Ðåçóëüòàòîâ: 1592

“Bu itlar jangi emas”. O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi — JCH finalida rossiyalik bokschi Halokovni tishlagani haqida (video)

Jahon chempionati finalida Abdumalik Halokov bilan rossiyalik Vsevolod Shumkov o‘rtasidagi jang mojaro bilan yakunlandi. O‘zbekistonlik bokschi hakamlarning bo‘lingan qarori bilan mag‘lub bo‘ldi, ammo asosiy shov-shuv uchinchi raundda raqibi Halokovning qulog‘ini tishlagani bilan bog‘liq holat tufayli yuzaga keldi. gazeta.uz »

2025-12-15 16:04

O‘zbekiston 2026-yilda yangi konlarni ishga tushirish hisobiga gaz qazib olishdagi pasayishni to‘xtatishni rejalashtirmoqda — vazir

2026-yilda O‘zbekiston yangi konlarni ishga tushirish orqali gaz qazib olish hajmining ko‘p yillik pasayishini barqarorlashtirishni rejalashtirmoqda, dedi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. Bunda Mo‘ynoq tumanida mamlakatdagi eng yuqori debitli quduq burg‘ilangan yangi kon muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-12-15 14:23

O‘zbekiston yoshlar o‘rtasidagi Paraosiyo o‘yinlarida 197 ta medal bilan birinchi o‘rinni egalladi

Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan V Yoshlar Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta sport turi bo‘yicha ishtirok etib, jami 197 ta medal - 99 ta oltin, 57 ta kumush va 41 ta bronzani qo‘lga kiritdi hamda umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Prezident sportchilarga tabrik yo‘lladi. Foto. gazeta.uz »

2025-12-15 09:28

O‘zbekiston boks bo‘yicha IBA jahon chempionatida Rossiya va Qozog‘istondan keyin uchinchi o‘rinni egalladi (video)

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi IBA jahon chempionatida to‘qqizta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida Rossiya va Qozog‘istondan keyin uchinchi o‘rinni egalladi. “Turnirning eng yaxshi bokschisi” deb topilgan Hasanboy Do‘smatov va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi (video). gazeta.uz »

2025-12-14 15:48

O‘zbekiston qurilish sohasini qanday qilib “oqartirishni” rejalashtirmoqda?

O‘zbekistonda qurilishdagi yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha choralar ko‘riladi: ko‘chmas mulk va qurilish materiallari uchun soliq bazasi bozor qiymatida hisoblanadi, shartnomalar raqamlashtiriladi, qoidabuzarlarning tenderdagi ishtiroki cheklanadi. Qolaversa, uy xarid qilishda keshbek joriy etilish mumkin. gazeta.uz »

2025-12-14 10:39

O‘zbekiston va Paragvay Lotin Amerikasi davlati prezidentining ilk tashrifi chog‘ida qo‘shma loyihalarni muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev ikki mamlakat munosabatlari tarixida ilk bor tashrif bilan kelgan Paragvay rahbari Santyago Penyani qabul qildi. Ular savdo, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va kimyo sanoati, raqamlashtirish va sport sohalaridagi qo‘shma loyihalarni muhokama qildi, qo‘shma bayonotni imzoladi. gazeta.uz »

2025-12-11 15:55

“Ochiq osmon va raqobat O‘zbekiston aviatsiyasi rivojini tezlashtiradi” — Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi rahbari

Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi rahbari Uilli Uolsh O‘zbekistonning aviapark quvvatini oshirish va yangi aeroport qurish borasidagi rejalarini ijobiy baholadi. Ammo barqaror o‘sish uchun aviatashuvchilar bozorida qulaylikni ta’minlash (masalan, viza siyosati) va raqobatni kengaytirish muhim ekanini aytdi. gazeta.uz »

2025-12-10 09:05

O‘zbekiston Ronaldu va Diasga qarshi: Mundialdagi raqiblarimiz qanday o‘ynaydi?

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichida Portugaliya, Kolumbiya hamda Yangi Kaledoniya, Yamayka, Kongo jamoalaridan biri bilan o‘ynashi ma’lum bo‘ldi. Gazeta raqiblarimiz qanday o‘ynashi, ularning asosiy o‘yinchilari va ushbu turnirdagi ishtiroklari haqida ma’lumot beradi. gazeta.uz »

2025-12-6 09:32

O‘zbekiston JCHda Portugaliya va Kolumbiya bilan o‘ynaydi, 4-raqib Yamayka, Yangi Kaledoniya va Kongodan biri bo‘ladi

Futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichiga qur’a tashlandi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi K guruhida Portugaliya, Kolumbiya jamoalari bilan o‘ynaydi. Guruhdagi to‘rtinchi bo‘sh slotni Yamayka, Yangi Kaledoniya va Kongo jamoalari o‘rtasidagi pley-off g‘olibi qo‘lga kiritadi. Foto. gazeta.uz »

2025-12-6 22:00

O‘zbekiston yagona energetika bozorini yaratish uchun qo‘shnilar bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda

O‘zbekiston mintaqada yagona energiya bozorini yaratish uchun qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda, dedi prezident. U Qambarota GES-1 va “yashil” energoyo‘lak loyihalarini esladi. Qolaversa, Xitoy tajribasidan kelib chiqib, aholi hamkorligida mahallalarda quyosh elektr stansiyalari o‘rnatiladi. gazeta.uz »

2025-12-5 13:00

O‘zbekiston va Rossiya iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha komissiya yig‘ilishida nimalarni muhokama qildi?

