi. gazeta.uz »
Fevral oyida O‘zbekiston 12 tonna qimmatbaho metall sotish bilan dunyodagi eng yirik oltin sotuvchisiga aylandi. Keyingi o‘rinda zaxiralarini 8 tonnaga kamaytirgan Qozog‘iston qayd etildi. gazeta.uz »
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon energetika vazirliklari, shuningdek, OTB va OIIB o‘rtasida memorandum imzolandi. U Markaziy Osiyodan Yevropaga yashil energiya eksportini nazarda tutuvchi Kaspiy yashil energetika yo‘lagi loyihasi bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslashni qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi. gazeta.uz »
O‘zbekiston va Vetnam madaniyat va turizm sohalaridagi almashinuvlarni, jumladan, vizasiz tartibni joriy qilish orqali rivojlantirish niyatida. Shavkat Mirziyoyev Vetnam Milliy majlisi raisi bilan shu va boshqa masalalarni muhokama qildi. gazeta.uz »
World Boxing yangi boks tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan kattalar o‘rtasidagi jahon kubogining birinchi bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi beshta oltin, ikkita kumush va bitta bronza medali bilan g‘olib bo‘ldi. gazeta.uz »
O‘zbekiston U-17 yoshlar terma jamoasi futbolchilari Osiyo kubogi guruh bosqichida Xitoy ustidan irodali g‘alabaga erishib, turnirning chorak finaliga yo‘l oldi. Bu orqali ular Qatarda bo‘lib o‘tadigan U-17 Jahon chempionatiga yo‘llanmani naqd qildi. gazeta.uz »
Samarqandda o‘tgan iqlim forumida Ekologiya vazirligi va Jahon banki “O‘zbekistonda barqaror landshaftlarni tiklash” loyihasiga start berdi. Uni moliyalashtirish uchun 153 mln dollar ajratiladi. Uning maqsadi degradatsiyaga uchragan hududlarda o‘rmonlar maydonini ko‘paytirish va yashash sharoitlarini yaxshilashdir. gazeta.uz »
O‘zbekiston U-17 yoshlar terma jamoasi Osiyo kubogi guruh bosqichini Tailand ustidan g‘alaba bilan boshladi, raqiblar darvozasiga to‘rtta gol urildi. Jamoa murabbiyi natijadan mamnunligini, biroq o‘yin sifatidan to‘liq qoniqmaganini aytdi. gazeta.uz »
O‘zbekiston prezidenti Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi sammitida sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida to‘laqonli bitim imzolashni taklif qildi. U, shuningdek, Yevropa Ittifoqi bilan muhim xomashyo bo‘yicha ishlashga qiziqish bildirdi, biroq jarayon samarali transport yo‘laklarining yo‘qligi tufayli qiyinlashmoqda. gazeta.uz »
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida yana 1 pog‘ona yuqorilab, 58-o‘rinni egalladi. Jamoa mart oyidagi o‘yinlarda Qirg‘izistonni mag‘lub etdi, Eron bilan durang o‘ynadi. gazeta.uz »
O‘zbekistondagi masjidlar bo‘ylab texnik va yong‘in xavfsizligi talablari, issiq suv hamda issiqlik energiyasi bilan ta’minlash tizimlari nazoratdan o‘tkazilmoqda. Avvalroq Izboskan tumanidagi masjid tahoratxonasidagi portlash ortidan yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish moddasi bilan jinoyat ishi ochilgandi. gazeta.uz »
Oliy darajadagi O‘zbekiston-Yevropa muzokaralari daraxt ekish marosimi bilan yakunlandi. Shavkat Mirziyoyev, Ursula fon der Lyayen va Antoniu Koshta birgalikda Kongress markazi xiyoboniga ikkita eman daraxti o‘tqazdi, so‘ngra Samarqand shahridagi “Boqiy shahar” tarixiy-etnografik majmuasiga tashrif buyurdi. gazeta.uz »
O‘zbekiston va YeI yetakchilari “yashil” energetika, tog‘-kon tarmog‘i, transport va raqamlashtirish borasidagi loyihalarni muhokama qildi. “Markaziy Osiyo bilan yangi strategik sheriklikni boshlaymiz. gazeta.uz »
“Markaziy Amerikadagi xavfli yo‘llar orqali kirib, AQShda noqonuniy bo‘lib turgan minglab o‘zbekistonliklar bor”, - dedi AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik. Elchi ularga o‘z ixtiyorlari bilan ortga qaytishni maslahat berdi: “Aks holda, ular AQShda qamoqqa olinishi yoki deportatsiya qilinishi mumkin”. gazeta.uz »
Donald Tramp “butun dunyo mamlakatlari uchun” 10 foizdan 49 foizgacha bojlar joriy etdi, xususan, O‘zbekiston uchun u 10% ni tashkil etadi. Ro‘yxatda odam yashamaydigan bir orol ham keltirilgan. Tramp, shuningdek, savdo balansi taqchilligi tahdidi tufayli favqulodda holat joriy qildi. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev Samarqandda “Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi” birinchi sammitida qatnashish uchun kelgan Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Ular tadbirga tayyorgarlik, mintaqaviy ahamiyatga ega masalalar yuzasidan fikr almashdi. gazeta.uz »
