O‘zbekiston Paralimpiya o‘yinlarini 13-o‘rinda yakunladi, bu — jamoning eng yaxshi ko‘rsatkichi
Parijda o‘tgan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston 10 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza medalini (jami 26 ta) qo‘lga kiritib, medallar jadvalida 13-o‘rindan joy oldi, Osiyoda esa Xitoy va Yaponiyadan keyin uchinchi bo‘ldi. Bu - mamlakat tarixidagi eng yaxshi natija. gazeta.uz »
