Ðåçóëüòàòîâ: 1699

O‘zbekiston Yangi taraqqiyot banki uchun 4,5 mlrd dollarlik loyihalar tayyorladi — ular orasida transport, AES va Yangi Toshkent loyihalari ham bor

O‘zbekiston Yangi taraqqiyot bankidan moliyalashtirishni jalb etish uchun 4,5 mlrd dollarlik loyihalar portfelini shakllantirdi. Ushbu mablag‘larni transport, energetika, jumladan, AES va Yangi Toshkent loyihalari, shuningdek, ijtimoiy soha, banklar va sanoat zonalarini rivojlantirishga yo‘naltirish rejalashtirilgan. gazeta.uz »

2026-5-22 15:19

Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasidagi uchta nazorat-o‘tkazish punkti uzluksiz ish rejimiga o‘tdi

Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasidagi “Qadamjoy”, “Chechme” va “Oq-Qiya” (Botken viloyati) nazorat-o‘tkazish punktlari yozgi turistik mavsum munosabati bilan uzluksiz ish rejimiga o‘tkazildi. Bu tartib faqat ikki davlat fuqarolari uchun amal qiladi va 2026-yil 1-oktabrgacha davom etadi. gazeta.uz »

2026-5-21 12:27

O‘zbekiston BP va SOCAR bilan loyiha doirasida konlarga bo‘lgan huquqlarini saqlab qoladi — “O‘zbekneftgaz”

Ustyurtda konlar ochilganidan keyin ham ular O‘zbekiston mulki bo‘lib qoladi, bitim doirasida esa faqat qazib olinadigan mahsulot taqsimlanadi, dedi “O‘zbekneftgaz” bosh geologi Nodir Muhiddinov. Uning so‘zlariga ko‘ra, bitimda mamlakatning iqtisodiy manfaatlari “yaxshi himoya qilingan”. gazeta.uz »

2026-5-14 12:12

O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi IPO natijalarini e’lon qildi: 31% aksiyalarni sotishdan 603,6 mln dollar jalb qilindi

O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasining aksiyalarini birlamchi ommaviy joylashtirish doirasida 31% aksiyalarni sotishdan qariyb 603,6 mln dollar jalb qilindi. Joylashtirish narxi bo‘yicha fondning bozor kapitallashuvi taxminan 1,95 mlrd dollarga baholandi. Aksiyalar muomalasi 18-maydan boshlanishi kutilmoqda. gazeta.uz »

2026-5-13 10:39

O‘zbekiston oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi tizimini isloh qilib, eksport geografiyasini yana 100 ta davlatga kengaytirmoqchi

O‘zbekistonda oziq-ovqat sifati nazorati qayta tashkil etiladi. “Daladan dasturxongacha” tamoyili asosida nazorat qiluvchi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi tuziladi. Islohot 2030-yilgacha eksportni 10 mlrd dollarga yetkazish va 100 ta davlatga kengaytirishni ko‘zda tutadi. gazeta.uz »

2026-5-12 20:58

O‘zbekiston energetikani cheklov omilidan o‘zining asosiy ustunliklaridan biriga aylantirishni maqsad qilgan — bosh vazir o‘rinbosari

Sanoatlashtirish va turmush darajasining oshishi tufayli O‘zbekistonda elektr energiyasiga talab o‘sishda davom etadi, dedi Jamshid Xodjayev. Yo‘qotishlarni qisqartirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, energiya saqlash quvvatlarini rivojlantirish va energiya samaradorligini “milliy odat”ga aylantirish zarur, dedi u. gazeta.uz »

2026-5-12 12:14

U-17 futboli. O‘zbekiston Osiyo kubogi chorak finaliga chiqdi va jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi (video, foto)

Osiyo kubogining amaldagi g‘olibi bo‘lgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi guruh bosqichining ikkinchi turida Hindistonni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu g‘alaba jamoaga muddatidan avval turnirning chorak finaliga chiqish va Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkonini berdi. gazeta.uz »

2026-5-11 10:15

“Bugungi zamon tinchlikni yanada qadrlashni talab etmoqda” — O‘zbekiston prezidenti

“Bugungi g‘oyat tahlikali zamon tinchlik va barqarorlikni, turli millat va elat vakillari o‘rtasidagi do‘stlik va totuvlik muhitini yanada qadrlashni talab etmoqda”, - dedi O‘zbekiston prezidenti. U Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “barcha qardosh xalqlar va ezgu niyatli insonlarni” tabrikladi. gazeta.uz »

2026-5-9 17:52

O‘zbekiston to‘rt yo‘nalishda tezyurar temiryo‘llarni rivojlantirishni rejalashtirmoqda

Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyevga ko‘ra, O‘zbekiston 2030-yilgacha mo‘ljallangan strategik dasturga yuqori tezlikdagi temir yo‘l qatnovini rivojlantirishni kiritdi. Gap mamlakatning barcha 4 yo‘nalishi bo‘ylab tarmoq yaratish, shuningdek, sharq va janubga yangi temiryo‘llarni qurish haqida ketmoqda. gazeta.uz »

2026-5-7 20:46

O‘zbekiston mintaqaviy loyihalar koordinatori yoki katalizatori bo‘lishi kerak — Jamshid Xodjayev

“Markaziy Osiyoning qoq markazida” joylashgan O‘zbekiston mintaqaviy loyihalar muvofiqlashtiruvchisi yoki katalizatori bo‘lishi kerak, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev. Bunday yondashuv xatarlarni taqsimlash va yirik energetika loyihalarini moliyalashtirish uchun jozibador qilish imkonini beradi. gazeta.uz »

2026-5-7 13:13

“Mutlaqo boshqa mamlakatmiz”. 2025-yilda O‘zbekiston kimga va qancha hajmda elektr energiyasi eksport qildi?