Investitsiyalar vaziri o‘rinbosari Germaniya vakillari bilan O‘zbekiston OTM va texnikumlarini ushbu mamlakatda xorijiy diplomlarni tan olishda foydalaniladigan ANABIN ma’lumotlar bazasiga kiritish imkoniyatlarini muhokama qildi. gazeta.uz »
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun Samarqandga keldi. Shu kuni kechqurun u Yevropa Kengashi prezidenti Antoniu Koshta bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazadi. gazeta.uz »
Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida oltita medal, jumladan, eronliklar bilan finalda erishilgan uchta oltin bilan ikkinchi o‘rinni egalladi (Eron birinchi o‘rinda). gazeta.uz »
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi “ahamiyati beqiyos voqeadir”, dedi O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov. gazeta.uz »
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi hamda uch davlat rahbarlarining qo‘shma deklaratsiyasi qabul qilindi. gazeta.uz »
Xo‘jandda ikki davlat tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasida Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomaning kuchga kirishi haqidagi bayonnoma imzolandi. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga tashrifi doirasida AlmatyFair.ai raqamli texnologiyalar ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi, Alem.ai sun’iy intellekt markazining taqdimotini ko‘rdi. U, shuningdek, Milliy san’at muzeyida o‘zbek rangtasvir ustasi O‘rol Tansiqboyev asarlarini tomosha qildi. Prezident tashrifi nihoyalandi. gazeta.uz »
O‘zbekiston prezidenti xalqni Ramazon hayiti bilan tabrikladi. U muborak oyda o‘tkazilgan barcha tadbirlar “jamiyatda tinchlik, do‘stlik, mehr-oqibat va saxovat muhitini yanada mustahkamlash”ga xizmat qilganini ta’kidladi. gazeta.uz »
Toshkentdagi maslahatlashuvlarda O‘zbekiston va Qozog‘iston Xavfsizlik kengashlari harbiy va harbiy-texnik sohalardagi hamkorlik, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm va transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash masalalarini muhokama qildi. gazeta.uz »
Shanba kuni Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart Toqayev Olmaota shahrida oliy darajadagi norasmiy uchrashuv o‘tkazadi. Unda strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini izchil mustahkamlash hamda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar ko‘rib chiqiladi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda mahalliy boshqaruvni isloh qilishning asosiy masalasi - o‘zgarishlarga asos bo‘ladigan modelni tanlash. Nomarkazlashtirishni ortga surish va to‘liqsiz yechimlar tizimli risklarni keltirib chiqaradi, deydi Jamoatchilik huquqi markazi ekspertlari Isa Hamedov va Igor Say o‘z maqolasida. gazeta.uz »
Toshkentdagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasining yana bir qismi - Shastri va Yahyo G‘ulomov ko‘chalari oralig‘i rekonstruksiya uchun yopildi. Loyiha o‘tgan yili boshlangandi. Hozirgacha 64-maktab va Le Grande Plaza mehmonxonasi oldidagi hududlar yangilandi. Ko‘cha sezilarli o‘zgardi, ammo uni yaxshilash kerak. Foto. gazeta.uz »
O‘zbekistonlik futbolchilar JCh-2026 saralashi doirasida Eron bilan durang o‘ynadi. Tehrondagi bahs 2:2 hisobida yakunlandi (video, foto, statistika). gazeta.uz »
Markaziy bankning asosiy stavkasi oshganiga qaramay, banklar omonat stavkalarini birin-ketin pasaytirmoqda. Bunga ma’muriy bosim sabab bo‘lishi mumkin. Ayrim banklar anonim tarzda MB stavkalarni pasaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berganini tasdiqladi. Iqtisodchilar salbiy oqibatlar haqida ogohlantirdi. gazeta.uz »
O‘zbekiston terma jamoasi 25-mart kuni JCh-2026 saralashi doirasida Eronda mehmon bo‘ladi. O‘zbekistonlik futbolchilar bu jamoani faqat 2012-yilda mag‘lub etgan, so‘nggi uchta o‘yinda esa jamoalar durang o‘ynab kelmoqda. gazeta.uz »