O‘zbekiston va Rossiya Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 26-yig‘ilishini o‘tkazdi. O‘zaro savdoni ko‘paytirish, energetika, to‘lov infratuzilmasi barqarorligi, sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirishni kengaytirish, ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. gazeta.uz »

2025-12-5 08:31

O‘zbekiston va Xitoy “Samarkand-2028” masofaviy zondlash sun’iy yo‘ldoshini uchirishga tayyorlanmoqda

O‘zbekiston 2026-yilda “Samarkand-2028” masofaviy zondlash sun’iy yo‘ldoshini uchiradi. Xitoy kompaniyasi o‘z giperspektral apparatlaridan biriga shunday nom beradi. SI modulli sun’iy yo‘ldosh paxta va g‘alla vegetatsiyasini aniqlay oladi, dedi raqamli texnologiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos. gazeta.uz »

2025-12-2 21:40

O‘zbekiston iqtisodiyoti shiddat bilan o‘syapti, biroq yuqori davlat xarajatlari sabab “qizib ketish” xavfi bor — XVJ missiyasi

XVJ O‘zbekistonni oltindan daromadlar hisobiga davlat xarajatlari o‘sishini cheklashga chaqirdi, aks holda, bu “shusiz ham yuqori talabga ega” iqtisodiyotning “qizib ketishiga” olib keladi. Joriy dinamika islohotlar o‘tkazish, shuningdek, “xavfsizlik yostiqchasi”ni shakllantirish uchun qulay imkoniyat yaratadi. gazeta.uz »

2025-12-1 18:25

O‘zbekiston bank islohotlarini jadallashtirishi va imtiyozli kreditlashdan voz kechishi kerak — XVJ missiyasi

XVJ missiyasi O‘zbekistonga faol iqtisodiy o‘sishdan foydalanib, imtiyozli kreditlashni qisqartirish maqsadida moliya sektoridagi islohotlarni jadallashtirishni tavsiya etdi. YAIMning yuqori o‘sish sur’atlarini saqlab qolish ko‘p jihatdan tarkibiy islohotlarning davom ettirilishiga bog‘liq. gazeta.uz »

2025-12-1 16:12

O‘zbekiston va OIIB 500 mln dollarlik Yashil va barqaror bozor iqtisodiyotiga o‘tish dasturini imzoladi

O‘zbekiston Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankidan yashil o‘sish dasturi uchun $500 mln oladi. U hukumatga yanada samarali boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yishga yordam berishi, kam emissiyali rivojlanishga o‘tishni qo‘llab-quvvatlashi va iqlimiy tahdidlarga chidamlilikni oshirishi kutilmoqda. gazeta.uz »

2025-12-1 14:41

“O‘zbekiston Transkaspiy tarmog‘ining asosiy o‘yinchisiga aylanmoqda” — yevrokomissar Yozef Sikela

Toshkentdagi iqtisodiy va transport forumlari doirasida Gazeta yevrokomissar Yozef Sikela bilan YeIning Markaziy Osiyodagi ustuvor yo‘nalishlari, Transkaspiy yo‘lagini rivojlantirish, muhim xomashyo bo‘yicha loyihalar va O‘zbekistonning ikki mintaqa o‘rtasidagi aloqalarda tutgan o‘rni haqida suhbatlashdi. gazeta.uz »

2025-11-28 12:05

“Tizimli tahlil yo‘q” — O‘zbekiston ayollarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka qarshi qanday kurashmoqda?

Senat raisi O‘zbekistonda ayollarga nisbatan onlayn zo‘ravonlik ortayotgani, ammo bunday keyslar monitoringida tizimli tahlil yo‘qligini aytdi. “Zo‘ravonlik an’ana, urf-odat degan stereotiplar bilan oqlab kelinadi”, degan Narbayeva raqamli zo‘ravonlikka qarshi milliy strategiya ishlab chiqishni taklif qildi. gazeta.uz »

2025-11-27 07:26

“Qarorlarni qabul qilishda bolalarning ishtiroki O‘zbekiston uchun strategik ahamiyatga ega, chunki mamlakatning har uchinchi fuqarosi — bola” — bolalar ombudsmani

O‘zbekistonda Butunjahon bolalar kunida diqqatga sazovor joylar moviy tus oldi, maktablarda ochiq dars o‘tkazildi, Senatda yosh faollar so‘zga chiqdi. “Bolalar huquqlarini himoyalash bir tashkilotninggina ishi bo‘lmasligi kerak”, - degan Shahnoza Mirziyoyeva xalqaro hamkorlarni ishlarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. gazeta.uz »

2025-11-23 21:05

O‘zbekiston 2030-yildan oldinroq o‘rtachadan yuqori daromadli mamlakatlar qatoriga kirishi mumkin — bosh vazir o‘rinbosari

O‘zbekiston islohotlar va mehnat unumdorligining oshishi hisobiga 2030-yildan oldin o‘rtachadan yuqori daromadli mamlakatlar qatoriga kirishi mumkin, dedi Jamshid Qo‘chqorov. Iqtisodchi Mirkomil Xolboyevning fikricha, bu maqsadga 2027-yilgacha erishish mumkin, biroq natija tashqi omillarga ham bog‘liq. gazeta.uz »

2025-11-19 13:44