Ðåçóëüòàòîâ: 1592

O‘zbekiston Rossiya TIVga mehnat migrantlari huquqlari buzilgani yuzasidan nota yubordi

O‘zbekiston elchixonasi Rossiya TIVga yaqinda Moskvadagi reyd chog‘ida kuch ishlatar tuzilmalar mehnat migrantlariga nisbatan qo‘pol muomala qilgani yuzasidan nota yubordi. “Bunday holatlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarga aslo to‘g‘ri kelmaydi”, - ta’kidladi O‘zbekiston TIV. gazeta.uz »

2025-6-11 22:19

O‘zbekiston prezidenti Ukraina va Rossiya o‘rtasida Istanbulda o‘tayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni olqishladi

Ukraina bilan bog‘liq vaziyat faqat diplomatik yo‘llar bilan hal etilishi zarur deb hisoblaymiz, dedi Shavkat Mirziyoyev. U Istanbulda bo‘lib o‘tayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni olqishladi. Davlat rahbari, shuningdek, G‘azodagi vaziyat haqida gapirdi va Afg‘oniston hukumati bilan muloqot qilishga chaqirdi. gazeta.uz »

2025-6-10 14:46

“O‘zbekiston Afg‘oniston va mintaqaning boshqa mamlakatlariga kirishda darvoza bo‘lishi mumkin” — Slovakiya bosh vaziri

“Agar biz, slovaklar, aql bilan ish tutsak, O‘zbekiston biz uchun Afg‘oniston va mintaqaning boshqa mamlakatlariga kirish darvozasi bo‘lishi mumkin”, - dedi Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso. U AES va mehnat migratsiyasidagi qo‘shma loyihalarga qiziqish bildirdi. Uning aytishicha, Slovakiya 150 ming ishchiga muhtoj. gazeta.uz »

2025-6-10 12:08

Slovakiya O‘zbekiston bilan o‘q-dori ishlab chiqarish va tanklarni modernizatsiyalashdagi hamkorlikni muhokama qildi

Slovakiya O‘zbekiston bilan birgalikda o‘q-dori ishlab chiqarish va harbiy texnikani modernizatsiya qilishdan manfaatdor, dedi bosh vazir Robert Fitso Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvdan so‘ng. “Bu yerda Slovakiya kompaniyalari uchun imkoniyatlar juda katta - hatto biz tasavvur qilganimizdan ham ko‘proq”, - dedi u. gazeta.uz »

2025-6-10 11:24

Yaqin oylarda O‘zbekiston prezidentining Bryusselga tashrifi kutilmoqda — YI elchisi

Bryussel yaqin oylar ichida Shavkat Mirziyoyevning tashrifini kutmoqda, dedi Yevropa Ittifoqi elchisi Toyvo Klaar Toshkent investitsiya forumida. “Bu sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzolash va munosabatlarimiz chuqurlashib borayotganini namoyish etish uchun tarixiy imkoniyat bo‘ladi”, - deya qo‘shimcha qildi u. gazeta.uz »

2025-6-10 11:00

Migratsiya, strategik va iqtisodiy hamkorlik. Slovakiya bosh vaziri — O‘zbekiston bilan munosabatlar haqida

O‘zbekiston va Slovakiya tovar ayirboshlash hajmini 100 mln yevroga yetkazmoqchi, dedi Toshkentda bosh vazir Robert Fitso. U O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalarni sanab o‘tdi - aeroportlarda meteorologik tizimlarni modernizatsiyalash, transportda intellektual yechimlar, Angrenda ferroqotishma ishlab chiqarish. gazeta.uz »

2025-6-9 19:04

O‘zbekiston Mobiuz mobil operatorini xalqaro xususiylashtirish jarayoni boshlanganini e’lon qildi

Mobiuz mobil operatori uchun ochiq xalqaro xususiylashtirish jarayoni e’lon qilindi. Rothschild & Co, KPMG va Deloitte maslahatchi sifatida ishlaydi. O‘zbekistonning davlat ulushini olish uchun ariza beruvchilardan sanksiyalar ostidagi tuzilmalar bilan hamkorlik qilmaslik talab etiladi. gazeta.uz »

2025-6-9 18:24

“To‘g‘ri yo‘nalishda ketyapmiz”. SARIO rahbari — O‘zbekiston va Slovakiya munosabatlari to‘g‘risida

Slovakiya O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirmoqchi, dedi SARIO agentligi rahbari Robert Simonchich. Tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, transport kabi sohalarda yangi loyihalar rejalashtirilmoqda. Investitsiyalar vazirligi Slovakiya tajribasi O‘zbekiston iqtisodiyotini transformatsiya qilishda muhimligini ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-6-9 15:10

O‘zbekiston va Slovakiya sanoatda hamkorlik va tovar ayirboshlashni ko‘paytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi

O‘zbekiston va Slovakiya tovar ayirboshlashni oshirish, avtomobil qismlarini mahalliylashtirish, turizm va farmatsevtika sohalarida yirik qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi. Tomonlar IT startaplari uchun qo‘shma venchur fondini ochish va tashkillashtirilgan migratsiyani yo‘lga qo‘yish ustida ish olib boradi. gazeta.uz »

2025-6-9 12:54

Shavkat Mirziyoyev Saudiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston muftiysi bilan gaplashdi (video)

Shavkat Mirziyoyev Haj ziyorati uchun Makkada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga boshchilik qilayotgan Musulmonlar idorasi raisi shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefon orqali gaplashdi. Hojilarimiz O‘zbekistonga qaytgach, tinchlik va ma’naviyatimiz targ‘ibotchilari bo‘ladi degan umiddaman, dedi prezident. gazeta.uz »

2025-5-31 19:52

O‘zbekiston Markaziy Osiyoning Italiya bilan xavfsizlik va iqtisodiyot bo‘yicha hamkorligini kengaytirishga chaqirdi

Prezident “MA-Italiya” sammitida terrorizm va noqonuniy migratsiya bilan kurashda maxsus xizmatlar hamkorligini yo‘lga qo‘yishni taklif qildi. Boshqa tashabbuslar: dekarbonizatsiya bo‘yicha ko‘p tomonlama platforma ishga tushirish, Italiya kompaniyalarini vodorod loyihalari va YeIga yashil energiya eksportiga jalb qilish. gazeta.uz »

2025-5-30 18:22

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston Ustyurt platosida tabiat muhofazasini kuchaytiradi. O‘zi unga qanday tahdid bor?

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston o‘ziga xos ekotizim - Ustyurt platosi tabiatini birgalikda muhofaza qilish bo‘yicha kelishib oldi. 2030-yilgacha mo‘ljallangan yo‘l xaritasi migratsiya yo‘nalishlarini saqlab qolish, monitoringni takomillashtirish va brakonerlikka qarshi kurashni kuchaytirishga yordam beradi. gazeta.uz »

2025-5-30 14:53