O‘zbekiston terma jamoasi 25-mart kuni JCH-2026 saralashi doirasida Eronda mehmon bo‘ladi. O‘zbekistonlik futbolchilar bu jamoani faqat 2012-yilda mag‘lub etgan, so‘nggi uchta o‘yinda esa jamoalar durang o‘ynab kelmoqda. gazeta.uz »
O‘zbekistonlik harbiylar Alishox Abdullayev va Shoxrux Jovkashev AQShning Missisipi shtati “Camp Shelby” harbiy-o‘quv bazasida o‘tkazilgan “Eng ilg‘or jangchi-2025” musobaqasida ishtirok etib, turnir rekordlarini yangiladi. gazeta.uz »
O‘zbekiston va Nauru davlatlari o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. Tinch okeanning janubiy qismidagi mamlakat O‘zbekiston bilan diplomatik aloqa o‘rnatgan 159-davlat bo‘ldi. gazeta.uz »
Prezident topshirig‘iga muvofiq, Navro‘z bayrami va yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti munosabati bilan Afg‘onistonga qariyb 200 tonna insonparvarlik yordami yuborildi. Yuk tarkibidan un, bug‘doy, makaron mahsulotlari, o‘simlik yog‘i va shakar kabilar o‘rin olgan. gazeta.uz »
Kecha Toshkentda o‘tgan futbol oqshomida O‘zbekiston Qirg‘izistonni kichik hisobda mag‘lub etib, guruhdagi o‘rnini mustahkamlab oldi. O‘ttiz mingdan ortiq tomoshabin kuzatgan o‘yin qanday o‘tdi - “Gazeta.uz” fotomuxbiri Murod Yusuf obyektivida. gazeta.uz »
Suv xo‘jaligi vaziriga ko‘ra, ayni paytda magistral va ichki kanallarni betonlashtirish jarayoni qizg‘in kechmoqda. Bu ishlarga 2025-yil uchun davlat budjetidan 800 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi. “Xalqaro ekspertlar hisob-kitobiga ko‘ra, barcha ariq va kanallarni betonlashga 5 mlrd dollar mablag‘ kerak”, - deydi u. gazeta.uz »
Íàóðó ¡çáåêèñòîí áèëàí äèïëîìàòèê ìóíîñàáàòëàð ¢ðíàòãàí 159-äàâëàò á¢ëäè. ru.sputniknews-uz.com »
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi jahon chempionatiga saralash bahsida Qirg‘izistonni mag‘lub etdi. Gol Xojiakbar Alijonov hisobiga yozildi (video, foto, statistika). gazeta.uz »
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi jahon chempionatiga saralash bahsida Qirg‘izistonni mag‘lub etdi. Gol Xojiakbar Alijonov hisobiga yozildi (video, foto, statistika). gazeta.uz »
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 20-mart kuni Toshkentda JCH-2026 saralash bosqichi doirasida Qirg‘izistonni qabul qiladi. “Biz bo‘lajak o‘yin muhimligini tushunamiz. O‘z uyimizda muxlislarimiz bilan birga g‘alaba qozonishga harakat qilamiz”, - dedi bosh murabbiy Temur Kapadze. gazeta.uz »
2025-yil uchun baxtli mamlakatlar reytingida (World Happiness Report) O‘zbekiston 6 pog‘ona pastlab, 53-o‘rinni egalladi. Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida 43-o‘rinni qayd etgan Qozog‘iston yetakchilik qilmoqda. gazeta.uz »
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston uchrashuvi sabab soat 22:00 gacha Toshkentning Cho‘ponota va Bunyodkor ko‘chasining bir qismida transport harakati cheklanadi. gazeta.uz »
Îíî ïðèñâàèâàåòñÿ àêòèâèñòàì ïðèðîäîîõðàííîãî äâèæåíèÿ, äîáèâøèìñÿ çíà÷èòåëüíûõ ðåçóëüòàòîâ â ðàçâèòèè ñôåðû ýêîëîãèè è îõðàíû îêðóæàþùåé ñðåäû, áåðåæíîì ñîõðàíåíèè ïðèðîäû è ò.ä. norma.uz »
O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni qisman yakunladi. Tomonlar xizmatlar qismi bo‘yicha kelishib oldi va yaqin oylarda tovarlar bo‘yicha ham ishlar yakunlanishi kutilmoqda. gazeta.uz »
Fransiya kompaniyalari O‘zbekistonda kichik AES qurish loyihasida ishtirok etishi mumkin. Assystem, Bureau Veritas va Framatome bilan muzokaralar olib borilmoqda, xabar berdi “O‘zatom” direktori. Mamlakat siyosiy, moliyaviy va texnologik sabablarga ko‘ra hamkorlarini diversifikatsiyalamoqchi, deb yozdi Le Figaro. gazeta.uz »
O‘zbekiston va Yevropa ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi yangi bitimning tez fursatda imzolanadi. Bu Shavkat Mirziyoyev va Yevropa Ittifoqining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha komissari Yozef Sikela o‘rtasidagi uchrashuvda ma’lum qilindi. gazeta.uz »
O‘zbekiston prezidenti AQSh Kongressi delegatsiyasini qabul qildi. Iqtisodiy va investitsiyaviy, jumladan, tog‘-kon, sanoat, energetika va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. gazeta.uz »