Bir necha yil oldin elektr energiyasi importchisi bo‘lgan O‘zbekiston endi uni Markaziy Osiyo davlatlariga eksport qilmoqda, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat “ishonchli ishlab chiqaruvchi”, tranzit yo‘lagi va energiya tizimlarining mintaqaviy integratoriga aylanmoqda. gazeta.uz »

2026-5-7 12:58

O‘zbekiston JSTga to‘laqonli a’zolikni 2026-yilda rasmiylashtirishni reja qilmoqda

O‘zbekiston 2026-yilda Jahon savdo tashkilotiga to‘laqonli a’zo bo‘lish niyatida. Masala Prezident huzuridagi yig‘ilishda muhokama qilindi. Buni mart oyida amalga oshirish rejalashtirilgandi, biroq bosh muzokarachi Azizbek Urunovning ma’lum qilishicha, ayrim davlatlar hujjatlarni ko‘rib chiqishni paysalga solgan. gazeta.uz »

2026-5-6 20:03

BAA va Gruziyadan firibgarlik va odam savdosida gumonlangan 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi olib kelindi

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan 4 nafar fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi. Ularning uch nafari firibgarlik va odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarda gumonlanib BAAda, yana biri o‘ta yirik miqdordagi firibgarlikda gumonlanib Gruziyada ushlangan. Ular qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi. gazeta.uz »

2026-5-4 16:04

O‘zbekiston moliya tizimini modernizatsiya qilishda Yaponiya tajribasidan foydalanmoqchi

Shavkat Mirziyoyev OTB Boshqaruvchilar kengashining yig‘ilishi doirasida Yaponiya moliya vaziri Satsuki Katayama boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda moliya tizimini modernizatsiya qilish, g‘aznachilikka sun’iy intellektni joriy etish va raqamli transformatsiya masalalari muhokama qilindi. gazeta.uz »

2026-5-3 18:51

O‘zbekiston va Chexiya geologiya hamda elektropoyezdlarni yetkazib berish kabi sohalarda kelishuvlar imzolandi

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Chexiya rahbarlari kengaytirilgan hamkorlikni ilgari surish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya imzoladi. Hukumatlar iqtisodiy, sanoat, ilmiy va texnologik sheriklik, shuningdek, geologiya va elektropoyezdlarni yetkazib berish bo‘yicha kelishuv imzoladi. gazeta.uz »

2026-4-30 12:37

O‘zbekiston va Chexiya tovar ayirboshlash hajmini 1 mlrd dollarga yetkazish va Toshkent-Praga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini qayta tiklashni rejalashtirmoqda

Toshkentdagi muzokaralarda O‘zbekiston va Chexiya rahbarlari tovar ayirboshlash hajmini 1 mlrd dollarga yetkazish, texnologik kooperatsiya dasturini, shu jumladan, geologiya va muhim xomashyo sohalarida tayyorlash, shuningdek, poytaxtlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni qayta tiklashni kelishib oldilar. gazeta.uz »

2026-4-30 12:15

O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 1 pog‘ona ko‘tarilib, 147-o‘rinni qayd etdi. Biroq erkinlik bali pasaydi

“Chegara bilmas muxbirlar” tashkilotining matbuot erkinligi bo‘yicha yangi reytingida O‘zbekiston bir pog‘onaga ko‘tarilib, 180 ta davlat ichida 147-o‘rinni egalladi. Shu bilan birga, mamlakatning umumiy bali pasaygan, OAV erkinligi bilan bog‘liq vaziyat esa hamon “juda murakkab”ligicha qolmoqda. gazeta.uz »

2026-4-30 11:07

O‘zbekiston uy-joy bozori eskrou hisobvaraqlar joriy etilishi arafasida rekordni yangiladi

Martda uy-joy oldi-sotdi bitimlari soni 43,6 mingtaga yetdi - bu 2020-yil iyunida ko‘chmas mulk xaridi uchun “propiska” bekor qilingan vaqtdagi avvalgi rekorddan ham yuqori yangi maksimum. Ko‘rsatkich eskrou tizimining joriy etilishi oldidan o‘sdi, deya xabar berdi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi. gazeta.uz »

2026-4-27 16:21

Qozog‘iston O‘zbekiston bilan savdo qilish uchun logistika imkoniyatlarini qanday kengaytirmoqchi?

Transport yo‘laklarining tirbandligi, jumladan, Sariag‘ash-Toshkent yo‘nalishidagi yuklama Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar aylanishi o‘sishini cheklamoqda. Bosh vazir o‘rinbosari Serik Jumangaringa ko‘ra, marshrutlarni yengillatish maqsadida hozirda aylanma yo‘l va yangi temiryo‘l tarmog‘i qurilmoqda. gazeta.uz »

2026-4-24 18:12

Toshkentni aylanib o‘tish: Qozog‘iston O‘zbekiston bilan savdo uchun logistika imkoniyatlarini qanday kengaytirmoqchi?

Transport yo‘laklarining tirbandligi, jumladan, Sariag‘ash-Toshkent yo‘nalishidagi yuklama Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar aylanishi o‘sishini cheklamoqda. Bosh vazir o‘rinbosari Serik Jumangaringa ko‘ra, marshrutlarni yengillatish maqsadida hozirda aylanma yo‘l va yangi temiryo‘l tarmog‘i qurilmoqda. gazeta.uz »

2026-4-23 18:12